Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat arxiv uz


Download 213.33 Kb.
bet4/5
Sana09.03.2023
Hajmi213.33 Kb.
#1255108
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat

Tizimning to’g’ri reaksiya tezligi teskari reaksiya tezligiga teng bo’lib qolgan holati kimyoviy muvozanat deb ataladi.
Bunda reaktsion aralashmaning tarkibi uzoq vaqt o’zgarmay qoladigan barqaror holat vujudga keladi. Kimyoviy muvozanat holatida to’g’ri va teskari reaksiyalar to’xtamaydi, ammo to’g’ri va teskari reaksiyalar tezliklari barobar bo’ladi.
Bunday muvozanatni dinamik muvozanat deyiladi. Agar reaksiya sharoiti (harorat, bosim, kontsentratsiya) o’zgarmasa, kimyoviy muvozanat juda cheksiz uzoq vaqt saqlanadi.
Muvozanat holatidagi moddalarning kontsentratsiyalariga muvozanat kontsentratsiyalari deyiladi. Muvozanat kontsentratsiya ko’pincha kvadrat qavsda: [А], [В], [С]……bilan belgilanadi muvozanatda bo’lmagan, joriy kontsentratsiyadan farqli Cа, Cв, Cс deb belgilanadi.
Kimyoviy muvozanat holatida: Vto’gri=Vteskaritenglamasiga qiymatlarini qo’yib k1[А]а *[В]в =k2[C]c *[Д]д tengligini olamiz,

k1 = M KM =
Bundan:
To’g’ri va teskari reaksiyalar tezlik konstantalari nisbatiga kimyoviy muvozanat doimiysi deyiladi (Km).
Kimyoviy muvozanat holati massalar ta’siri qonuni bilan ifodalanadi. Kimyoviy reaksiyalar mahsulotlarining stexiometrik koeffitsientlariga teng darajalarda olingan muvozanat kontsentratsiyalari ko’paytmasining dastlabki moddalar stexiometrik koeffitsientlariga teng darajalarda olingan muvozanat kontsentratsiyalari ko’paytmasiga nisbati doimiy kattalikdir, bu kattalikka muvozanat doimiysi deyiladi. Yuqoridagi umumiy reaksiya

uchun muvozanat doimiysi: bu erda a, b, c, d- stexiometrik koeffitsientlar;
[A], [B], [C], [D] reaktsion tizim komponentlarining muvozanat kontsentratsiyalari mol/l da, Km-muvozanat doimiysi. Ushbu reaksiyaning muvozanat doimiysi haroratga bog’liq bo’lib, kontsentratsiya yoki bosimga bog’liq emas.
Kimyoviy muvozanatda moddalardan birortasining
kontsentratsiyasini, harorat yoki bosimning o’zgarishi kimyoviy muvozanatni siljishiga olib keladi, ya’ni reaksiyada ishtirok etayotgan hamma moddalarning kontsentratsiyasi o’zgaradi.

5. Kimyoviy muvozanatga ta’sir etuvchi omillar. Le-Shatel’ye printsipi


Agar kimyoviy muvozanat holatida biron bir sharoit (kontsentratsiya, harorat, bosim) o’zgartirilganda mahsulot unumi ko’payadigan bo’lsa, muvozanat o’ng tomonga agar kamaysa, chap tomonga siljiydi deb hisoblanadi.
Kimyoviy muvozanatning siljishi Le-Shatel’ye printsipi deb ataladigan printsipga bo’ysunadi.
«Muvozanatdagi tizim tashqi sharoitidan biri yo harorat, yo bosim, yo kontsentratsiya o’zgartirilsa, u vaqtda muvozanat ko’rsatilgan ta’sirni kamaytiruvchi reaksiya tomoniga siljiydi».
Tajribada bu printsipni amalga oshishini:
N2 + 3H2 ↔ 2NH3 qaytar reaksiyasi misolida ko’rib chiqaylik.
Kontsentratsiya ta’siri: agar muvozanatdagi tizimda azotni yoki vodorodni (dastlabki moddalar) kontsentratsiyasini oshirsak, tizimda to’g’ri reaksiya kuchayadi, muvozanat ammiak hosil bo’lish tomonga (o’ngga) siljiydi.
Agar reaksiya mahsulotlari kontsentratsiyasi ortsa, u holda tizimda teskari reaksiya kuchayadi, muvozanat chapga siljiydi, dastlabki moddalar kontsentratsiyalari (H2 va N2) ortadi.
Harorat ta’siri:
N2 + 3H2 2NH3 ΔH=-92,4kJ harorat oshirilganda muvozanat endotermik reaksiya ya’ni issiqlikni yutilishi bilan boradigan reaksiya tomoniga, harorat pasaytirilganda esa, ekzotermik, ya’ni issiqlikni chiqishi bilan boradigan reaksiya tomoniga siljiydi.
Misolimizda to’g’ri reaksiya (NH3 ning hosil bo’lishi) ekzotermik, teskari esa endotermik, shuning uchun harorat ko’tarilganda muvozanat endotermik reaksiya tomoniga (chapga, NH3 parchalanishi) siljiydi.
Harorat pasayganda esa muvozanat o’ngga (ekzotermik-NH3 ning hosil bo’lishi) siljiydi.

Download 213.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling