Kimyoviy reaksiyalar borishining asosiy qonuniyatlari reja kimyoviy raeksiyalar Modda tarkibining doimiylik qonuniL


Kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo’lgan moddalarning massasiga hamma vaqt teng bo’ladi


Download 43.92 Kb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi43.92 Kb.
#1621450
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 KIMYOVIY REAKSIYALAR BORISHINING ASOSIY QONUNIYATLARI

Kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo’lgan moddalarning massasiga hamma vaqt teng bo’ladi.
Bu xulosa moddalar massasininig saqlanish qonuni deb yuritiladi. Bu qonun Lomonosov – Lavuaze qonuni deb ham ataladi.
Moddalar massasining saqlanish qonuninig kashf qilinishi: a) fanda aniq miqdoriy tajribalardan foydalanishga yo’l ochib berish bilan kimyo-ning fan sifatida rivojlanishiga imkon berdi; b) materiyaning abadiyligini, u yo’qdan bor bo’lmasligi va bordan yo’q bo’lmasligini ilmiy tarzda tushuntirib berdi; v) kimyoviy reaksiyalarning tenglamalari shu qonunga asoslanib to’g’ri yozilishini ta’minladi.
Bundan tashqari, modda massasining saqlanish qonuni tabiatda uchramaydigan moddalarni tabiy xom ashyolardan olishda ma’lum miqdor tayyor mahsulot olish uchun qancha xom ashyo (dastlabki moddalar) kerakligini reaksiya tenglamasi bo’yicha hisoblab topishga imkon beradi.
20 asr boshlarida massa saqlanish qonunini qayta ko’rib chiqishga to’g’ri keldi, chunki jism massasi uning tezligiga bog’liqligini e’tirof etadigan va materiyaning nafaqat miqdoroy balki harakatini ifodalaydigan nisbiylik nazariyasining kashf etilishi (A.Enshteyn, 1905 y.) bu qonunni noto’g’riligini ko’rsatardi. Jism tomonidan olingan energiya E- uning massasini m- oshishiga quyidagi nisbatda bog’liqdir E =m•c2, bunda c – yorug’li tezligi. Kimyoviy reaksiyalarda bu munosabat ishlatilmaydi, chunki 1 kdj energiya massaning ~10-11 g ga o’zgarishiga to’g’ri keladi va (m-) ni amaliy jihatdan o’lchab bo’lmaydi. yadro viy reaksiyalarda esa (E-) kimyoviy reaksiyalarga nisbatan ~106 marta katta, Shuning uchbun (m-) ni hisobga olish zarur
1 – masala. Sanoatda mis oksidiga (CuO) vodorod ta’sir ettirib 1,28g mis olindi. Shu reaksiyada necha mol mis oksidi ishtirok etgan?
Echish. a) reaksiya tenglamasi yoziladi:
CuO + H2 = Cu + H2O.
b) moddalar massasining saqlanish qonuniga asosan qancha mol mis oksiddan necha kg Cu olish mumkinligini aniqlanadi:
CuO + H2 = Cu + H2O.
1 mol 64 g (0,064kg)
v) 1 mol CuO dan ——— 0,064 kg Cu olinCa
x mol CuO dan ——— 1,28 kg Cu olinadi
x = 1,28 kg/0,064 kg = 20 mol yoki ν = m/M=1,28kg/0,064 kg = 20 mol.
Demak 1,28 kg Cu olinishi uchun 20 mol CuO reaksiyada ishtirok etishi zarur bo’ladi.
2 – masala. Don saqlanadigan omborxonani zararkunanda hasharotlardan tozalash uchun oltingugurt oksidi (SO2) dan foydalanish mumkin. SO2 (sulfit angidrid) odatda oltingugurtni yondirib olinadi. 8 mol oltingu-gurt yonganda qancha massa yoki mol silfit angidrid hosil bo’ladi?
Echish. a) reaksiya tenglamasi yoziladi:
S + O2 = SO2
b) tenglama bo’yicha SO2 massasi aniqlanadi.
S + O2 = SO2
1 mol --------- 64 g yoki 1 mol
8 mol --------- x g
1 mol S: 64 g(yoki 1 mol) SO2 = 8 mol S : x (x mol) SO2
x = 64∙8/1=512 g SO2 yoki ν=m/M=512/64=8 mol SO2
Demak 8 mol oltingugurt yonganda 512 g yoki 8 mol sulfit angidrid (SO2) hosil bo’ladi.

Download 43.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling