Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat arxiv uz


Download 213.33 Kb.
bet1/5
Sana09.03.2023
Hajmi213.33 Kb.
#1255108
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat


Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat
Reja:


1. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi

2. Reaktstsiya tezligining turli omillarga bog’liqligi

3. Kataliz va katalizatorlar
4. Kimyoviy muvozanat

5. Kimyoviy muvozanatga ta’sir etuvchi omillar. Le-Shatel’ye printsipi



1. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi


Kimyoviy reaksiyalar tezligi va mexanizmi haqidagi ta’limot kimyoviy kinetikadir. Kimyoviy reaksiyalar har hil tezliklarda o’tishi hammamizga ma’lum. Ayrim reaksiyalar, yonish, neytrallanish, vodorodning xlorda yonishi kabi reaksiyalar tez boradi. Temirning zanglashi, rezinaning eskirishi, radioaktiv emirilishlar bilan boradigan reaksiyalar juda sekin boradi. Kinetikada reaksiya gomogen (bir jinsli) va geterogen (ko’p jinsli) reaksiyalarga bo’linadi. Agar reaksiyalar bir hil fazalarda gaz yoki eritmalarda borsa, bunday reaksiyalarga gomogen reaksiyalar deyiladi. Gaz+gaz va suyuqlik+suyuqlik gomogen reaksiyalardir.
Agar kimyoviy reaksiyalar har hil fazalarda qattiq moddalar, suyuqliklar yoki gazlar orasida borsa, bunday reaksiyalarga geterogen reaksiyalar deyiladi.
Gomogen reaksiyalar butun hajmda bir tekisda, geterogen reaksiyalar esa faqat fazalar bilan chegaralangan yuza sirtlarida sodir bo’ladi. Gomogen va geterogen reaksiyalarning tezliklari har hil omillarga turlicha bog’liq bo’ladi.
Kimyoviy reaksiya tezligi nima? U qanday aniqlanadi va o’lchanadi?
Vaqt birligi ichida reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasining o’zgarishiga reaksiyaning tezligi deyiladi.
3 t (vaqt-sek, min, soat, sutka, oy va yillarda ν = mol/sm ·vaq
ifodalanadi)
Gomogen reaksiyalarning tezligi hajm birligidagi vaqt birligida reaksiyaga kirishayotgan yoki reaksiya natijasida hosil bo’lgan modda miqdori bilan aniqlanadi:
(1)
bu erda ∆ν=ν21, modda miqdorining o’zgarishi, ν-reaksiya tezligi,
∆τ-vaqt oralig’i. Bundan
molyar kontsentratsiyaning o’zgarishi.
Demak, gomogen kimyoviy reaksiyalarning tezligini vaqt birligida dastlabki moddalar (-ishora) yoki reaksiya mahsulotlarining molyar kontsentratsiyalarini o’zgarishi (+ishora) asosida aniqlanadi.
(2)
2-chi tenglama har qanday gomogen reaksiya uchun umumiydir. Har qanday kimyoviy reaksiyaning tezligi hamma vaqt musbat (ν>0) bo’ladi.
Molyar kontsentratsiya molda, vaqt sekundda ifodalangani uchun gomogen reaksiya tezligi mol/l. sekund yoki mol/m3 sekundlarda ifodalanadi.
Reaksiya tezligini dastlabki moddalar kontsentratsiyalarini kamayishiga qarab yoki reaksiya mahsulotlarining ko’payishiga qarab topish mumkin.
Geterogen reaksiya tezligi –fazalar chegara sirti birligida reaksiyaga kirishgan yoki hosil bo’lgan moddalar miqdori bilan aniqlanadi:
(3) S - fazalar yuza sirti maydoni.
Geterogen kimyoviy reaksiyalar tezligi mol/m2·s da o’lchanadi.
Geterogen reaksiyalarning tezligini vaqt birligida faza chegara sirti birligida reaksiyaga kirishgan yoki reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalar miqdori bilan aniqlanadi.
Agar kimyoviy reaksiya tezligini dastlabki moddalarning birortasining kontsentratsiyasini yoki miqdorini o’zgarishiga qarab baholansa, u holda 1-3- formulalarda kasr oldiga minus ishorasi qo’yiladi. Chunki, bu holda bo’linuvchi manfiy qiymatga (ΔC<0 Δυ<0, chunki C21va υ21) ega bo’ladi, reaksiya tezligi musbat qiymatdir.
Esda tutish lozimki, modda kontsentratsiyasi hajmga bog’liq, shuning uchun 1-2-formulalar tizim hajmi doimiy bo’lgandagina haqiqiydir.
Kimyoviy reaksiyalarning qiymatlari o’zgaruvchan kattalik, shu sababli 1-3-formulalari bo’yicha aniqlangan tezlik kimyoviy reaksiyalarning o’rtacha qiymatidir.

2.Reaktstsiya tezligining turli omillarga bog’liqligi



Kimyoviy reaksiyalarning tezligi turli omillariga bog’liq bo’ladi:

Download 213.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling