Kimyoviy injenering jarayoni va qurilmalari


Qalqovichli difmanometrlar


Download 51.22 Kb.
bet6/9
Sana03.06.2024
Hajmi51.22 Kb.
#1841919
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kimyoviy injenering jarayoni va qurilmalari-hozir.org

Qalqovichli difmanometrlar. Qalqovichli difmanometrlarning ishlash prinsipi kosali manometrlarnikiga o’xshash, ammo ularda bosimni o’l­chashda kosadagi suyuqlik sathi balandligining o’zgarishi natijasida qalqovichning siljishidan foydalaniladi. Uzatish qurilmasi yordamida qalqovichning siljishi strelkaga uzatiladi. Bular, ko’pincha, bosimning o’zgarishini o ich ash uchun ishlatiladi.
4- rasmda qalqovichli difmanometr sxemasi ko’rsatilgan. Katta bosim beriladigan idish musbat, kichik bosim beriladigan idish manfiy deyiladi. Musbat idishga P1 > P2 bosim berilganda undagi suyuqlik sathi h2 ga pasayib, manfiy idishdagi sath h1 ga ko’tariladi. P1P2 bosimlar ayirmasi suyuqlik ustunining h uzunligi orqali muvozanatlashadi:

4-rasm. Qalqovichli difmanometr sxemasi.
Qalqovichli difmanometrlarning turli maqsadlarga mo’ljallangan xillari chiqariladi. Simob bilan toldirilgan difmanometrlar uchun bosim farqini o’lchash chegarasi 6,3 dan 25 MPa gacha, ortiqcha bosimni o’lchash chegarasi esa 4 dan 40 MPa gacha. Moy bilan toldirilgan difmanometrlar uchun bosim farqini o’lchash chegarasi 40 Pa dan 4 kPa gacha, statik ortiqcha bosimni o’lchash chegarasi esa 0,25 MPa gacha. Texnik difmanometrlar 1 va 1,5 aniqlik sinfida chiqariladi. Qalqovich siljishi bosimning maksimal farqida difmanometrning barcha turlari uchun 30,5 mm ga teng.
Ko’rsatishlarni 50 m dan ortiq masofaga uzatish zarur bo’lgan hollarda elektr va pnevmatik o’zgartkichli masofaga uzatuvchi difmanometrlar qo’llanadi.
Asbobsozlik sanoati DP turidagi ko’rsatuvchi va o’ziyozar qalqovichli difmanometrlar ishlab chiqaradi. Yetti tur — o’lchamli almashtiriladigan manfiy idishlar chiqariladi. Ular 25 M Pa gacha statik bosimda 6,3 kPa dan 0,1 M Pa gacha bo’lgan bosimlar farqini olchaydi. Asboblarning xatoliklari o’lchash chegarasining ± 2% idan oshmaydi.
Yuqorida ko’rilgan suyuqlikli manometrlarning va difmanometrlarning afzalligi ularning soddaligi va katta aniqlikda o’lchashda ishonchliligidadir.
Qalqovichli difmanometrlarda toldiruvchi ishchi suyuqlik sifatida simob, vazelin moyi, shuningdek, transformator moyi ishlatilar edi, ammo simobning zararliligi tufayli uning ishlatilishi keskin cheklangan, shuning uchun qalqovichli asboblar o’rniga ko’proq deformatsion asboblar ishlatilmoqda.

Download 51.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling