Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat arxiv uz
Download 213.33 Kb.
|
Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‛YXATI
Bosimning ta’siri: bosim va hajmning o’zgarishi faqat gazlar ishtirok etadigan reaksiyalar muvozanatiga ta’sir ko’rsatadi va bu sharoitda reaksiya hajmning o’zgarishiga olib keladi.
Agar dastlabki moddalar va reaksiya mahsulotlari molekulalari soni bir hil bo’lsa, hajm ham bir hil bo’ladi, bunday tizimlar muvozanatiga bosim ta’sir etmaydi. Agar molekulalar soni har hil bo’lsa, tizim bosimning o’zgarishi muvozanatning siljishiga ta’sir qiladi. Bosim ortganda tizim muvozanati gazsimon moddalarning molekulalari soni kamayishi bilan boradigan reaksiya tomoniga, bosim kamayganda esa, gazsimon moddalarning molekulalari sonini ortishi bilan boradigan reaksiy atomonga siljiydi. N2 + 3H2 ↔ 2NH3 1+3=4 mol 2mol bosim ortsa – NH3 hosil bo’lishi tomoniga (o’ngga), bosim kamayganda esa chapga siljiydi. Harorat o’zgarmas bo’lganda, gaz hajmi bosimga teskari proportsionaldir, bosim ortsa, gaz hajmi ham shunchalik kamayadi. P1 V2 = P2 V1 Demak, tizim hajmi o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalarda muvozanatni siljishini aniqlashda bosim ta’sirida qanday bo’lsa, shunday mulohaza qilinadi. Reaksiyaning chap va o’ng tomonida hajmlar bir hil bo’lsa, hajmning o’zgarishi muvozanatni siljishiga ta’sir ko’rsatmaydi. H2(g)+J2(g)↔ 2H J(g) chunki bunday tizimlarda molekulalar soni ham teng, bosim ham tengdir. Katalizatorlar to’g’ri reaksiyani ham, teskari reaksiyani ham bir hil darajada tezlatadi va shuning uchun muvozanatni siljitmaydiyu, biroq muvozanat qaror topishini tezlatadi. Katalizatorlarning vazifasi shundaki, ular tizimning faollanish energiyasini kamaytiradi, aktiv molekulalar sonini ko’paytiradi, natijada reaksiya tezligi ortadi, muvozanat qaror topishini tezlatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‛YXATIFrancis A. Carey. Organic chemistry, University of Virginia, fourth edition- 2012 (darslik) Anatol Malijevskґy.Physical chemistry inbrie., 2005(darslik) A. Abdusamatov “Organik kimyo” Toshkent – 2005(darslik) A. Abdusamatov, S. Zakirov, R. Ziyayev “Fizik va kolloid kimyo” Toshkent -2013. (darslik) Download 213.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling