Kimyoviy bog’lanish. Struktura formulalar Tuzuvchi: Tojiyev Dilshod
Elektrmanfiylik yordamida bog’lanish turini aniqlash
Download 98.39 Kb.
|
Kimyoviy bog'lanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy bog’lanishning xarakteri
- Burchaksimon
Elektrmanfiylik yordamida bog’lanish turini aniqlash
Kimyoviy bog’lanishning xarakteri
Moddalarning struktura formulasi markaz atomning tabiatiga uzviy bog’liq bo’ladi. Moddaning struktura formulasi molekulaning fazoviy joylashishiga ko’ra chiziqsimon, burchaksimon, piramida, tetraedr, geksaedr, oktaedr va h.k. ko’rinishida bo’lishi mumkin. Chiziqsimon tuzilish− bunda birikmalarda ko’pincha bog’lar orasidagi burchak qiymati 180º ni tashkil etadi. Chiziqsimon bo’lishi uchun markaziy atomning ortiqcha elektronlari qolmasligi shart. CO2 O=C=O O::C::O BeCl2 Cl−Be−Cl Cl:Be:Cl CaBr2 Br−Ca−Br Br:Ca:Br Burchaksimon − bunday tuzilishda markaziy atomga bog’langan bog’lar orasidagi burchak qiymati turlicha bo’lishi mumkin. M-n: H2O; SO2. Uchburchaksimon− bunda markaziy atomning ortiqcha elektronlari qolmasligi kerak. Burchak orasi 120º ni tashkil etadi. M-n: SO3; HNO3; H2SO4; H2CO3; C2H4; C6H6. Piramida− bunday tuzilish element atomida ortiqcha elektronlar qolib ketganda sodir bo’ladi. Burchak orasi 90÷96º ni tashkil etadi. M-n: NCl3; NH3; PH3; AsH3. Tetraedr−bunday tuzilishni asosan uglerodning 4 valentli birikmalari namoyon qiladi. Burchak orasi 109,28º ga teng. Download 98.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling