16. Oddiy moddalar qatorini ko’rsating.
1) 2) 3) 4)
A) 1 B) 3 C) 2 D) 4
17. Qaysi hollarda oddiy moddalar haqida gap boradi?
1) suv tarkibida kislorod bor
2) baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi
3) qum tarkibida kislorod bor
4) sulfat kislota tarkibiga kisorod kiradi
5) kislorod qaytaruvchi va oksidlovchi bo’lishi mumkin
A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 2,5
18. Quyidagilarning qaysilari kimyoviy hodisa?
1) qog’ozning yonishi 2) mis simning qizdirilganda qorayishi 3) suvning muzlashi 4) temirning magnitga tortilishi 5) yog’ning benzinda erishi 6) sutning achishi
A) 3,4 va 5 B) 2,5 va 6 C) 1,2, va 6 D) 2,3 va 5
19. Qaysi qatordagi elementlar allotropik shakllarga ega?
A) kislorod, azot, uglerod B) kislorod, uglerod, fdosfor C) kislorod, fosfor, xlor D) fosfor, kislorod, brom
20. Qaysi hollarda kislorod oddiy modda holida ifodalangan?
1. havo tarkibiga kiradi; 2. oksidlar tarkibiga kiradi; 3. yonish reaksiyasida qatnashadi; 4. ozon hosil qiladi; 5. kislorodli kislotalar tarkibiga kiradi
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 3,4,5 D) 1,3,5
21. Quyidagi qatorlardan qaysi biri oddiy moddalardan tuzilgan?
A) mis oksid, azot, suv B) kislorod, vodorod, temir xlorid C) fosfor oksid, vodorod xlorid, oltingugurt D) vodorod, qaldiroq gaz, natriy E) xlor, magniy, karbonat angidrid
22. “Atom” tushunchasini qaysi tavsif to’laroq talqin etadi?
1. muayyan moddaning kimyoviy xossalarini o’zida saqlab qoladigan eng kichik zarracha
2. oddiy va murakkab moddalar molekulasi tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementning eng kichik zarrachasi
3. har qanday atomning alohida turi
4. musbat zaryadlangan yadro bilan bir yoki bir necha elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarracha
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 E) 2 va 4
23. Quyidagi moddalarning qaysi birida 1 mol miqdordan olinganda qaysi moddaning massasi eng og’ir bo’ladi?
A) osh tuzi B) glyukoza C) saxaroza D) bertole tuzi E) kaliy permanganat
Do'stlaringiz bilan baham: |