Kimyоviy bog’lanish


Download 128.5 Kb.
bet2/11
Sana05.01.2022
Hajmi128.5 Kb.
#217026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-mavzu

ELEKTRMANFIYLIK.

Elementning ionlanish potentsiali () qanchalik kichik bo’lsa, bu element shunchalik kuchli metallik xossalariga ega bo’ladi. Shuning uchun D.I.Mendeleev davriy sistemasida har qaysi davrning boshidan ohiriga o’tgan sayin elementlarning ionlanish energiyasi ortib boradi. Masalan, Li ning ionlanish potentsiali 5,392 eV, Ve niki 9,32 eV, F ning ionlanish potentsiali 17,42 eV ga teng.

Davriy sistemaning har qaysi guruhida yuqoridan pastga tushgan sari ionlanish energiyasining qiymati kamayib boradi. Masalan, natriyning ionlanish potentsiali 5,14 eV, kaliyniki 4,34 eV.



Elementning elektronga moyilligi. Ma‘lumki, davriy sistemada har qaysi davr ichida chapdan o’nga o’tgan sayin atomning o’ziga elektron biriktirib olish xossasi orta boradi. Atom o’ziga elektron biriktirib olib, o’sha elementning manfiy ioniga aylanadi. Element atomi bir elektron biriktirib olganda ajralib chiqadigan energiya miqdori ayni elementning elektronga moyilligi deb ataladi. Bu miqdor kJּmol–1 yoki elektronvoltlar bilan o’lchanib, Ye harfi bilan belgilanadi. Elementning elektronga moyilligi qanchalik katta bo’lsa, uning metallmaslik xossalari shunchalik kuchli ifodalangan bo’ladi. Demak, elementlarning metallmaslik xossalarini yaqqol ifodalash uchun elektrmanfiylik degan tushuncha kiritilgan. Ayni elementning elektrmanfiyligi uning ionlanish energiyasi bilan elektronga moyilligi yig’indisiga teng, uni Ye +/ 2 deb yozish ham mumkin:

Х = Е +

Elementning elektrmanfiyligi eV bilan ifodalanadi.



Nima sababdan elementning elektrmanfiyligini ifodalash uchun Е+ yig’indi qabul qilinganligini tushunish qiyin emas. Masalan, ikki element – A hamda В o’zaro ta‘sir etib, ion birikma hosil qilsin. Bunda elektron A dan В ga yoki, aksincha В dan A ga o’tishi mumkin. bu ikkala imkoniyatdan qaysi biri amalga oshadi?

Agar elektron A dan В ga o’tsa, bu vaqtda ЕВ ga (ya‘ni В ning elektronga moyilligiga) teng energiya ajralib chiqib, А ga (ya‘ni A ning ionlanish energiyasiga ) teng energiya yutiladi; kimyoviy o’zaro ta‘sir natijasida sistemaning energiyasi ЕВ - В qadar kamayadi. Aksincha, elektron В dan A ga o’tsa, kimyoviy o’zaro ta‘sir natijasida sistemaning energiyasi ЕА -В ga qadar kamayishi kerak. Lekin kimyoviy o’zaro ta‘sir energiya ko’proq kamayadigan yo’nalishda amalga oshadi. Demak, ЕВ - А > ЕА - В bo’lsa, elektron A dan В ga kuchishi lozim, aks holda В dan A ga o’tadi. Bu tengsizlikni:

ЕВ + В > ЕА + А
shaklida yozish mumkin. Demak, o’zaro ta‘sir etayotgan elementlardan qaysi birining yig’indisi (Е +) qattarok bo’lsa, elektron o’sha element atomiga o’tadi. SHuning uchun ham Е + yig’indi elementning elektrmanfiyligini ifodalaydi.

Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling