Bog’lanishning uzunligi − bu yadrolararo masofa. Bu masofaning uzunligi qancha kam bo’lsa, kimyoviy bog’lanish shuncha puxta bo’ladi. Bog’lanishning puxtalik o’lchovi bog’lanish energiyasi hisoblanadi.
Bog’lanish energiyasi − bog’lanishni uzish uchun zarur bo’lgan energiya miqdori bilan aniqlanadi. Odatda 1 mol moddaga to’g’ri keladigan kilojoullar bilan o’lchanadi. Bog’lanish uzunligi ortishi bilan bog’lanish energiyasi kamayadi.
To’yinuvchanlik − atomlarning cheklangan sondagi kovalent bog’lanish hosil qilish xususiyati tushuniladi. Lekin to’yingan kovalent bog’lanishlarda ham donor-akseptorli mexanizm bo’yicha ancha murakkab molekulalar hosil bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |