Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat arxiv uz
Download 213.33 Kb.
|
Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat
aktiv markaz
Zanjirning tarmoqlanishi: O-+ CO → CO2 + H++ 11,3 kJ H++ O2 → OH-+ O-+ 22,1 kJ O-+ H2 → OH-+ H++ 51,5 kJ Tizimda H+, O-, va OH- zarrachalarining kontsentratsiyalari juda kichik bo’lganligi uchun zanjirning uzilish reaksiyalari deyarli bormaydi. Suvning ozgina miqdori zanjir jarayonini juda tezlashtiradi va uni portlash chegarasigacha olib keladi. Ushbu reaksiya katalitik zanjir mexanizmi orqali sodir bo’ladi. Molekulyar mexanizm bilan o’tadigan gomogen katalizga quyidagi reaksiya misol bo’ladi: SO2 ni SO3 gacha oksidlanishi juda sekin boradigan qaytar reaksiyadir. Bu reaksiya uchun azot (II) oksidi (NO) katalizator bo’ladi: 1 NO(г) + О2(г) =NO2 2 (1) oraliq modda SO2(г) + NO2(г) = SO3 + NO (2) Umumiy reaksiyani: 2SO2(gaz) +O2(gaz)→ 2SO3 sxemada ifodalash mumkin. Geterogen katalizda reaksiyaga kirishuvchi moddalar va katalizator har hil agregat holatida bo’ladi, ular orasida yuza sirt chegaralanish bo’ladi. Odatda katalizator qattiq, reaksiyaga kirishuvchi moddalar gazlar yoki suyuqliklar bo’ladi. Masalan: Ayrim katalizatorlar reaksiyani sekinlashtiradi, ammo reaksiyaga stexiometrik kirishmaydi. Bunday moddalarga ingibitorlar deyiladi. Ayrim moddalar katalizatorning ta’sirini butunlay yo’q qiladi, bunday moddalarga katalitik zaharlar deyiladi. Masalan: NH3-sintezida 0,1% C-bo’lishi to’rsimon Fe-katalizatori ta’sirini keskin kamaytiradi. Katalizator ta’sirini kuchaytiradigan moddalarga promotorlar (aktivatorlar) deyiladi. Masalan: NH3-sintezida Fe-katalizatoriga 2% KAlO2-ni qo’shilishi katalitik aktivlikni birmuncha oshiradi. Tirik organizmlarda boradigan, murakkab kimyoviy almashinishlarda biologik katalizatorlar ishtirok etadi va bularni fermentlar deyiladi. 4. Kimyoviy muvozanatKinetika nuqtai nazaridan barcha kimyoviy reaksiyalar yo’nalishiga qarab: qaytmas va qaytar reaksiyalarga bo’linadi. Bir yo’nalishda oxirigacha boradigan yoki reaksiya uchun olingan moddalarning hammasi batamom reaksiya mahsulotiga burilishi bilan boradigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi. Qaytmas reaksiyalar o’zining yo’nalishini harorat va bosimning o’zgarishi bilan o’zgartirmaydi. Kimyoviy reaksiyalar qaytmas deb hisoblanadi: agar reaksiya mahsulotlarining birortasi reaksiya sferasidan quyidagi ko’rinishda chiqarilsa: Qaytmas reaksiyalarida odatdagi sharoitda reaksiya mahsulotlari dastlabki moddalarga aylanmaydi. Shunday reaksiyalar ham ma’lumki, ular mazkur sharoitda oxirigacha bormaydi. Masalan, oltingugurt (IV) oksid suvda eritilganda quyidagi reaksiya boradi: SO2 + H2O → H2SO3 Biroq suvdagi eritmada faqat ma’lum miqdordagina sulfit kislota hosil bo’ladi. Bunga sabab shuki, sulfit kislota beqaror kislota bo’lib, teskari ya’ni oltingugurt (IV) oksid bilan suvga ajralish reaksiyasi sodir bo’ladi. Shuning uchun ham bu reaksiya oxirigacha bormaydiki, bir vaqtning o’zida ikkita reaksiya to’g’ri (oltingugurt (IV)-oksid bilan suv o’rtasida) va teskari (sulfit kislotaning parchalanishi) reaksiyalari sodir bo’ladi. Bunday reaksiyalarda tenglik (=) ishorasi o’rniga qarama-qarshi yo’nalgan strelkalar ↔ qo’yiladi. Yuqoridagi reaksiyani quyidagicha yozamiz: SO2 + H2O ↔ H2SO3 Chapdan o’ngga boradigan reaksiyaga to’g’ri, o’ngdan chapga boradigan reaksiyaga teskari reaksiya deyiladi. Ayni bir sharoitda qarama-qarshi tomonga boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi. Agar to’g’ri reaksiya ekzotermik bo’lsa, teskari reaksiya endotermik bo’ladi. energiyaning saqlanish qonuniga asosan, qaytar reaksiyalarda to’g’ri reaksiya natijasida ajralib chiqadigan issiqlik, teskari jarayonda yutiladigan issiqlikka teng bo’ladi yoki aksincha. Kimyoviy reaksiya natijasida dastlabki moddalarning ma’lum bir mollar soni reaksiya mahsulotlarining ma’lum bir mollari soniga burilishi bilan sodir bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan reaksiya mahsulotlari mollari soni bilan, reaksiya uchun olingan moddalarning mollari soni bir-biriga teng bo’lib qoladi. Demak, ma’lum vaqtdan boshlab hamma moddalarning kontsentratsiyalari doimiy bo’lib qoladi. Umumiy holda qaytar reaksiyani ko’raylik: aA + bB +... ↔ cC + dD +... Reaksiyaning boshlanishida dastlabki moddalar kontsentratsiyalari maksimal, reaksiya mahsulotlari kontsentratsiyalari juda kichik, shu sababli to’g’ri reaksiya tezligi, teskari reaksiya tezligidan ancha katta, ammo vaqt o’tishi bilan dastlabki moddalar kontsentratsiyalari C[A] va C[B] kamayib boradi, reaksiya mahsulotlari kontsentratsiyalari C[C] va C[D] ortib boradi. Kinetikaning asosiy qonuniga muvofiq to’g’ri va teskari reaksiya tezliklari kinetik tenglamasi quyidagicha ifodalanadi. Vto’gri=k1CAa *CBb (1) Vteskari= k2CCc *CDd (2) Ma’lum vaqtdan keyin to’g’ri va teskari reaksiyalar tezliklari tenglashadi: Vto’gri=Vteskari Download 213.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling