Kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari
- rasm Trubalarni teshikli panjaralarga mahkamlash usullari
Download 0.77 Mb.
|
abduhoshim
2- rasm Trubalarni teshikli panjaralarga mahkamlash usullari
a.ikkita ariqchaga razvalsofka qilish b. bitta ariqchaga razvalsofka qilish d. payvandlash va zarvalsofka qilish e. payvandlash f. ariqchali va tishli payvandlash g. kirish qismini konussimon razvalsofka qilish h. buklash i. kavsharlash j. yelimlash k. salnik bilan zichlash l. portlatib payvandlash m. teshikni konussimon payvandlash n. panjarani tashqi tomondan silliqlash Isituvchi trubalar 3 ni teshikli panjaralar 2 da mahkamlashning eng keng tarqalgan usuli bu oddiy razvalsofkadir (2-rasm). Valsofka nomli asbobda radial yo’nalishda hosil qilinadigan kuch ta`sirida truba deformatsiyaga (diametric ortadi, ya`ni kengayadi) uchrab, teshikli panjaraga zichlanadi va mahkamlanadi. Truba o’ramining tir pardaga mustahkam joylashtirishga erishish uchun teshikli panjarada eni 2...3,5 mm va chuqurligi 0,4...1,0 mm li ikkita halqasimon ariqcha qilinadi. Undan tashqari, trubalarni teshikli panjaralarga payvandlash, kavsharlash, salnik yordamida ham mahkamlash mumkin. Salnik yordamida zichlash murakkab va qimmat. Bu usulda mahkamlash muhitlar temperatura farqi katta bo’lganda, trubalarning bo’ylama siljishiga imkon beradi, ammo bunda birikma zichlanishi buzulmaydi. Trubaning kirish qismini konussimon razvalsofka qilish, mahalliy qarshilik koeffitsientini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu esa, iz navbatida kirish qismining emirilish oldini oladi. Agar, trubalar tebranish, tsiklik qizishga, temperaturalar katta izgarishi yoki ularning uchlari issiqlik ta`sirida ita isib ketish hollari yuz beradigan bilsa, unda trubalarning uchi albatta teshikli panjaraga payvandlanish zarur. Payvandlash choki chiktirilgan, valik va ariqchada valik holadi, hamda ariqcha va tishli kirinishlarda bilishi mumkin. Odatda, qalin devorli trubalarni payvandlash maqsadga muvofiqdir. Agar, trubalar kuchlanish ostida ishlatiladigan bilsa, portlatib payvandlash tavsiya etiladi. Ushbu usulda trubalarni mahkamlash uchun portlatish zaryad quvvati katta, teshikli panjaraning tashqi yuzasi razzenkovka qilishini va panjara tashqarisiga truba uchlari kip chiqib turishi kerak. Bu usulda truba teshikli panjaraga ita mustahkam holatda biriktiriladi. Agar, trubaning bir uchi panjaraga quyidagi usulda portlatib payvandlansa, ikkinchi uchi esa portlatib razvalsofka qilinsa, eng yuqori mustahkamlikka erishsa biladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling