Kimyoviy bogʻlanishlar


Bogʻlanishlar hujayra ichida qanday sodir boʻladi?


Download 88 Kb.
bet5/6
Sana27.01.2023
Hajmi88 Kb.
#1129926
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kimyoviy boglanishlar

Bogʻlanishlar hujayra ichida qanday sodir boʻladi?
Kuchli va kuchsiz bogʻlanishlar hujayralar va tanamizda sodir boʻluvchi kimyoviy jarayonlarda muhim rol oʻynaydi. Masalan, kuchli kovalent bogʻlar DNK zanjirini tashkil etadigan kimyoviy tuzilish “gʻishtchalar”ini birlashtiradi. Ammo kuchsizroq vodorod bogʻlari DNK qoʻsh spiralining ikkita zanjirini ushlab turadi. Ushbu kuchsiz bogʻlanish DNKni barqaror qiladi, ammo bu hujayraning nusxa olishi va foydalanishi uchun ham yoʻl ochib beradi.
Umuman olganda, ionlar, suv molekulalari va qutbli molekulalar orasidagi bogʻlanishlar hujayraning suvli muhitida doimiy ravishda hosil boʻladi va uzilib turadi. Ushbu muhitda turli xil molekulalar kuchsiz, zaryadga asoslangan taʼsirlashuvlar orqali bir-biriga intiladi. Masalan, Na++start superscript, plus, end superscript ioni oldin suv molekulasi bilan va keyin oqsilning manfiy zaryadlangan qismi bilan oʻzaro taʼsirlashishi mumkin.
Ajablanarlisi shundaki, bu kabi milliardlab kuchli va kuchsiz, barqaror va beqaror (vaqtinchalik) kimyoviy bogʻlar taʼsirlashuvi – ayni paytda bizning tanamizda sodir boʻlmoqda va ular birgalikda bizni tutib turibdi va biz mavjudmiz!
[Maʼlumotlarni yashirish]
Mavzuga oid manbalar:
Ushbu mavzuda quyidagi maqoladan foydalanildi: Atoms, isotopes, ions, and molecules: the building blocks,” by OpenStax College, Biology(CC BY 3.0). Maqola aslini quyidagi manzildan bepul yuklab oling: ni http://cnx.org/contents/185cbf87-c72e-48f5-b51e-f14f21b5eabd@9.85
Ushbu maqola CC BY-NC-SA 4.0 litsenziyasiga ega.
Mavzuda keltirilgan iqtiboslar:

  1. Reece, J. B., Urry, L. A., Cain, M. L., Wasserman, S. A., Minorsky, P. V., and Jackson, R. B. (2011). The formation and function of molecules depend on chemical bonding between atoms. In Campbell Biology (10th ed., p. 38). San Francisco, CA: Pearson.

  2. London dispersion interactions. (n.d.). Retrieved June 25, 2015 from UC Davis ChemWiki: http://chemwiki.ucdavis.edu/Physical_Chemistry/Physical_Properties_of_Matter/Intermolecular_Forces/London_Dispersion_Interactions.

  3. Van der Waals force. (June 24, 2015). Wikipediadan2015-yil 25-iyulda olingan: https://en.wikipedia.org/wiki/Van_der_Waals_force.


Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling