Kimyoviy reaksiyalar tezligi Reaksiya tezligiga konsentratsiyaning ta’siri
Download 37.95 Kb.
|
Kimyoviy kinetika.Kimyobiy reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy reaksiya tezligiga erituvchilarning ta’siri
- Kimyoviy reaksiyalar tezligi
Kimyoviy kinetika.Kimyobiy reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillar. Reja: Kimyoviy reaksiyalar tezligi Reaksiya tezligiga konsentratsiyaning ta’siri Kimyoviy reaksiya tezligiga haroratning ta’siri Kimyoviy reaksiya tezligiga erituvchilarning ta’siri Kimyoviy kinetika kimyoviy reaksiyalarning tezliklari haqidagi ta’limotlar. Kimyoviy jarayonlarni boshqaruvchi eng muhim faktorlar (modda tabiatidan tashqari) to’rtta. 1) Harorat; 2) bosim; 3) reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyalari; 4) katalizatorlar. Kimyoviy kinetika qonunlari ikki prinsipga asoslanadi. 1) Reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyalari ko’paytmasiga proporsional bo’ladi (massalar ta’siri qonuni). 2) Ketma-ket borayotgan bir necha jarayonning umumiy tezligi shular ichida eng sust boruvchi jarayon tezligi bilan o’lchanadi. Kimyoviy reaksiyalar tezligi Barcha reaksiyalar, avvalo ikki sinfga ya’ni gomogen va geterogen reaksiyalarga bo’linadi. Agar reaksiya birgina fazada (gaz muhitda yoki eritmada) sodir bo’lsa, uni gomogen reaksiya deyiladi. Agar reaksiya bir necha fazada borsa (masalan: gazlar bilan qattiq jismlar yoki suyuqliklar reaksiyaga kirishsa), bunga geterogen reaksiya deyiladi. Yana barcha reaksiyalarni ikki guruhga bo’lamiz: 1) qaytmas - oxirigacha boruvchi reaksiyalar; 2) qaytar - oxirigacha bormaydi, ma’lum kimyoviy muvozanatda bo’ladigan reaksiyalar. Qaytmas reaksiyaga misol 2KClO3- 2KCl + 3O2 Ba’zi reaksiyalar juda tez boradi. BaCl2 + Na2SO4 = BaSO4↓ +2NaCl Ba’zi reaksiyalar (yer bag’rida boruvchilari) million yillar davom etadi. Qaytar reaksiyalar esa, ma’lum holatga qadar davom etadi, so’ngra reaksiya olib borilayotgan idishda bir vaqtning o’zida aralashgan holatda bo’ladi. Masalan: yuqori haroratda (1200°Cda) 1 mol CO2 bilan 1 mol H2 ni aralashtirsak, 0,6 mol CO va 0,6 H2O hosil bo’lgandan keyin reaksiya kimyoviy muvozanat holiga keladi. CO2 + H2 = H2O + CO Kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyalarining vaqt birligi ichida o’zgarishi bilan o’lchanadi. Agar modda konsentratsiyasi cheksiz qisqa vaqt ichida d+ o’zgargan kichik miqdori dc bo’lsa, reaksiyaning haqiqiy tezligi hosila bilan ifodalanadi. Agar moddaning konsentratsiyasi t1 dan t2 ga qadar o’tgan ma’lum vaqt ichida C1 dan C2 ga qadar o’zgarsa, reaksiyaning o’rtacha tezligi bo’ladi. Download 37.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling