Kimyoviy reaksiyalar borishining asosiy qonuniyatlari reja kimyoviy raeksiyalar Modda tarkibining doimiylik qonuniL


Download 43.92 Kb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi43.92 Kb.
#1621450
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 KIMYOVIY REAKSIYALAR BORISHINING ASOSIY QONUNIYATLARI

Ekvivalentlar qonuni
Ekvivalentlar qonuning moniyatini quyidagicha qisqacha ifodalash mumkin: agar ma’lum massalardagi ikki elementning har ikkalasi ham bir xil muayyan massa dagi uchinchi element bilan qoldiqsiz reaksiyaga kirishsa, unda ular o’zaro ta’sirlashganda ham qoldiqsiz reaksiyaga kirishadilar. Boshqacha aytganda elementlar bir-birlari bilan har qanday miqdorda emas, balki ma’lum (ekvivalent) massalarda birikadilar. Element bir og’irlik qism vodorod yoki 8 og’irlik qism kislorod bilan qoldiqsiz birikadigan yoki birikmalarda ularning o’rnini oladigan miqdori uning ekvivalenti deyiladi. elementning ekvivalentiga son jihatdan teng qilib gramm hisobida olingan miqdori gramm-ekvivalent deyiladi.
Ekvivalentlar qonunini moddaning atom tuzilishidan kelib chiqqan holda ham izohlash mumkin. Molekulalar tarkibini bilgan holda, masalan, HCl va NaCl holatida 1 mol atom vodorod 1,0079g massasi 1 mol atom Na ning 22,98977 g miqdoriga ekvivalentligini anglash qiyin emas. H2O va HCl holatida 1 mol atom vodorodga to’g’ri keladigan 7,999 g kislorod va 35,453 g xlor massalari ekvivalent massalari ekanligini ko’rish mumkin.
Kimyoviy birikmalarda elementlar ekvivalentlari o’zgaruvchan qiymatlarga ega bo’lishi ham mimkin; Bu holatda element ekvivalenti qanday kimyoviy birikma hosil bo’lishi va bunda kechadigan kimyoviy o’zgarish turiga bog’liq. Masalan elementlardan H2S hosil bo’lishida (H2 + S = H2S ) oltingugurtning ekvivalent massasi 16 g/mol, yani ekvivalenti ½ mol. SO2 hosil bo’lishida esa (S + O2 =SO2) uning ekvivalent massasi 8 g/mol, ekvivakenti ¼ molni tashkil qiladi. Bundan ko’rinib turibdiki element ekvivalenti yoki ekvivalent massasi to’g’risida elementning biror bir birikmasiga asoslanib xulosa chiqarish mumkin. Mantiqiy ravishda quyidagi qoidaviy xulosaga kelish mumkin: elementning ekvivalent massasi uning atomi molyar massasining birikmasidagi valentligiga nisbatiga teng.

Download 43.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling