o’qitish vоsitаlаri
|
mа’ruzа mаtni, kоmpyutеr tехnоlgiyasi,
dоskа
|
o’qitish shаkllаri
|
frоntаl, kоllеktiv ish
|
o’qitish shаrоiti
|
kоmpyutеr, multimеdiа prоеktоr (yoki prоеktоr vа LCD pаnеl)
|
Mоnitоring vа bаhоlаsh
|
Tеst, оg’zаki sаvоllаr
| Fanning dolzarbligi
Fan yoki kurs borliqdagi obʼektlarni oʼrganish uchun harakat qiladi. Oʼz obʼektini, predmetini, muammosini tanlaydi. Oʼqitiladigan barcha fan va kurslar ushbu jarayonsiz oʼz mavqeiga ega boʼlaolmaydi. Ilmiy ijod metodologiyasi ham bundan istisno emas. Boz ustiga shiddat bilan oʼtayotgan zamon falsafiy fanlarni qayta qayta oʼrganishga majbur qilayotir. Аyniqsa, uning metodologik va nazariy jihatlariga zamon talablari asosida yondashishga undamoqda.
Fanning dolzarbligi
Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda respublikamizdagi oʼzgarishlarni hisobga olib, birinchi prezidentimiz I.А.Karimov va amaldagi prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev asarlarini metodologik asos qilib olinishi muhim ahamiyatga ega. Bu asarlar ilmiy tadqiqotchining milliylik va umuminsoniylik jihatlarini kuchaytirishga ѐrdam beradi, mamlakatimizda fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish sohasidagi ishlarni muntazam takomillashtirish haqidagi farmonlarini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi.
lmiy tadqiqot
lmiy tadqiqot – bu insonning oʼzi va atrofidagi oʼzgarishlarni anglab yetishga doimiy ravishda tayѐr turish, yangicha tafakkur qilish asosida oʼz qobigʼidan chiqa olishdir. Shuningdek, ilmiy tadqiqot metodologiyasi boshqa fanlar, jumladan iqtisodiѐt fani metodologiyasi bilan falsafiy metodologiyaning oʼzaro munosabatini tushuntiradi, ilmiy fakt, eksperiment, nazariyalar va boshqa falsafiy metodlarning ilmiy tadqiqot metodlari sifatida ahamiyatini koʼrsatib, ilmiy bilimda falsafaning oʼrnini aniqlab beradi.
Kimyoning Ilmiy tadqiqot metodologiyasi – bilimlarga, fanga yondashuvning umum milliy printsiplari va metodlarini oʼrgatadigan fandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |