Kimyoviy injenering jarayoni va qurilmalari
Download 51.22 Kb.
|
Kimyoviy injenering jarayoni va qurilmalari-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Kirish.
Kimyoviy injenering jarayoni va qurilmalari O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI YENGIL SANOAT VA KIMYO TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI KIMYOVIY TEXNOLOGIYA YO’NALISHI “KIMYOVIY INJENERING JARAYONI VA QURILMALARI” FANIDAN KURS LOYIHASI Mavzu: Bosimni o’lchash va rostlash tizimi BAJARDI: ___________________ (talabaning guruhi, ismi, familiyasi) QABUL QILDI: ___________________ (o’qituvchining ismi, familiyasi) TERMIZ 2022 Mavzu: Bosimni o’lchash va rostlash tizimi Rеja: I. Kirish.II. Nazariy qism. 1. Bosim haqidagi asosiy ma’lumotlar2. Bosimni o’lchash asboblari 3. Bosimni o’chash asboblarining tuzilishi III. Hisob qismi IV. Xulosa V. Foydalanilgan adabiyotlar. I. KIRISH Sanoatning kimyo, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarining amaldagi korxonalarini zamonaviylashtirish va yangilarini yaratish ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning turli masalalarini hal qilish bilan bogiiq katta hajmdagi ishlarni bajarishni ko’zda tutadi. Avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish va bevosita ishlab chiqarish jarayonlariga joriy qilish — ko’p bosqichli jarayondir. Unga ilmiy tadqiqot, loyihalash va montaj-sozlash ishlari, shuningdek, ishlatish jarayonida avtomatlashtirish tizimlarining ishonchli ishlashini ta’minlovchi tadbirlar majmuasi kiradi. Zamonaviy ishlab chiqarishning ishlab chiqarish jarayonlarini avtom atlashtirishda hal qilinadigan m asalalar m utaxassislardan turli avtomatlashtirish asboblarining tuzilish va ishlash prinsiplarini, avtomatik tizimlarning turli ko’rinishlari va sinflarini yasash metodlarini bilishni ham, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sohasidagi ishlar bilan birga aniq va bir qiymatli almashish mumkin bo’lgan umumiy texnik tilni egallashni ham talab qiladi. Bu biror texnologik jarayonini avtomatlashtirishning mantiqiy hisoblangan va texnik jihatdan asoslangan tizimining avtomatlashtirish tizimlarini montaj qilish, sozlash va ishlatish masalalari bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar uchun birday tushunarli boiadigan tilda ifodalanishi kerak demakdir. Bunda barcha mutaxassislarda yaratilayotgan avtomatlashtirish tizimining asbob bilan ta’minlanishi, berilgan rostlash qonunlarini amalga oshirish, asboblarni va avtomatlashtirish vositalarini montaj qilish usullarini, impulsli va buyruq liniyalarini, va manba liniyalarini o’tkazish sohasida tushuncha yagona boiishi kerak. Bu, bir so’zdan tushunishga, masalan, montaj ishlarida ishlovchilar tizimni ishlab chiqish yoki ishlatish jarayonida montajchilarning bevosita ishtirokisiz qay tarzda erishish mumkin? Bunday bir-birini tushunish maxsus ishlab chiqiladigan texnik hujjat vositasida ta’minlanadi, bu hujjat texnologik jarayonni avtomatlashtirish loyihasi deyiladi. Bugungi kunda Respublikamizda barcha sanoat tarmoqlari o’ziga xos tarzda rivojlanib kelmoqda. Ishlab chiqarish obyektlari yangitdan barpo qilinmoqda, mavjudlari esa qayta rekanstruksiya qilinib ularga zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyasi asosida asbob uskunalar joriy qilinmoqda. Shu jumladan Respublikamiszda kimyo sanoati ham sanoat tarmoqlari ichida o’ziga xos o’rni va rivojlanish tendensiyasiga ega. O’zbekiston kimyo sanoati ancha yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, hozirgi zamoga xos kimyo maxsulotlarini ishlab chikariladi sun’iy tola va sintetik kauchuk, lak-bo’yoklar, kislota va ishqorlar, dori darmonlar, shuningdek ko’plab kimyo maxsulotlar ishlab chiqariladi. Hozirgi vaqtda kimyo sanoati maxsulotlariga bo’lgan talab kundan kunga ortmoqda, shuning uchun Respublikada bu sanoat tarmogini rivojantirishga juda katta e’tibor berilmokda. Bu sanoatni rivojlantirish uchun O’zbekistonda ham Osiyo mamlakatlari singari katta manbalarga egadir, ayniksa gaz, neft, gaz kondensatlari, elektr quvvati, ko’mir, sanoat va qishlok xo’jaligi chiqindilari, mineral xom ashyolar xamda mexnat resurslari juda ko’pdir. O’zbekistonda bundan tashkari osh tuzi, fosforit, kaliy tuzi, oxak, gips, oltingugurt konlari, rangdor metallurgiya va paxtachilik sanoat chiqindilari va boshqa xom ashyolarga boydir. Shu jumladan ishlabchiqarish kimyo sanoatining muxum bo’g’inlaridan biridir. Bunday ishlab chiqarish birlashmalariga “ SH G K M ” ko’p yillardan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Respublikamiz mustaqilligi yillarida neftь va gazni qayta ishlash sanoati sohasida salmoqli yutuqlarga erishildi. Soʼnggi paytlarda sanoat rivojlanishini yanada bir yangi bosqichga olib chiqish uchun mamlakatimiz boʼylab keng qamrovli ishlar jadal surʼatlar bilan olib borilmoqda. Bularning barchasi mamlakatimiz prezidenti Sh Mirziyoev 2017 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2018 yilga moʼljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yoʼnalishlariga bagʼishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maʼruzasida koʼrsatib oʼtilganidek “Yurtimizda qabul qilingan xarakatlar strategiyasi” 2017-2021 yillarda sanoatni ustuvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qoʼshimcha qiymatga ega boʼlgan, raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining oʼrni tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortigʼi aynan shu tarmoqlar hissasiga toʼgʼri kelmoqda”. Sanoatni rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ana shunday oldindan tuzilgan puxta rejalar va uzoqni koʼra olishdek salohiyat asosida mavjud sanoat korxonalarining takomillashuvi va yangi zamonaviylarining ishga tushirilayotganligi hisobiga mamlakatimizda iqtisodiy-ijtimoiy sohada ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo qiloyati Gʼuzor tumanidagi «Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi» Respublikamiz neftь va gazni qayta ishlash sanoatida allaqachonlar oʼzining munosib oʼrniga ega boʼlib, ishlab chiqarish salohiyatining yuksakligi, tabiiy gazdan olinadigan mahsulotlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda korxonadagi ishlab chiqarish salohiyatini va mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida chet ellik hamkorlar ishtirokida barcha sexlardagi texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalarini takomillashtirish ustida tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Zero, avtomatlashtirish darajasi yuqori boʼlgan korxonada yuqori sifat koʼrsatkichlariga ega mahsulotlar ishlab chiqariladi va bu mahsulotlarga boʼlgan talab nafaqat mamlakatimiz xalq xoʼjaligi ehtiyojlarini qondirishga, balki eksport hajmini oshirishga ham xizmat qiladi. Maʼlumki, mamlakatimiz iqtisodiyotining oʼsishida neft va gazni qayta ishlash sanoatining munosib hissasi mavjud boʼlib, tabiiy gazni tozalash jarayonida metildeetanolaminni regeneratsiyalash jarayonining oʼrni ham beqiyosdir. Demak, ushbu turdagi korxonalar qanchalik yuqori samara bilan ishlasa, oʼz navbatida esa respublikamiz xalq xoʼjaligi shunchalik ravnaq topadi va aholi turmush tarzi shunchalik farovonlik sari odimlaydi. Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi tufayli zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish ularni mikroprotsessor texnikasi va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo’llab, keng avtomatlashtirish asosidagina samarali bo’lishiga erishiladi. Avtomatlashtirish talablari texnologik jarayonlar loyihalanayotgan bosqichdayoq hisobga olinganda — avtomatlashtirish katta samara beradi. Yuqorida aytilganlardan, texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirishning ilmiy-texnik, iqtisodiy jihatlari sanoat taraqqiyotini, mehnatkashlarning madaniyatini va turmush darajasini ko’tarishni ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo’lshi kelib chiqadi. Biroq, sanoatni avtomatlashtirishda muvaffaqiyatga erishishning muhim sharti — oliy ta’lim muassasalarida, loyiha institutlarida va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish masalalarini yuqori ilmiy-texnik darajada hal qilishga qodir korxonalarda avtomatika bo’yicha ko’p sonli malakali kadrlar, mutaxassislar yetishtirishdan iborat. Hozirgi kunda respublikamizdagi oliy o’quv yurtlarida olib borilayotgan tadbirlarning asosiy maqsadi — mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashdir. Bu ishlarni jadallashtirishda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning uzviy aloqada bo’lishi asosiy omildir. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish bo’yicha muhim vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun yuqori malakali kadrlar kerak. Bunday kadrlar tubdan yangi ilmiy g’oyalarga va yuksak texnik yechimlarni hal etish, o’z ona tili — davlat texnologik jarayonlar haqida texnika tilida tushunarli gaplasha olish va yuksak saviyada yozishmalar olib bora olish qobiliyatiga ega bo’lshlari zarur. Xalq xo’jaligini fan-texnika taraqqiyoti asosida jadallashtirish — bozor iqtisodiyoti sharoitidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu ulkan ishlarni bajarish kadrlarning malakasiga bog’lqdir. Xalq xo’jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish fani katta ahamiyatga ega. Bu fan talabalarga o’z ixtisosliklarini nazariy jihatdan chuqur egallashga, ularning bilimlarini mustahkamlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va texnologik jarayonlardan unumli foydalanish yoilarini o’rgatadi. Avtomatlashtirish borasida eng mas’uliyatli ishlar esa, shubhasiz, kadrlar zimmasiga tushadi. Bugungi kun kadrlari yangi texnika va texnologiyadan foydalanishga, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni keng joriy etishga, ishlab chiqarish zaxiralarini aniqlash va uni jadallashtirishga, o’z ona tili — Davlat tilini yuksak texnika va texnologiya saviyasi darajasida bilishga qodir b’olishlari kerak. Xususan, yosh kadrlar oldida fan-texnika taraqqiyotining yo’l boshlovchisi bo’lishdek mas’uliyatli vazifa turadi. Download 51.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling