Kimyoviy injenering jarayoni va qurilmalari


BOSIMNI O’LCHASH ASBOBLARI


Download 51.22 Kb.
bet3/9
Sana03.06.2024
Hajmi51.22 Kb.
#1841919
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kimyoviy injenering jarayoni va qurilmalari-hozir.org

BOSIMNI O’LCHASH ASBOBLARI

Bosimni o’lchash asboblari o’lchanayotgan kattalikning turiga va ishlash usuliga ko’ra tasniflanadi. O’lchanayotgan kattalikning turiga ko’ra bosimni va siyraklanishni o’lchaydigan asboblar quyidagilarga bo’linadi:



barometrlar - atmosfera bosimini o’lchash uchun mo’ljallangan;
manometrlar - ortiqcha bosimni o’lchash uchun mo’ljallangan;
differensial manometrlar - bosimlar farqini o’lchash uchun mo’ljallangan;
vakuummetrlar - siyraklangan bosimni o’lchash uchun mo’ljallangan;
manovakuummetrlar - ortiqcha hamda siyraklashgan bosimni o’lchash uchun mo’ljallangan.
Kichik hajmdagi (40 kPa gacha) bosim, siyraklanish va bosimlar farqini o’lchash uchunmo’ljallangan asboblar naporomerlar, tyagomerlar va tyagonaporomerlar deyiladi.
Ishlash usuliga ko’ra bosimni o’lchash uchun mo’ljallangan asboblar to’rt guruhga bo’linadi:
1Suyuqlikli manometrlarularda o’lchanayotgan bosim suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim bilan muvozanatlashib, uning balandligi bo’yicha bosim qiymati aniqlanadi.
2. Deformatsion (prujinali) manometrlar, bu asboblarda o’lcha­nayotgan bosim turli konstruksiyadagi egiluvchan elementlarning deformatsiyalanish qiymati yoki ularda hosil bo’ladigan kuch qiymati bilan aniqlanadi.
3Yuk porshenli manometrlarularda o’lchanayotgan bosim porshen massasi yoki qo’shimcha yuklar hosil qiladigan bosim bilan muvozanatlashadi.
4. Elektrik manometrlarning ishlashi ma’lum materiallarning ularga tashqi bosim ta’sir etganda elektrik xususiyatlarining o’zgarishiga asoslangan.
Bosim asboblari ishlash prinsipiga va o’lchanayotgan kattalikning turiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi.
Bosim o’lchaydigan asboblar ishlash prinsiplariga ko’ra suyuqlikli, deformatsion (prujinali), yuk-porshenli, elektr, ionli va issiqlik turlariga bo’linadi.
O’lchanayotgan bosim kattaligining turiga ko’ra o’lchash asboblari quyidagi turlarga bo’linadi:
1) manometr — mutlaq va ortiqcha bosimni o’lchaydi;
2) barometr — atmosfera bosimini o’lchaydi;
3) vakuummetr — berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining siyraklanishini o’lchaydi;
4) manovakuummetr — ortiqcha bosim va siyraklanishlarni o’lchaydi;
5) naporomer — kichik qiymatli ortiqcha bosimni o’lchaydi;
6) tyagomer — kichik qiymatli siyraklanishni o’lchaydi;
7) tyagonaporomer — kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o’lchaydi;
8) differensial manometr — ikki bosim ayirmasini (bosimlar farqini) o’lchaydi.
Quyida sanoatda eng ko’p tarqalgan usullar va asboblar ko’rib chiqilgan.
Suyuqlikli bosim o’lchash asboblarining ishlash prinsipi o’lchanayotgan bosimning suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga asoslangan. Asboblar turli ishchi suyuqliklar, ko’pincha simob, transformator moyi, suv va spirt bilan to’ldiriladi.
Asboblarda tutash idishlar prinsipi qo’llanadi. Ularda ishchi suyuqlik sathlari ular ustidagi bosim teng bo’lganda mos tushadi, bosim teng boim aganda esa suyuqlik sathi shunday holatni egallaydiki, bir idishdagi ortiqcha bosim boshqa idishdagi suyuqlikning ortiqcha ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashtiriladi. Ko’pgina suyuqlikli manometrlar ishchi suyuqlik ko’rinadigan sathga ega. O’sha sath bo’yicha ko’rsatishlarni bevosita yozib olish mumkin. Shunday suyuqlikli asboblar guruhi borki, ularda ishchi suyuqlikning sathi bevosita ko’rinib turmaydi. Sathning o’zgarishi qalqovichning siljishiga yoki boshqa qurilma tasniflarining o’zgarishiga olib keladi. Bu tasniflar raqamli qurilmalar yordamida oichanayotgan kattalikning bevosita ko’rsatishini, yoki uning qiymatini o’zgartirish va masofaga uzatishni ta’minlaydi.
Suyuqlikli asboblarning ba’zi turlarini ko’rib chiqamiz.

Download 51.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling