Ionning qutblash ta’siri (ya’ni uning boshqa ionni deformatsiyalash va qutblash qobiliyati) ion zaryadining ortishi va radiusining kichrayishi bilan ortadi va uning elektron strukturasiga kuchli bog’langan. Nodir gaz elektron strukturasiga ega bo’lgan ionlar (Ca2+, Ba2+) ning qutblash ta’siri elektron qavati to’lmagan ionlarga (Ti2+, Fe2+, Pb2+, va h.k.) nisbatan kuchsiz bo’ladi. Bir xil ion zaryadiga ega bo’lgan ionlar 18-elektron strukturadan boshlab (Cu+, Ag+, Zn2+, Cd2+, Hg2+) kuchli qutblash qobiliyatiga ega.
Anionlarning o’lchami kationlarga nisbatan katta bo’lganligi sababli kationlarga nisbatan ularning qutblanishi yuqori, qutblash qobiliyati esa past bo’ladi. Shu sababli anionlarning kationlar bilan ta’sirlashuvida ko’pincha anion qutblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |