Kimyoviy termodinamika
Download 380.72 Kb.
|
3.Amaliy mashgulot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi tartibli reaksiyalar.
- Dastlabki modda x
Reaksiya tartibi
O’zgarmas haroratda reaksiyaning kinetik tenglamasini chiqarish uchun reaksiyada ishtirok etayotgan moddalardan birortasining konsentratsiyasi vaqtga bog‘liqligini o‘rganish kerak. Buning uchun (VII.2) tenglamasidan foydalanamiz. Agarda (VII.2) tenglamani integrallasak konsentratsiya bilan vaqt o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik kelib chiqadi. Olingan natijalarni amaliy yo‘l bilan aniqlangan konsentratsiyaning (Si) vaqtga bog‘liqlik egrilari bilan taqqoslash orqali reaksiya tartibi aniqlanadi. Birinchi tartibli reaksiyalar. Bunday reaksiyalarga radioaktiv parchalanish, izomerlanish, moddalarning gaz fazasida parchalanishi va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Sxematik ravishda quyidagi reaksiya tenglamasini olaylik: A → L + ...... (VII.2.) tenglamadagi moddalar konsentratsiyasi o‘rniga ularning mollar sonidan foydalanaylik. Reaksiya boshlanmasdan avval V hajmda (t=0) A moddaning mollar soni a ga teng desak, t vaqt o‘tgandan so‘nggi mollar soni x ga teng. A moddaning t vaqtdagi miqdori (a-x) molga teng bo‘ladi, natijada, va bo‘ladi, bunda va S lar dastlabki moddaning boshlang‘ich va t vaqtdagi konsentratsiyalari. Olingan natijalarni (VII.2) bilan taqqoslasak,
kelib chiqadi. Monomolekulyar reaksiyalarda reaksiyadan so‘ng olingan moddaning miqdori dastlabki modda hajmiga bog‘liq bo‘lmaganligi sababli, yuqoridagi tenglamaga hajm kiritilgan emas. Agarda (VII.3) ni quyidagicha yozsak (VII.4) va uni 0 dan x va 0 dan t oraliqlarida integrallasak lna –ln(a-x) = ln = k1t (VII.5) hosil bo‘ladi. (VII.5) dan birinchi tartibli reaksiya tezligi doimiysi k1 ni topish mumkin: (VII.6) Reaksiya tezligi doimiysining o‘lchov birligi k1 = s1-n t-1 dan n=1 bo‘lganda k1 = t-1 bo‘ladi. Shuning uchun birinchi tartibli reaksiya tezlik doimiysi konsentratsiyani ifodalash o‘lchov birligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Agarda reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyasining o‘zgarishini x1 bilan, hosil bo‘layotgan moddalar konsentratsiyasining o‘zgarishini x2 bilan
Bu vaqt reaksiya uchun olingan modda miqdorining yarmi sarflangan vaqt bilan o‘lchanadi. Shunga muvofiq, (VII.6) tenglamadan x = t = t½ ekanligini hisobga olsak t½= (VII.7) bo‘ladi va ko‘rinib turibdiki, reaksiyaning yarim yemirilish vaqti faqat muvozanat doimiysiga bog‘liq bo‘lib, reaksiya uchun olingan moddaning boshlang‘ich konsentratsiyasiga bog‘liq emas ekan. Birinchi tartibli reaksiyalarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Atsetoxloranilinni paraxloratsetoanilidga izomerlanish reaksiyasi Ikkimetil efirining parchalanishi Ch3-O-Ch3Ch4+H2+CO Murakkab efirning suyultirilgan eritmadagi gidrolizi Ch3SOOS2N5+H2OCN3SOON+ S2N5ON Bu reaksiyada suvning miqdori ko‘p bo‘lganligi sababli, uning konsentratsiyasi o‘zgarmay qoladi deb hisoblanadi. Shuning uchun ham, bu kabi reaksiyalarni “psevdomonomolekulyar” reaksiyalar, deb ataladi. Download 380.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling