Kimyoviy injenering jarayoni va qurilmalari


Prujinali (deformatsion) asboblarning ishlash prinsipi


Download 51.22 Kb.
bet7/9
Sana03.06.2024
Hajmi51.22 Kb.
#1841919
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kimyoviy injenering jarayoni va qurilmalari-hozir.org

Prujinali (deformatsion) asboblarning ishlash prinsipi bosim ta’sirida turli elastik elementlarning deformatsiyalanishi yoki ularning kuchini oichashga asoslangan. Elastik elementda bosim kuchi ta’sirida vujudga keladigan deformatsiyalanish natijasida oichash asbobining strelkasi to’g’ri chiziqli yoki burchakli shkala bo’yicha siljib, bosim qiymati P ni ko’rsatadi.
Prujinali asboblarning oichash aniqligi yuqori bolishi uchun ulardagi elastik elementlar elastiklik moduli va issiqlik kengayish koeffitsiyentlari kam bo’lgan materiallardan tayyorlangan bolishi va gisterezis hamda qoldiq elastiklik hodisalari bolmasligi talab qilinadi.
Prujinali asboblar ortiqcha bosim, siyraklanish, bosimlar farqi va shu kabilarni oichash uchun qollanadi. Keng tarqalgan elastik sezgir elementlar 5-rasmda tasvirlangan, ularga naychali prujina (a), sifonli (b), yassi va gofrirlangan membranalar (c, d), membranali quticha (e), bikir markazli yumshoq membranalar (f) kiradi.

5-rasm. Elastik sezgir asboblar.
Naychasimon prujinali asboblar. Sezgir element sifatida naychasimon manometrik prujina ishlatilgan deformatsion asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish amaliyotida keng tarqalgan. Ayniqsa, bir o’ramli naychasimon prujinali asbob — manometr, vakuummetr, manovakuummetr va difmanometrlar juda ko’p qo’llanadi.
Naychasimon prujinali asboblarning ishlash prinsipi o’lchanayotgan bosimning elastik deformatsiya kuchi bilan muvozanatlashuviga asoslangan. Aylana yoyi bo’yicha bukilgan elliptik yoki yassi oval kesimli naychasimon prujina ichidagi ortiqcha bosim yoki siyraklanishning o’zgarishi natijasida o’zining bukilishini o’zgartiradi (5- rasm, a).
O’lchanayotgan ichki va tashqi atmosfera bosimlari farqi ta’sirida naychali prujina deformatsiyalanadi: naycha kesimining kichik o’qi kattalashadi, katta o’qi kichiklashadi, bunda prujina deformatsiyalanadi va uning erkin uchi 1...3 mm ga siljiydi. 5 M Pa gacha bo’lgan bosim uchun naychali prujinalar jezdan, bronzadan, undan ham yuqori bosimlar uchun legirlangan po’lat va nikel qotishmalaridan tayyorlanadi.
4-rasmda bir o’ramli prujinali manometrlarning kinematik sxemasi keltirilgan. Bosim o’zgarishi natijasida prujina 3 uchining siljishi tortqi 5 orqali 6 sektorga uzatiladi. Sektorning burchakli siljishi tishli ilashma yordamida tribka 2 ning aylanishiga olib keladi. Tribkaning o’qiga ko’rsatuvchi strelka 4 biriktirilgan.
Naychaning bo’sh uchida siljish uncha katta boim agani sababli, ko’pincha ko’p o’ramli naychasimon prujinalar ishlatiladi. Ko’p o’ramli (gelikoidal) naychasimon prujinali manometrlarning ishchi organi olti, to’qqiz o’ramli yassi naychadan hosil qilingan silindrik spiral shaklga ega. Gelikoidal naychasimon prujinali manometrlar o’ziyozar va ko’rsatishlarni masofaga uzatuvchi bo’ladi.
Naychasimon prujinali manometrlar ko’rsatish, yozish, signal berish va ko’rsatishlarni masofaga uzatish uchun moijallangan. Hozir pnevmatik va elektr datchiklarning unifikatsiyalangan tizimga kiritilgan prujinali asboblarning ko’p turlari ishlab chiqilmoqda. Bu asboblar standart pnevmatik, elektr signallarda ishlaydigan ikkilamchi asboblar va maxsus qurilmalar majmuasida qoilanadi. Asbobsozlik sanoati 0,1 dan 1000 M Pa (1... 10000 kgk/sm2) gacha boigan bosimlarni oichaydigan asboblar ishlab chiqaradi. Texnik manometr, vakuummetr va manovakuummetrlar 1; 1,6; 2,5 va 4 aniqlik sinfiga ega. Namunaviy asboblarning aniqlik sinfi 0,16; 0,25 va 0,4.


Download 51.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling