Kimyoviy injenering jarayoni va qurilmalari
-rasm. Yumshoq membranali difmanometrning prinsipial sxemasi. BOSIMNI O’LCHASH ASBOBLARINING TUZILISHI
Download 51.22 Kb.
|
Kimyoviy injenering jarayoni va qurilmalari-hozir.org
2-rasm. Yumshoq membranali difmanometrning prinsipial sxemasi.
BOSIMNI O’LCHASH ASBOBLARINING TUZILISHI Ikki naychali manometr. Bosim, siyraklanish va bosimlar farqini o’lchash uchun sathi ko’rinadigan ikki naychali U-simon manometrlardan, vakuum metrlardan va difmanometrlardan foydalaniladi. Bunday manometrning prinsipial sxemasi 3 - rasmda tasvirlangan. Ikki tik tutash naycha 1 va 2 metall yoki yog’och asos 3 ga mahkamlangan bo’lib, unga shkala 4 o’rnatilgan. Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi ikkinchi qismidagi bosim bilan mos kelsa, asbobda suyuqlik ustuni balandliklari bir xil holatda boiadi. Shunga asoslanib, quyidagi ifodani yozish mumkin: Rmut×S=Ratm×S+H×S×g(ρ- ρ1) (4) bu yerda: Rmut — o’lchanayotgan bosim, Pa; Ratm — atmosfera bosimi, Pa; S— naycha ko’ndalang kesimining yuzi, m2; H— suyuqlik sathining (ustun uzunligining) farqi, m; ρ — suyuqlikning zichligi, kg/m3; ρ1 — manometrdagi suyuqlik ustidagi muhitning zichligi, kg/m3; g — erkin tushish tezlanishi, m /s2. 3-rasm. Ikki naychali manometr. Ikki naychali manometrlardagi xatoliklar manbayi mahalliy erkin tushish tezlanishi g ning hisobiy qiymatidan chetga chiqishi, ish suyuqligi va o’lchanayotgan muhitning zichligi ρ ham ρ1, h1, va h2 balandliklarni o’lchashdagi xatolardan iborat. Ularning ko’rsatish xatosi 20°C haroratda 2 mm dan oshmaydi. Ular noagressiv suyuqlik va gazlarning ortiqcha bosimi va siyraklanishini 0...10 kPa chegaralarda o’lchash uchun mo’ljallangan. Mazkur asboblardan bosimlar farqini o’lchashda difmanometr sifatida foydalanish mumkin. Tuzilishiga qarab naychali suyuqlikli asboblarning bir naychali (kosali), og’ma naychali va boshqa turlari mavjud. Bu asboblar ikki naychali asbobning bir turi bo’lib, ikkinchi naycha o’rniga keng idish (kosa) ishlatiladi. Suyuqlikli asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish tajribasida keng qo’llanadi. Ularning kamchiliklari — ko’rsatishlarni masofaga uzatish mumkin emasligi, o’lchash chegaralarining kichikligi, ko’rsatishlarning yaqqol emasligi va mexanik mustahkam emasligidan iborat. Texnik olchashlarda kombinatsiyalashgan suyuqlikli mexanik asboblar qo’llanadi. Ular yuqorida ko’rilgan asboblardan farqli o’laroq, ishchi suyuqlikning ko’rinadigan sathiga ega emas. Ularga qalqovichli, qo’ng’iroqli va halqali asboblar kiradi. Download 51.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling