. . . . . . . .
: F + F: : F:F:
. . . . . . . .
Azot atomida oktet hosil bo’lishi uchun uch elektron yetishmaydi. Ikki atom azot molekulasining hosil bo’lishini quyidagicha yozish mumkin:
: N : + : N : → : N : : N :
Lengmyur birikuvchi atomlar orasida hosil bo’ladigan elektron juftlarning soni shu element valentligiga teng, deb qabul qildi. Masalan,
H
. .
H : N : H
. .
molekulasida azot uch valentli, vodorod bir valentli, ya‘ni NH3 ning hosil bo’lishida azotning uchta elektroni ishtirok etadi, lekin bir jufti ishtirok etmaydi. Ana shunday bog’lanishda ishtirok etmay qoladigan elektronlar jufti – yadrolar oralig’ida taqsimlanmagan juft elektronlar deb ataladi. Bunday elektron juftlar ko’pincha erkin elektron jufti deb ham ataladi.
Lyuis va Lengmyurning kovalent bog’lanish haqidagi elektron nazariyasi murakkab bo’lmagan moddalardagi kimyoviy bog’lanishning izohlab berdi; lekin murakkab moddalardagi (ayniqsa kompleks birikmalardagi) kimyoviy bog’lanish tabiatini tushuntira olmadi. Nima sababdan elektron juftlar hisobiga hosil bo’ladi, degan savollarga to’liq javob bera olmadi; bundan tashqari, Lyuis va Lengmyur nazariyasi statik nazariya bo’lib, u elektron va yadrolarning harakatdagi holatini hisobga olmagan edi.
Faqat kvant mexanika asosida kimyoviy bog’lanishning izchil nazariyalari yaratildi. Hozirgi vaqtda kvant mexanikada kimyoviy bog’lanishni tushuntirish uchun ikki uslubdan foydalaniladi. Ulardan biri valent bog’lanish (ВБ) metodi, ikkinchisi – molekulyar orbitallar (МО) metodidir.
O’zaro birikuvchi atomlarning elektron buluti bir-birini qanchalik ko’p qoplasa kimyoviy bog’lanish shunchalik mustahkam bo’lib, bunday bog’lanishni o’zish uchun shunchalik ko’p energiya talab qilinadi, boshqacha qilib aytganda «bog’lanish energiyasi» shunchalik katta bo’ladi.
Molekuladagi ayni bog’lanishni batamom o’zib, hosil bo’lgan tarkibiy qismlarni bir-biriga hech ta‘sir etmaydigan holatga keltirish uchun zarur bo’lgan energiya miqdori bog’lanish energiyasi deyiladi.
Kimyoviy bog’lanish energiyasining miqdori eV yoki kJ . mol-1 bilan ifodalanadi. bog’lanish energiyasining son qiymati o’zaro birikuvchi atomlarning elektron buluti shakliga, molekuladagi yadrolararo masofaga va boshqa faktorlarga bog’liq. Masalan, Н2 molekulasidagi bog’lanish energiyasi 434, 8 kJ . mol-1, O2 molekulasida 498 kJ · mol-1.
Do'stlaringiz bilan baham: |