Nasoslar turlari. Dinamik hajmiy nasoslar. Nasoslarning asosiy ishchi parametrlar


Download 250.27 Kb.
bet1/4
Sana08.01.2022
Hajmi250.27 Kb.
#244434
  1   2   3   4
Bog'liq
17 mavzu nasoslar konstruksion


1 ilova

Mavzu: Nasoslar, xizmati, tartibga solish, ishlatish.

Reja:

  1. Nasoslar turlari.

  2. Dinamik hajmiy nasoslar.

  3. Nasoslarning asosiy ishchi parametrlar.

Sanoat korxonalarida turli xil suyuqliklar texnologik quvurlar yordamida gorizontal yoki vertikal yo’nalishlarda uzatiladi. Suyuqliklarni uzatish uchun nasoslardan foydalaniladi.

Nasos - bu gidravlik mashina bo’lib, unda elektrodvigatelning mexanik energiyasi uzatilayotgan suyuqlik oqimi energiyasiga (bosimiga) aylantiriladi. Nasos suyuqlikni quyi satxdan yuqori satxga uzatish uchun qo’llaniladi. Ushbu satxlardagi suyuqlik bosimlari o’rtasidagi farq (potenstial energiya, jarayonni harakatlantiruvchi kuchi) uni texnologik quvurlar yoki qurilmalar bo’ylab harakatlantiradi.

Ishlash prinstipiga ko’ra hajmiy, parrakli (markazdan qochma tipdagi), uyurmaviy va o’qli (propellerli) nasoslar mavjud.

Hajmiy nasoslarni ishlash prinstipi malum bir hajmdagi suyuqlikni yopiq kameradan, aylanma yoki ilgarilanma-qaytma harakatqiluvchi ishchi organ yordamida, surib chiqarishga asoslangan. Hajmiy nasoslar turkumiga porshenli, diafragmali, tishli g’ildirakli, vintli va plastinali nasoslar kiradi.

Parrakli nasoslar markazdan qochma tipdagi va propellerli (o’qli) nasoslarga ajratiladi. Markazdan qochma tipdagi nasoslarda suyuqlik parrakli ishchi g’ildirak markazidan nasos korpusi devoriga tomon harakatlanadi. Bu paytda yuzaga keluvchi markazdan qochma kuch suyuqlik bosimini hosil qiladi. Propellerli nasos yordamida uzatilayotgan suyuqlik ishchi g’ildirakning o’qi yo’nalishida suriladi.

Uyurmaviy va o’qli nasoslarda suyuqlik ishchi g’ildiraklarning aylanishi paytida uyurmalarni intensiv hosil bo’lishi va parchalanishi natijasida yuzaga keluvchi ishqalanish energiyasi hisobiga uzatiladi.

Suyuqliklar bir joydan ikkinchi joyga quvurlar orqali uzatiladi. Quvurning boshlangich va oxirgi nuqtalaridagi bosimlar farqi quvur lardan suyuqlikning oqishi uchun harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Suyuq, neft, benzin, kerosin va moylar va boshqa suyuqliklarni gorizontal quvurlarda, uzatish uchun suyuqliklarni pastdan,yuqori ga ko’tarish uchun mo’ljallangan qurilmalar nasoslar deyiladi. Suyuqlik oqimining quvurlardagi harakatlantiruvchi kuchi gidravlik qurilmalar yoki nasoslar orqali xosil qilinadi. Nasos elektr dvigateldan mexanik energiya olib, uni suyuqlikning harakatlanayotgan oqim energiyasi aylantirib, bosimni oshiradi. Nasos asosan ikki turga: dinamik va hajmiy nasoslarga bo’linadi. Dinamik nasoslarda suyuqlik tashki kuch tasirida harakatga keltiriladi. Nasos ichidagi suyuqlik nasosga kirish va undan chiqish quvurlari bilan uzluksiz boglangan bo’ladi. Suyuqlikka tasir qiladigan kuchning turiga ko’ra, dinamik nasoslar parrakli va ishqalanish kuchi yordamida ishlaydigan nasoslarga bo’linadi.

Parrakli nasoslar o’z navbatida markazdan qochma va propellerli /o’qli/ nasoslarga bo’linadi. Markazdan qochma nasoslarda suyuqlik ish g’ildiraklarning markazidan uning chetiga qarab harakat qilsa, propellerli nasoslarda esa suyuqlik g’ildirakning o’qi yo’nalishida harakat qiladi. Markazdan qochma nasoslarda suyuqliklardagi bosim g’ildirak parraklarining aylanishida, markazdan qochma kuch tasirida hosil bo’ladi. Ishqalanish kuchiga asoslangan nasoslar ikki xil /uyurmaviy va oqimli/ bo’ladi. Uyurmaviy oqimli nasoslarda suyuqlik asosan ishqalanish kuchi ta’sirida harakatga keladi.

Xajmiy nasoslarning ishlash usuli suyuqlikning ma’lum bir xajmini epik kameradan itarib chiqarishga asoslangan. Xajmiy nasoslar jumlasiga porshenli, plunjerli, diafragmali, shestarnali, plastinali va vintsimon nasoslar kiradi.

Sanoatda suyuqliklarni qisilgan gaz /yoki havo/yordamida uzatish uchun vazliftlar va motejollar ham ishlatiladi. Har bir nasosning ishlashi uning ish unumdorligi, quvvati, foydalanish ish koefitsenti napori bilan belgilanadi.

Nasosning vaqt birligi ichida uzatib beradigan suyuqlik miqdori ish unumdorligi/yoki sarfi/ deyiladi, Q bilan belgilanadi.

Nasosning ish unumdorligi m3/, soat, m3/s, kg/soat, kg/s larda belgilanadi.

Nasosning massa birligiga ega bo’lgan suyuqlikka bergan solishtirma energiyasi napor deb yuritiladi. Nasosning napori oqimning nasosga kirish va chiqishdagi solishtirma energiyalari ayirmasiga teng.


Download 250.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling