Kimyoviy reaksiya turlari
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
122-128
- Bu sahifa navigatsiya:
- Almashinish reaksiyasi nima
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-9, Issue-2, May - 2022 125 Issiqlik (energiya) yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik (endo- ichkari) reaksiyalar deb ataladi. Bu reaksiyalarda issiqlik effekti «-» (minus) ishora bilan ko‘rsatiladi: N 2 + 0 2 = 2NO — 181 kJ; 30 2 = 20 3 — 289 kJ. Ushbu reaksiya turlaridan murakkablariga qisqacha to‘xtalib ketamiz. Almashinish reaksiyasi nima? Almashinish reaksiyasi, shuningdek, qo‘sh almashinish reaksiyasi yoki metatezis reaksiyasi – ikkita ion birikmaning o‘z qismlarini o‘zaro almashib yangi birikmalar hosil qilish. Amashinish reaksiyasining umumiy sxemasi quyidagicha ko‘riniga ega: A + B - +S + D - →A + D - +S + B - Shu reaksiyada kation yoki anionlar o‘zaro almashar ekan deb o‘ylashimiz mumkin, ammo ikkalasi ham almashmaydi, reaksiya so‘ngida siz boshlang‘ich moddalarga ega bo‘lasiz. Almashinish reaksiyasi uchun erituvchi odatda suv hisoblanadi, reagent va moddalar esa odatda ion birikmalar hisoblanadi, shuningdek, ular kislota yoki asos bo‘lishi ham mumkin. Almashinish reaksiyasiga misol: BaCl 2 (s.e)+Na 2 SO 4 (s.e)=BaSO 4 (q)+2NaCl(s.e) Bu misolda Ba 2+ va Na + kation, Cl - va SO 4 2- esa anion hisoblanadi.Agar biz anion yoki kationlarni almashtirsak, biz mahsulot sifatida BaSO 4 va 2NaCl ga ega bo‘lamiz. Misol: almashish reaksiyasini oldindan aytish va tenglashtirish Keling, bizga reaksiya mahsulotlari nomalum bo‘lgan misolni ko‘rib chiqamiz: H 2 SO 4 (s.e)+ Ba(OH) 2 (s.e) → Dastlab biz almashishi lozim bo‘lgan kation va anionlarni aniqlab olamiz. H + va Ba 2+ kationlar, SO 4 2- va OH - esa anion hisoblanadi.Anionlarning o‘zaro almashinish natijasida H 2 0 va BaSO 4 mahsulotlari hosil bo‘ladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling