Kimyoviy texhnologiyal
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Quryazov TJA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fanidan TARQATMA MATERIALLAR Reja
- Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari
- TJ ABS funksiyasi, strukturasi va klassifikasiyasi.
- TJ ABS ni klassifikasiyasi.
- Bir konturli va ko’p konturli ABS
- Kaskadli rostlash sistemalari.
7 jadval
Ij
tuvc h i quri lm a turi
S H ar tli o `tk
az ish
xus
us iya
ti
G id ra v lik q ar sh ilik
k o ef fitsie
n tin
i pa trub ka
K av ita tsiy a soni S H ar tli
o `tis
h d iam et ri
S H ar tli b o sim
Detal materiali Temperatura chegarasi Ijro
etuvchi qurilma
UKS PKS
UKN 0,1
0,16 0,25
204 79
32 250
90 40
6
64 va 160
UKS, PKS
uchun uglerodli G’ilofli 350 0 S gacha g’ilofsiz 200 Bir o`rindiqli; UKS, 52
PKN 0,4
0,63 1,0
1,6 2,5
496 200
79 238
98 700
240 90
280 110
15 25
po`lat: UKN,
PKN uchun
po`lat X18H9
0 S gacha
UKN- burchakli; PKS, PKN-
o`tuvchi KVP-s
KVP-N 0,25
0,4 0,63
1,0 0,25
0,4 0,63
250 98
39 16
1270 497
200 300
110 42
17 1500
700 240
10
KVP-s
uglerodli po`lat
200 0 S gacha Bir
o`rindiqli; burchakli KVP-s KVP-N
1,0 1,6
2,5 1,6
2,5 4,0
6,3 79
31 13
238 97,5
420 16
90 34
14 280
110
15
25 320
320 KVP-N
X18N10T po`lat uchun KVP-s uglerodli po`lat KVP-N
X18N10T po`lat uchun
200
0 S gacha Bir o`rindiqli; burchakli UKP
0,4 0,63
1,0 1,6
2,5 497
200 79,2
97,8 40,1
700 240
90 110
16 15
20
10 Po`lat eI629 va eI943 60
0 S gacha
Bir o`rindiqli; burchakli MKCH 4,0 6,3 10,0
38,1 15,4
6,1 41
39 10
25 16
chugun -10
dan +200
0 S gacha Ikki o`rindiqli MKS MKRS
MKBS MKN
MKM MKRN
MKRM 16
25 40
63 100
160 250
400 38,2
15,7 6,12
16,2 6,46
6,15 6,12
4,96 110
40 10
18 10
10 10
9
50 80
100
125 150
MKS, MKRS
va MKBS
uchun 64,
MKBS uchun
40, MKN,
MKM, MKRN
MKS, MKRS va
MKBS uchun
uglerodoi po`lat, MKN, MKRN uchun po`lat X18N9T MKM, MKRM uchun po`lat X17N13METL MKS-30 dan +200 0 S MKRS-200 dan +420 0 S MKBS-30 dan +300 0 S
MKM-30 dan +200 0 S
MKRM-200 dan +420 0 S
o`rindiqli 53
va MKRM
uchun 40
gacha TA-4
TA-S TA-N
TA-M TB-S
TB-N TB-M
200 500
800 2000
3200 5000
8000 1000
12500 20000
3,9 3,16
3,9 3,16
3,9 3,9
3,16 3,76
3,36 3,9
- - - - - - - - - - 100
150 200
300 400
500 600
700 800
1000 25
10
6 TA-4 chugun, TA-S va TB-S uglerodli po`lat 25 L, TA-N va TB-N po`lat X18N9TL, TA-M va TB- M po`lat X17N13METL TA
uchun 10 dan 200 0 S gacha, TB uchun
200 dan 420 0 S gacha Diskli
54
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fanidan TARQATMA MATERIALLAR Reja: 1. Avtomatik rostlash sistemalari. 2. Asosiy tushuncha va qoidalar. 3. Avtomatik rostlash sistemasining strukturasi. 4. Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari (TJABS), funksiyasi, strukturasi va turlari. 5. Boshqarish, kontrol va rostlash to’g’risida umumiy tushunchalar. 6. Ishlab chiqarish jarayoni va uni boshqarish davrlari. 7. Avtomatik boshqarish nazariyasining asosiy tushunchalari.
Respublikamizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda ishlab chiqarish unumdorligining tez va to’xtovsiz o’sishi asosiy hal qiluvchi o’rin egallaydi. Bunday o’sishning bosh omillaridan biri ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hamda to’liq mexanizasiyalashtirish bo’lib, bu bugungi kunda davlatimiz iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishidir. To’liq mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish deganda shunday ishlab chiqarish jarayoni tushuniladiki, unda barcha operasiyalar mashina va mexanizmlar yordamida bajarilib, ularni boshqarish esa, odamning bevosita ishtirokisiz ishlaydigan maxsus qurilmalar – avtomatlar zimmasiga yuklanadi. Agar ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish jismoniy mehnatni engillashtirsa, avtomatlashtirish esa ishchini mashina va mexanizmlarni boshqarishdan ozod qiladi. Shu bilan bir qatorda avtomatlashtirish bevosita mehnat unumdorligini va mahsulot sifatini, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish madaniyatini oshishiga olib keladi. Ammo avtomatlashtirish vositalarining narxi, ularni sozlash va rostlash uchun sarflanadigan harajatlar ko’p hollarda deyarli yuqori bo’ladi. SHuning uchun ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish faqat
55
iqtisodiy barqaror sharoitlarda hamda odamlarni og’ir va zaharli mehnatdan ozod qilish maqsadlarida qo’llanilishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bu barcha qo’l bilan bajariladigan ishlarni mexanizasiyalashtirish hisoblanib, shuningdek nazorat o’lchov asboblarini keng qo’llash demakdir. Sanoatning barcha tarmoqlari ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat o’lchov asboblari bilan ta’minlash, texnologik jarayonlarni borishi to’g’risida o’z vaqtida informasiya olishga, o’z vaqtida ularga o’zgartirishlar kiritish hamda olinadigan natijalarni yaxshilashga imkon yaratadi. Ishlab chiqarish jarayonlarining ish unumdorligi va mahsulot sifatini oshirish yo’llaridan biri elektron hisoblash mashinalari, robot va komp’yuter texnikasi bilan jihozlangan ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdir. Xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlarida, jumladan oziq-ovqat hamda kimyo sanoatida alohida mashina, agregat mexanizmlarni avtomatlashtirishdan sex, texnologik bo’lim va zavodlarni to’liq avtomatlashtirishga o’tilayapti. Natijada texnologik jarayonlarning boshqarishni avtomatlashtirilgan sistemalari (TJABS), korxonalarning boshqarishni avtomatlashtirilgan sistemalari (KABS) hamda to’liq tarmoqlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari (TTBAS) yaratilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda odam qo’l mehnatini maxsus avtomatik qurilmalar ishi bilan almashtirish jarayoniga avtomatlashtirish deb ataladi.
Avtomatik rostlash sistemasining strukturasi
Har bir texnologik jarayon texnologik kattaliklar deb ataladigan o’zgaruvchan fizik va kimyoviy kattaliklar (bosim, temperatura, namlik, konsentratsiya va hokazolar) bilan xarakterlanadi. Quyidagi sxema bo’yicha avtomatik rostlash sistemasi elementlarini ko’rib o’tamiz.
56
16-rasm. Avtomatik rostlash sistemasining bir konturli berk funsional sxemasi.
Qiymatini stabillash yoki bir tekisda o’zgarishini ta’minlash zarur bo’lgan kattalikka rostlanuvchi kattalik deb ataladi. Rostlanuvchi kattalikning qiymatini stabillash yoki ma’lum qonun bo’yicha o’zgarishini ta’minlaydigan asbob avtomatik rostlagich deb ataladi. Rostlanuvchi kattalikning ayni paytda o’lchangan qiymati rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati Xx deyiladi.
Rostlanuvchi kattalikninig texnologik reglament bo’yicha ayni vaqtda doimiy saqlanishi shart bo’lgan qiymati rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati Xb deyiladi. Texnologik reglament rostlanuvchi kattalikning hozirgi va berilgan qiymatlarini vaqtning xar bir onida teng bo’lishini talab qiladi.
X=Xb – Xx rostlanayotgan kattalikning berilgan qiymatdan chetga chiqishi yoki xato deb ataladi. Amalda ko’pincha xom ashyoning sarfi va tarkibi, apparatlardagi temperatura, bosim va boshqa turli kattaliklarning o’zgarishi kuzatiladi. Texnologik jarayonning maqsadga muvofiq ravishda, oqib o’tishiga teskari ta’sir ko’rsatuvchi hamda sistemalardagi moddiy va energetik balansni buzuvchi o’zgaruvchilar g’alayonlanuvchi ta’sirlar deb ataladi.
Har bir boshqarish sistemasida kirish va chiqish kattaliklari bo’ladi. Kirish kattaliklarga xom ashyoning boshlang’ich holatini xarakterlovchi o’zgaruvchi hamda vaqt o’tishi bilan o’zgaradigan uskuna kattaliklari, texnologik jarayonning oqib 57
o’tishini aniqlovchi o’zgaruvchilar kiradi. Kirish kattaliklari rostlanadigan va rostlanmaydigan bo’lishi mumkin.
Chiqish kattaliklariga chiqariladigan mahsulot sifatini (kimyoviy tarkib, zichlik va boshqalar) xarakterlovchi ko’rsatkichlar, shuningdek, hisoblash yo’li bilan aniqlanadigan texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar kiradi.
Moddiy va energetik balansga rioya qiladigan mashina yoki apparat rostlanuvchi ob’ekt deyiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish ikki turdagi avtomatik sistemalarni rivojlanishi bilan bog’liq. Birinchi turdagi sistemada agregat, texnologik maydon, sex yoki butun ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtiriladi. Ikkinchi turdagi avtomatlashtirish sistemasi esa tashkiliy-iqtisodiy jarayonlar yoki ishlab chiqarish birlashmalari hamda tarmoqlari respublika miqyosidagi jarayonlarni boshqarish bilan bog’liq. Birinchi tur avtomatlashtirish sistemalari TJ ABSlari yaratilgandan so’ng lokal avtomatlashtirish sistemalari deb yuritila boshladi. Texnologik jarayonlarni lokal avtomatik boshqarish sistemasiga quyidagilar kiradi: kontrol, rostlash, stabillash, programmali boshqarish, signallash, blokirovka, texnologik agregatlarni avariyadan himoyalash sistemalari. Avtomatik boshqarish sistemalari quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Bir chiziqli avtomatik rostlash; 2. Kaskadli va programmali rostlash; 3. Ko’p bog’liqli avtomatik rostlash; 4. Logik boshqarish (blokirovka); 5. Agregat texnologik maydon va boshqa podsistemalarni o’zaro bog’liq sistemalarni munosabatda ishlashini boshqarish; 6. Statik optimal boshqarish; 7. Dinamik optimal boshqarish;
58
8. Avtomatik programmali logik boshqarish; 9. Sistemaning algoritm va kattaliklarini o’zgartirish bilan avtomatik boshqarish;
TJ ABS informasion, boshqaruvchi va yordamchi funksiyalarga bo’linadi. Texnologik boshqarish sistemasi - holati to’g’risidagi informasion to’plash, qayta ishlash va saqlash, hamda bu informasiyani operativ personalga yoki keyingi qayta ishlashga uzatish TJ ABSsini informatsion funksiyasi deb ataladi. (Masalan, operator chaqirig’i bo’yicha asosiy texnologik kattaliklarni o’lchash, qayd qilish, ularni berilgan qiymatlardan o’zgarishini aniqlash, avariya holatlarini signallash). TJ ABS boshqarish funksiyasi - bu TBO ga yo’naltirilgan boshqaruvchi ta’sirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Bularga texnologik reglament bo’yicha jarayon kattaliklari qiymatini stabillash, jarayon rejimini programmali o’zgartirish, optimal boshqarish, signallash va boshqalar kiradi. Sistema ichidagi masalalar yechimini ta’minlaydigan funksiyalarga TJ ABSni yordamchi funksiyasi deyiladi. (Masalan, berilgan algoritmni ta’minlash, texnik qurilmalar ishini tekshirish, informasiyalarni saqlash va hokazo). Odamni avtomatlashtirishda qatnashishiga ko’ra, TJ ABS ning quyidagi turlari mavjud:
1. Qo’l bilan boshqarish rejimidagi ABS. Qo’l bilan boshqariladigan TJ ABSda texnik va texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlarning o’zgarishlari to’g’risida informasiyani texnik qurilmalar sistemasi to’plab, qayta ishlaydi. Boshqaruvchi ta’sirni esa odam ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
59
17-rasm. Qo’l bilan boshqariladigan avtomatlashtirilgan sistema.
2. “Maslahatchi” rejimidagi ABS “Maslahatchi” rejimida ishlaydigan TJ ABS da texnik qurilmalar kompleksi kelib tushadigan informasiyalarni analiz qilish natijasida optimal boshqarish to’g’risida takliflarni (maslahat) ishlab chiqadi uni esa operator-texnolog amalga oshiradi. 3. Boshqarishni “supervizor” avtomatik rejim
60
Boshqarishni “Supervizor” avtomatik rejimda ishlaydigan sistemada (4-rasm) texnik qurilma kompleksi (TKQ) avtomatik ravishda rostlagichning (R²) tuzatish
koeffisientlarini TBO da kechayotgan texnologik jarayonning optimal qiymatlarini ta’minlaydigan chegaralarini aniqlaydi. Universal hisoblash mashinasi (U²M) ga TBO to’g’risidagi hamma ma’lumotlar to’planib berilgan algoritm asosida rostlanayotgan kattalik berilgan qiymatni hisoblab, rostlash qurilmasi R² ga beradi. R² ga rostlanayotgan kattalikning hozirgi qiymati ham berilib, ular o’rtasidagi farq ( ∆X) aniqlanadi. Rostlagich ∆Xni yo’qotishga yo’naltirilgan rostlovchi ta’sirni ishlab chiqib ijro etuvchi mexanizm IM ga uzatadi. U esa o’z navbatida rostlovchi organ RO ni harakatlantirib, bevosita TBO ga ta’sir etadi.
61
20-rasm. Bevosita sonli avtomatik boshqarish rejimi. Bevosita sonli avtomatik boshqarish sistemasida (5-rasm) TKQ bevosita ijro etuvchi mexanizmga ta’sir etib, rostlovchi qurilmani sxemadan chetlashtiradi. Bu erda UXM ga TBO jarayonining texnologik kattaliklari va rostlanayotgan kattaliklari to’g’risidagi informasiyalar beriladi. U²M ga o’z nabatida berilgan algoritm asosida boshqaruvchi ta’sirni ishlab chiqib bevosita ijro etuvchi mexanizm IM ga ta’sir etadi.
1. Tashkiliy ishlab chiqarish ierarxiyasida egallaydigan o’rniga ko’ra TJABS quyi, yuqori va ko’p etapli sistemalarga bo’linadi. 2. Boshqariladigan texnologik jarayonni xarakteriga ko’ra uzluksiz, uzluksiz- diskret va diskret jarayonlarni ABS lariga bo’linadi.
62
3. TJ ABS informasion quvvatiga ko’ra quyidagicha klassifikasiyalanadi: TJ ABS
O’lchanayotgan va rostlanayotgan kattaliklar soni Min
Max 1. kichik 10 40
2. kuchsizlantirilgan 41
160 3. o’rta 161 650
4. kuchaytirilgan 651
2500 5. katta 2501 CHegarasiz Bir konturli va ko’p konturli ABS Bir konturli ABS bitta rostlanadigan kattalikni avtomatik rostlash uchun ishlatilib, bitta teskari bog’lanishga ega bo’ladi. Ko’p konturli ABSda sistema zvenolarini statik va dinamik xossalarini yaxshilash uchun ular mahalliy teskari bog’lanishlar bilan ta’minlagan bo’lib, bitta rostlagich bir necha rostlovchi organlarni boshqaradi. Bog’liqli rostlash sistemalari deb avtomatik rostlagichlari o’rtasida bir-biri bilan bog’liqlik mavjud bo’lgan sistemalarga aytiladi. Bog’liqmas rostlash sistemalarida esa ob’ektda o’rnatilgan rostlagichlar o’rtasida tashqi bog’liqlik mavjud bo’lmasdan, ular bir-biri bilan ob’ekt orqali bog’lanadi.
R1, R2 – rostlagichlar; 01, 02 - ob’ektlar 63
Kaskadli rostlash sistemalari.
22-rasm. Kaskadli rostlash sistemasini struktura sxemasi Kaskadli rostlash qo’shimcha impul’s yordamida rostlash sifatini yaxshilash uchun tashkil qilinadi.
kattaliklari sharoitida rostlanuvchi kattalikni optimal qiymatini stabillab turadi.
ko’rsatuvchi avtomatik rostlagichga keladi. I.Topshiriqni turiga ko’ra oddiy ARS lari stabillovchi, programmali va kuzatuvchi turlariga bo’linadi.
Stabillovchi avtomatik rostlash sistemasida rostlanayotgan kattalikning qiymati berilgan qiymatda o’zgarishsiz saqlab turiladi.
Misol tariqasida qarama-qarshi oqim g’ilofli issiqlik almashtirish apparatidagi temperaturani rostlash sistemasini ko’ramiz (8-rasm). 64
23-rasm. Stabillashgan ARS ning prinsipial sxemasi
Chiqishdagi temperatura issiqlik agentining sarfini o’zgartirish orqali rostlanadi. ARS bu erda chiqish mahsulotining temperaturasini o’lchaydigan issiqlik datchigi 1 dan, rostlagich 2 dan, rostlovchi mexanizm 3 va ob’ekt 4 dan iborat. Sezgir elementdan temperaturaning o’zgarishiga to’g’ri keladigan signal va topshiriq beruvchidan berilgan temperaturani qiymatiga to’g’ri keladigan signal avtomatik rostlagichga beriladi. Rostlagich rostlanayotgan kattalikning berilgan qiymatdan chetga chiqishiga mos rostlovchi ta’sir ishlab chiqadi va issiqlik agenti trubasida o’rnatilgan rostlovchi klapanga beradi. Rostlovchi klapan chiqish temperaturasi berilgan qiymatga etgunga qadar harakatlanadi.
Ikkinchi misol tariqasida reseverdagi havo bosimining ARS ni ko’ramiz (9- rasm).
65
24-rasm. Stabillashgan ARSning prinsipial sxemasi Bu sistemada rostlashning vazifasi reseverdagi havoning bosimini
o’zgarmasdan saqlashdan iborat Truba 3 va to’siq 2 orqali havo kompressordan resevergacha tushadi. Reseverdan esa truba 9 va rostlovchi organ 10 orqali kerakli joyga yuboriladi. Reseverdagi havoning bosimi rostlanayotgan kattalik bo’lib hisoblanadi. o’lchovchi asbob bosimni harakatga aylantiradigan sil’fonli o’zgartgich 7 va R2 potensiometrdan tuzilgan. Reseverdan havo impul’sli truba 8 orqali sil’fonli quticha 7 ga tushadi va sil’fon 6 ga ta’sir qiladi. SHtok 4 orqali potensiometr R2 ni harakatlanatiradi. Potensiometrlar R2 (datchikni) va R1 (zadatchikni) ko’prik
sxemasi bo’yicha ulangan. Ko’prikni ulovchi diogonaliga qutbli releni chulg’ami ulangan. Ko’prik sxema taqqoslash elementi vazifasini bajaradi. Agar bosimni berilgan va hozirgi qiymatlari bir-biriga teng bo’lsa, potensiometrlarni surgichlari R1 va R2 bir xil holatni egallaydi. Bu vaqtda qutbli releni yakori o’rta holatda bo’ladi va elektr dvigatel’ harakatlanmasdan turadi.
Agar resseverdagi bosim o’zgarsa, sil’fonli datchik R2 potensiometrning surgich holatini o’zgartiradi va ko’prikda kuchlanishlar farqi hosil bo’ladi. Natijada ijro etuvchi mexanizmning elektr dvigateli to’siqni harakatlantirib havoning kelishini to muvozanat holat hosil bo’lgunga qadar o’zgartiradi. Muvozanat holat hosil bo’lganda, R1 va R2 potensiometrdan kelayotgan kuchlanishlar farqi nolga teng bo’ladi.
66
Programmali ARS rostlanayotgan kattalikning qiymatini oldindan berilgan vaqt bo’yicha programma asosida o’zgartiradi.
Ko’pgina ishlab chiqarish jarayonlari davriy apparatlarda olib boriladi. Bu apparatlarda kerakli komponentlar solinib, keyin aralashtirgich ishlatiladi. SHundan so’ng massa sovitiladi yoki isitiladi va ma’lum vaqtga qadar ushlab turiladi. Keyin tayyor mahsulot olinadi. Bu sistemada oddiy zadatchikni o’rniga programmali zadatchik qo’llaniladi. Rostlanayotgan kattalikning berilgan qiymatini programma asosida o’gartiradigan qurilmaga programmali zadatchik deb ataladi. Temperaturani avtomatik rostlash sistemasi (10-rasm) datchik 1, rostlagich 2, programmali TB 3 va issiqlik agenti yo’lida o’rnatilgan rostlovchi mexanizm 4 dan tuzilgan.
25-rasm. Programmali ARS ning struktura sxemasi
Avtomatik rostlagichga temperaturani hozirgi vaqtdagi qiymati va
programmali zadatchikdan vaqt bo’yicha berilgan qiymatiga mos signallar beriladi. Agar bu ikki signalni ayirmasi nolga teng bo’lsa, g’ilofga beriladigan issiqlik miqdori chiqayotgan mahsulotning temperaturasini kamaytirish yoki kuchaytirishga yo’nalgan buladi.
Shampan vinosi ishlab chiqaradigan korxonada qo’llaniladigan akrotofor (rezervuar)dagi karbonat angidrid gazining bosimini programmali ARS ini ko’rib chiqamiz (11-rasm). 67
26-rasm. Havo bosimini programmali ARS. a)-prinsipial sxema, b)-havo bosimini vaqt bo’yicha o’zgarishi
achitqich va shakar bilan birga yuzasida ozgina joy qoldirib to’ldiriladi, hamda qopqog’i mahkam bekitiladi. Achitish jarayoni yaxshi borishi uchun akrotoforni g’ilofi 2 orqali issiq rassol yuborib isitiladi. Vinoda mikrobiologik jarayon boshlanib, spirt bilan karbonat angidrid hosil bo’ladi. Natijada akrotoforda bosim oshadi. Eksperimental tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, sifatli shampan vinosi olish uchun 25 sutka davomida akrotoforda bosim 0 dan 490 kPa gacha o’zgarishi kerak. Jarayon tugashi bilan tayyor shampan vinosi truba 3 orqali chiqariladi.
Achitish jarayonining intensivligini boshqarish sovuq rassol bilan olib boriladi. Sovuq rassol muzlatish mashinasidan achitish jarayoni boshlanishi bilan truba 14 orqali beriladi va truba 4 orqali mashinaga qaytariladi. Truba 10 orqali bosimni o’zgarishi olinib membranali difmanometr 7 ning yuqori qismiga yuboriladi. Difmanometrning membranasi to’siq 8 bilan bog’langan. To’siq harakatlanib, drossel’ 12 orqali kelayotgan havoning sarfini o’zgartiradi. Pnevmatik ijro etuvchi mexanizm 13 akrotoforni g’ilofiga beriladigan sovuq rassol yo’lida o’rnatilgan.
Difmanometr quyi qismi balon 6 bilan bog’langan. U esa o’z navbatida tomchisimon nasos 5 orqali yog’ beradi, natijada ballondagi bosim sekin asta 68
ko’payadi. Difmanometrning yuqori va pastgi qismidagi kuchlar bir xil bo’lsa membrana va to’siq muvozanatda turadi.
Agar akrotofordagi bosim berilgan qiymatdan oshsa, membrana to’siq 8 suradi va soplo 9 orqali o’tayotgan havoning sarfi ko’payadi. IM 13 membranasiga ta’sir qiladigan bosim kamayib, rassolning sarfi ko’payadi, natijada achitish jarayoni sekinlashadi. Shunday qilib, tomchisimon nasosni ish rejimini o’zgartirib, jarayonga berilayotgan programma o’zgartiriladi.
prinsipial sxemasi Kuzatuvchi sistemalarda esa rostlanayotgan kattalikni berilgan qiymati oldindan ma’lum bo’lmaydi. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda kuzatuvchi sistemalar ikki oqim muvofiqligini avtomatik rostlashda ishlatiladi.
Misol tariqasida reaksion apparatga tushadigan oqimlar muvofiqligining rostlashni ko’ramiz (12-rasm).
Bu erda avtomatik rostlashni vazifasi ikkinchi oqim sarfini birinchi oqim bilan muayyan muvofiqlikda saqlab turishdan iborat.
Birinchi oqimni sarfi oldindan bir xilda o’zgarmaydi va uni sarfi sistemaga bog’liq kattalik emas. Birinchi oqim sarf sezgir elementi 1 dan keladigan signal avtomatik rostlagich 3 ni topshiriq berish blokiga beriladi. Rostlagichga esa ikkinchi oqim sarf sezgir elementi 2 dan rostlanayotgan kattalik o’zgarganligi to’g’risida ham signal keladi. 69
Rostlagich hosil qilgan rostlovchi ta’sir ikkinchi oqim yo’lida qo’yilgan rostlovchi organni shunday harakatlantiradiki, natijada ikkinchi oqimning sarfi birinchi oqimni sarfiga muvofiq kelsin.
Kuzatuvchi ARSga pishirish pechlarning isitish sistemalariga keladigan havo va gaz sarflarini ARS ni ham misol qilib keltirish mumkin (13-rasm).
Yoqish maydonchasiga gaz va havo truboprovodlar 2 va 10 orqali keladi. Ularda havo va gaz sarfini sezish uchun toraytirish qurilmalari 3 va 12 o’rnatilgan. Toraytirish qurilmalarida havo va gazning sarfiga mos hosil bo’lgan bosimlar farqi impul’s trubkalar 4 orqali difmanometrlarga 7, 14 yuboriladi. Difmanometr 1 gazning sarf sezgich elementi ARS da esa topshiriq beruvchi bo’lib hisoblanadi. Sezgir element va topshirik bergich membranalarida hosil bo’lgan kuchlar 15 va 17 ignalar orqali trubka 16 ga uzatiladi. Bu trubka taqqoslash va boshqarish elementi vazifasini bajarib, sharnirlarda aylanadi. Unga sharnirlardan biri orqali bosim ostida yog’ o’tadi. Yog’ning oqimi soplodan o’tib trubkaning erkin joyiga intiladi. Trubka soplosiga qarshi ikkita teshikcha joylashgan va ular porshenli ijro etuvchi mexanizmning trubka 5 lari bilan bog’langan. Qabul qiluvchi soplolarga yog’ning kelishi keskin kamayib, bosim o’rnatiladi. Agar trubka 6 ning soplolari qabul qiluvchi soplolar o’rtasida joylashgan bo’lsa, unda R1 va R2 bosimlar bir xil bo’ladi, ijro etuvchi mexanizm porsheniga ta’sir etuvchi kuch nolga teng. Soploning o’rta holatidan o’zgarishi qabul qiluvchi soplolarining birida bosim oshib, 70
ikkinchisida kamayishiga olib keladi. R1-R2 ning ishorasi trubka 6 soplosining qaysi tomoniga og’ishiga bog’liq. Porshen’ shtok 8 va 9 yordamida havo beriladigan yo’lida o’rnatilgan rostlovchi organ bilan bog’langan. Agar gazning sarfi G g biron bir sabab bilan oshsa, difmanometr 7 ning membranasi trubka 6 ning o’rta holatidan o’nga suradi, R2 bosim oshib R1 bosim kamayadi. Porshen’ 7 chapga surilib, havo yo’lidagi organ 11 ni ochadi. ²avo sarfi G v oshishi natijasida toraytirish qurilmasi 12 xamda difmanometr 14 da bosimlar farqi oshib, trubka 6 ni chapga suradi. ARS da o’tish jarayoni porshen 7 trubka 6 ning o’rta holatiga o’tganda tugaydi. G g / G
x ning
berilgan muvofiqligi toraytirish qurilmasi o’lchamlarini tanlash orqali ta’minlanadi. Vint 13 prujina 6 ni dastlabki holatga keltirish uchun xizmat kiladi.
II. ARS - rostlash prinsipi asosida kuyidagi turlarga bo’linadi: 1. G’alayonlanishlar prinsipi buyicha ARS. 2. Chetga chiqishlar prinsipi bo’yicha ARS. 3. Kombinasiyalashgan prinsip buyicha ARS. 1. Chetga chiqishlar bo’yicha rostlash prinsipi. Bu prinsip bo’yicha rostlashda avtomatik rostlagichning rostlovchi ta’siri rostlanayotgan kattalik berilgan qiymatdan chetga chiqqan taqdirda hosil bo’ladi. Bu prinsipni amalga oshiruvchi ARS berk sistemadir (14,a-rasm) chunki rostlanuvchi ob’ektning chiqishidagi signal tengsizligini qayta ishlab, ob’ektning kirishiga ta’sir 71
29-rasm. a) chetga chiqishlar prinsipi bo’yicha ARSning sxemasi; b) g’alayonlanish prinsipi bo’yicha ARSning sxemasi; v) kombinasiyalashgan prinsip bo’yicha ARSning sxemasi. Chetga chiqishlar prinsipi bo’yicha ishlaydigan ARS ga misol tariqasida yog’ zavodlarida ishlatiladigan yakuniy distillyatorda yog’ni konsentrasiyasini rostlash sistemasi (15, a-rasm) ishini ko’rib chiqamiz. Yakuniy distillyatordan chiqadigan yog’ni konsentrasiyasi apparatga beriladigan suv bug’ini sarfiga bog’liq. Yog’ni konsentrasiyasini o’lchash uchun apparatni chiqishiga konsentrasiya sezgir elementi 1 qo’yiladi. Sezgir elementdan o’zgartirilgan signal rostlagich 2 ga beriladi. Rostlagich yog’ni konsentrasiyasini o’zgarishiga muvofiq rostlovchi ta’sir ishlab, suv bug’i yo’liga o’rnatilgan ijrochi mexanizmning rostlovchi organi 3 ni harakatlantiradi. SHunday qilib, bu ARS doimo yog’ni konsentrasiyasi berilgan qiymatdan chetga chiqqan taqdirda ishlaydi. Lekin bu o’zgarishni yuzaga keltiradigan g’alayonlanuvchi ta’sirlarni nazorat qilmaydi.
72
30-rasm. Yakuniy distillyator yog’ konsentrasiyasini avtomatik rostlash sistemalarining sxemalari. a) chetga chiqishlar prinsipi bo’yicha; b) g’alayonlanish prinsipi bo’yicha; v) kombinasiyalashgan prinsip bo’yicha.
Bu prinsipning afzalligi xatoning qanday g’alayonlanishlar ta’sirida paydo bo’lishidan qat’iy nazar, avtomatik rostlagichning bu xatoni bartaraf etishidir. Chetga chiqishlar bo’yicha rostlash prinsipini amalga oshiruvchi ARSlarining yana bir afzalligi bitta rostlovchining ta’sirida bir nechta g’alayonlanishlarning zararli oqibatini yo’qotish mumkinligidadir.
G’alayonlanish paydo bo’lishi bilan ular boshqariluvchi kattalikka ta’sir qilmay, balki rostlanuvchi ob’ektning dinamik xususiyatlariga bog’liq bo’lgan vaqt o’tgandan so’ng ta’sir ko’rsatishi bu prinsipning kamchiligi xisoblanadi. Bu esa mahsulot sifatining buzilishiga olib keladi.
2. G’alayonlanish prinsipi bo’yicha ARS. G’alayonlanish bo’yicha rostlash prinsipida ishlaydigan ARS da (15,b-rasm) rostlovchi ta’sir ob’ekt yuki ta’sirida avtomatik rostlagichda hosil bo’ladi. Bunday sistemalarda g’alayonlanuvchi ta’sirlar ob’ektga ta’sir qilmay turib, avtomatik rostlagichga beriladi. Bu sistemani qo’llash uchun ob’ektning beriladigan xom ashyo xossalarining o’zgarishini va ob’ekt haqida aniq ma’lumotni bilish kerak. 73
£alayonlanish bo’yicha ishlaydigan sistemalarning xususiyati ularning ochiq rostlash sistemalar ekanligidir. Bu sistemalarning kamchiligi esa rostlagich ishi va rostlanuvchi kattalikning o’zgarishi o’rtasida aloqa yo’qligidir. G’alayonlanish prinsipi bo’yicha ishlaydigan ARS ga misol tariqasida quyidagi sistema (15, v-rasm) ishini ko’rib chiqamiz. Bu sistemada roslagich 6 ni topshiriq blokiga hisoblash qurilmasi 5 dan signal keladi. hisoblash qurilmasiga kirayotgan missellani temperatura sezgir elementi 2, sarf sezgir elementi 1, konsentrasiya sezgir elementi 3, bosim sezgir elementi 4 lardan signallar keladi va berilgan algoritm asosida suv bug’i sarfini kelayotgan missella kattaliklariga mos qiymati hisoblanadi. ²isoblangan suv bug’ini sarfi rostlagichni topshiriq blokiga berilib, suv bug’ini sarf sezgir elementi 7 dan kelayotgan o’sha paytdagi qiymati bilan solishtirib, orasidagi farq aniqlanadi, hosil bo’lgan ∆x ga mos rostlovchi ta’sir ijrochi mexanizm 8 ga beriladi. Rostlovchi klapan harakatlanib beriladigan bug’ni sarfini rostlab turadi. Bu sistemani kamchiligi shundan iboratki, chiqayotgan yog’ning konsentrasiyasi nazorat qilinmaydi.
3. Kombinasiyalangan prinsip bo’yicha rostlashda (15 a,b–rasm) sxemalarda ko’rsatilgan sistemalar birgalikda ishlatilib, hisoblash qurilmasi algoritmiga har 2 soatda laboratoriya sharoitida aniqlanadigan yog’ konsentrasiyasi qiymatiga mos keladigan tuzatish kiritib turiladi. Kombinasiyalashgan prinsip bo’yicha ishlaydigan ARS larda chetga chikishlar va g’alayonlanishlar pripsipi bo’yicha ishlaydigan ARS larning afzalligi oshirilib kamchiliklari yo’qotiladi. Bunday sxema asosida ishlaydigan ARS larda (15,v-rasm) g’alayonlanish prinsipi bo’yicha ishlaydigan sistema avtomatik rostlagichning topshiriq berish blokiga rostlanayotgan kattalikning berilgan qiymatdan chetga chiqishi to’g’risidagi ma’lumot beriladi. Shunday qilib, bir vaqtning o’zida g’alayonlanuvchi ta’sirlar va rostlanayotgan kattalikning berilgan qiymatdan chetga chiqishi yo’qotiladi.
III. Energiya manbaini ishlatish turiga ko’ra ARS lar bevosita va bilvosita harakatli turlarga bo’linadi.
Bevosita harakatli ARSlarda IM rostlovchi organni harakatlantirish uchun sezgir elementidan kelayotgan signal ishlatilib, qo’shimcha energiya manbai talab etilmaydi. Biroq bevosita harakatli ARS larining o’lchamlari kattaligi, rostlovchi 74
organlarini harakatlantirish uchun katta kuch talab qilinganligi sababli ularning ishlatish sohalari chegaralidir. Bunday ARSlar konstruksiyasining oddiyligi, ishlatilishning qulayligi ularning afzalligi bo’lsa, murakkab bo’lmagan va oddiy rostlashni ishlatilishi talabga javob beradigan rostlashni ta’minlashi tufayli hamma ob’ektlarda qo’llanilmaydi. Bevosita harakatli ARSlarda sezgir element bir vaqtning o’zida ham ijro etuvchi qurilma ham taqqoslash element vazifasini bajaradi. RRV-1 turidagi bevosita harakatli havo sarf rostlagichi (16-rasm) bilan tanishamiz.
prinsipial sxemasi
Bu rostlagich p’ezometrik sistemada suyuqlik satxini, zichligini va boshka kattaliklarni ulchash uchun beriladigan havo sarfini berilgan qiymatda saqlash uchun muljallangan.
Biroq, yuqori bosimi va temperaturalarda ishlaydigan katta hajmdagi rostlash organlarini almashtirishga katta kuch talab etilishi sababli, ularni keng miqyosda qo’llash chegaralangan.
Bevosita xarakatli ARSlarning konstruksiyalari oddiy va ishlashi ishonchli bulsada, ular xar kanday ob’ektlarda rostlashning berilgan sifatini ta’minlashga kodir emas, chunki nomukammal rostlash konuni sodir etiladi. Asbobning ishlash prinsipi drossel’ 11 orqali o’tayotgan havo sarfi doimiyligi undagi bosimlar farqi (R1-R2) ni o’zgartmasdan saqlash orqali erishilishiga asoslangan. 75
Rostlagich korpus 9, qopqoq 2 va ular orasida joylashgan rezinali membrana 3 dan tuzilgan. Membranaga surgich 5 ga tayangan qattiq markaz 4 mahkamlangan. Rostlagich qopqog’i ostida membranaga ta’sir qiluvchi prujina o’rnatilgan. Sharik 7 prujina ta’sirida soplo 6 ni yopishga harakat qiladi. Siqilgan havo Ro=100- 350 kPa bosim ostida rostlagichning V kamerasiga beriladi. P’ezometrik sistema rostlagichning chiqish kamerasi A bilan bog’langan. Rotametr 10 va drossel’ 11 bir- biri bilan bog’langan bulib, trubka va shtuser orqali rostlagichning A va B kameralari bilan tutashgan. Rostlagichni berilgan havo sarfiga sozlash drossel’ 11 orqali amalgag oshiriladi. Prujina 1 kuchi orqali surgich 5 sharik 7 ni surishi natijasida kamera V dan havo sopli 6 orqali membrana osti kamerasi 5 ga, rotametr orqali esa kamera A hamda p’ezometrik sistemaga beriladi. Membrana yuzasiga prujinalar 1 va 8 hamda bosimlar farqi kuchlarining o’zaro ta’siri natijasida surgich surilib, sharik yordamida soploni ochadi yoki yopadi. Shuning hisobiga rotametrning drosseli 11 da bosimlar farqi o’zgarmaydi.
P’ezometrik sistema yoki manba bosimini o’zgartirishi natijasida membranaga ta’sir qiluvchi kuchlar muvozanatining buzilishi sodir bo’ladi. Bu esa o’z navbatida membranani harakatlanishiga hamda sharik va soplo o’rtasidagi bo’shliqni o’zgartiradi. Natijada drosselda va havo sarfida bosimlar farkini hosil qilinadi. URRD turidagi bevosita harakatli bosim rostlagichi (17-rasm) bir o’rindiqli rostlovchi organ va membrana prujinali ijro etuvchi mexanizmdan tuzilgan.
rostlagichining prinsipial sxemasi
76
Rostlovchi organ korpus 7 ga qotirilgan zolotnik 6 va o’rindiq 8 dan iborat. Yuqori va pastki qopqoqlar orasiga qo’yilgan, membranali ijro etuvchi mexanizm stakan 4 orqali korpusning yuqori qopqog’iga qotirilgan. Membranali ijro etuvchi mexanizm prujinalar 13, qattiq markaz 14, shpil’ka 5, zolotnik 6 bilan sil’fonli blok bilan o’zaro ta’sirlanadi. Korpusning pastgi qopqog’ida stakan 11 zolotnikka kotirilgan to’g’rilovchi prujina 10 va vint 9 dan iborat to’g’rilash bloki o’rnatilgan. Impul’s trubkalar orqali ijro etuvchi mexanizm rostlash ob’ekti bilan bog’langan.
Rostlanayotgan kattalik o’zgarishi bilan membranaga ta’sir qiladigan kuch prujina 13 tarangligi bilan muvozanatlashadi. Rostlanayotgan kattalikning berilgan qiymatdan chetga chiqishida o’zaro ta’sirlanuvchi kuchlar muvozanati buzilib, zolotnik harakatlanadi va sarf o’zgaradi. Natijada rostlanayotgan kattalikning hozirgi qiymati berilgan kiymat bilan tenglashadi.
URRD rostlagichlar 0,06-0,1: 0,1-0,25: 0,25-0,6: 0,16-0,4 mPa tuzatish chegaralarida chiqariladi.
Bilvosita harakatli ARSlarda tashqaridan energiya manbai ishlatiladi. Ishlatiladigan energiya manbaining turiga ko’ra ARS elektrik, pnevmatik va gidravlik turlariga bo’linadi.
Bevosita harakatli ARS lar mahalliy, bilvosita harakatli ARS distansion shitlarida o’rnatiladi.
IV. Ob’ektga ta’sir etish usuliga ko’ra ARS lar uzluksiz va uzlukli harakatli turlariga bo’linadi.
Uzluksiz ARS larda rostlanayotgan kattalikning uzluksiz o’zgarishiga rostlovchi organning uzluksiz harakati mos keladi. 18- rasmda sharbatli idishda suyuqlik sathini uzluksiz ARS ko’rsatilgan.
77
33-rasm. Sathni uzluksiz ARS ning prinsipial sxemasi.
Sath oziq-ovqat sanoatida keng qo’llaniladigan p’ezometrik usulda o’lchanadi. Trubka va pnevmokuchaytirgich 2 kirishidagi havoning bosimi sharbat sathiga proporsionaldir. Bosim va quvvati kuchaytirilgan pnevmosignal sharbat kelayotgan truboprovodda o’rnatilgan rostlovchi klapan 6 bilan bog’langan membrana-prujinali ijro etuvchi mexanizm 5 dan tuzilgan pnevmatik ijro etuvchi mexanizmga keladi. Idishdan sharbat nasos 8 orqali olinadi.
Sistemada sharbat sathi uzluksiz o’zgarsa, membranaga kelayotgan kuch ham uzluksiz bo’ladi. Membrana o’zining qattiq markazi bilan prujinani qisib zatvor 4 ni harakatlantiradi. Klapan 7 ning o’tish kesimi kichrayib, idishga kelayotgan sharbat ham kamayadi va satx berilgan qiymatga etkaziladi. Uzlukli ARSlarda rostlanayotgan kattalikning uzluksiz o’zgarib, o’zining maksimal yoki minimal qiymatiga etganda rostlovchi organ harakatlanadi. Bunday ARS o’z navbatida releli (pozision) va impul’sli turlariga bo’linadi. Idishda suyuqlik sathini RU-ZE (3 elektrodli) turidagi sath relesi bilan ARS ni (19-rasm) ko’rib o’tamiz. 78
34-rasm. Sathni releli ARS ning prinsipial sxemasi.
Suyuqlik idish 2 ga shtok 5 yordamida elektromagnitli klapan EV o’zagi 6 bilan bog’langan shiber 4 o’rnatilgan truboprovod 3 orqali tushadi. Idishdan suyuqlik iste’molchilarga elektrodvigatel’ M bilan nasos yordamida uzatiladi. Idishda elektrod E1 yuqori sath belgisida (VU), elektrod E2 pastki satx belgisida (NU) va elektrod EZ pastki nuqta ostida o’rnatilgan. Sath relesi tarkibiga elektrodlardan tashqari pasaytiruvchi transformator T1, ko’prikli tugrilagich VD1-VD4, K 1 rele va S1 kondensator kiradi. Sath NU belgidan past bo’lganda rele K1 toksizlanadi va uning kontaktlari K1 (11-12) tutashadi hamda elektromagnitli shiber ochilib, suyuqlik idishga tushadi. Suyuqlik sathi E1 elektroddan o’tib VU belgiga etsa, rele K1 ishga tushadi, o’zining ajraluvchi kontaktlari K1 (11-12) elektromagnitni toksizlantirib shiberni yopadi. SHu bilan bir vaqtda K1 rele o’zining himoyalovchi tutashuvchi kontaktlari (8-9) bilan ulanadi. Sath NU belgiga etganda shiber qayta ochiladi. SHunday qilib, rostlanayotgan kattalik uzluksiz o’zgarishida rostlovchi organ uzlukli harakatlanib ikki holatni («ochiq» va yopiq») egallaydi. Impul’sli ARSda uzuvchi zveno bo’lib impul’sli element hisoblanadi. Impul’sli element uzluksiz kirish
79
signalini alohida impul’slarga aylantiradi. Eng ko’p tarqalgan impul’sli elementlarga quyidagilar kiradi: Birinchi turdagi impul’sli elementda chiqishda amplitudasi chiqish signaliga proporsional bir xil davomiylikka ega impul’s chikaradi (20,a- rasm) amplituda impul’sli modullash.
Ikkinchi xil impul’sli elementda esa chiqishda bir xil amplitudali kirish signaliga proporsional doimiylikka ega impul’slar hosil bo’ladi, (20,b -rasm) kenglik- impul’sli modullash. Impul’sli sistemasiga temperaturani stabillash ARS misol qilamiz. Sistemaning sezgir elementi bo’lib, ko’prikning diagonalida tok kuchini o’lchovchi gal’vonometr G hisoblanadi.(21,a -rasm) ko’prik 3 2
, ,
R R va
4 R qarshiliklardan tuzilgan bo’lib bir elkasiga Τ
qarshilik ulangan. Gal’vonometr strelkasining og’ishi
∆ - rostlash ob’ektidagi temperaturaning o’zgarishiga bog’liq. gal’vonometr strelkasi va kuchaytirgich o’rtasida impul’sli element (21,b rasm) o’rnatilgan. 80
36-rasm. Temperaturani impul’sli ARS. a)-prinsipial sxema; b) impul’sli elementni sxemasi Rostlash organini harakatga keltiruvchi elektrodvigatel’ M kuchaytirgichdan manba oladi. Gal’vanometr G strelkasi SG potensiometr R ostida bemalol chapga va yongga harakatlanadi. Strelka osti «tushuvchi elementli» eks markazga tayangan surgich o’rnatilgan, bo’lib o’zgarmas burchak tezlik bilan harakatlanadi. Agar «tushuvchi element» pastki holatida bo’lsa, qandaydir qisqa vaqt ichida gal’vanometrning strelkasi potensiometr chulg’amini qisadi. o’sha vaqtda kuchaytirgichga kuchlanish impul’slari beriladi. Impul’slarni berish vaqti sistema tashqarisidan berilib, eks markaz burchakli aylanish tezligiga proporsionaldir. Rostlovchi organ uzlukli impul’slarga mos harakatlanib qandaydir teng vaqt oralig’ida ob’ektga ta’sir qiladi. Impul’sli ARSlariga sonli hisoblash qurilmasi bulgan avtomatik rostlash sistemalari kiradi. Rostlash konturining soniga ko’ra bir konturli va ko’p konturli ARS bo’ladi. Bir konturli ARS bitta rostlanayotgan kattalikning qiymatini rostlab, bitta teskari bog’lanishga ega bo’ladi. Ko’p konturli ARSda bitta rostlagich bir rostlanayotgan kattalikning xar xil kanallarida bir nechta rostlovchi organlarni boshqaradi. 81
Tekshirish uchun savollar: 1.
Ishlab chiqarish jarayoni nima? 2.
Avtomatlashtirish davrlarini tushuntiring. 3.
Avtomatik kontrol nima? 4.
Avtomatik rostlash sistemasi ishini tushuntiring. 5.
Avtomatik boshqarishning mohiyati nimada? 6.
Avtomatik rostlash sistemasini topshiriqni turiga ko’ra klassifikasiyalab bering.
82
Adabiyotlar:
1. Yusufbekov N.R., Muhammedov B.E., G’ulomov SH. М. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari. Тоshkеnt. “O’qituvchi”, 1997.-704 b. 2. Muhammedov B.E. Metrologiya, texnologik parametrlarni o’lchash usullari va asboblari. Тоshkеnt. “O’qituvchi”, 1991. – 319 b. 3. Yusufbekov N.R. va boshqalar. Avtomatika va ishlab chiqarish prosesslarining avtomatlashtirilishi. Тоshkеnt. “O’qituvchi”, 1982. – 351 b. 4. Usmonov A.U., Shomurodova D.М. “Avtomatika asoslari” fanidan ma’ruzalar matni. Buxoro. “Muallif”, 1999. – 70 b. 5.
Staroverov A.G.
Osnovi avtomatizasii proizvodstva. М.:
“Mashinostroyenie”, 1989. 6. Masurov X.M. Avtomatika va paxtani dastlabki ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish. Тоshkеnt. “O’qituvchi”, 1991. 7. Brilliantov V.V. Avtomatizasiya proizvodstva I KIP. М.: “Nedra”, 1989. – 271 s.
8. Isakovich R.Ya. Kontrol i avtomatizasiya dobichi nefti I gaza. М.: “Nedra”, 1985. 9. Usmonov A.U., Shomurodova D.M. Nazorat o’lchov asboblari va ularni o’rnatish. Toshkent. “Bilim”, 2005. – 136 b.
83
Mundarija 1. Kirish ………………………………………………………………………….3 2. Avtomatik rostlash sistemalarining funksional sxemalarini qurish……….…..4 3. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning funktcional sxemasini chizishda qo’yiladigan talablar …………………………………………………….…….….5 4. Avtomatlashtirish vositalari va asboblarni tasvirlash……………….……….…6 5. Sarfni rostlash ob`ektlarini va materiallarni uzluksiz dozalashni avtomatlashtirish………………………………………………………………....…16 6.
Avtomatik rostlash sistemasi xarakteristikalarini qurish……………………22 7.
Sistemalarning chastotali xarakteristikalari…………………………………23 8.
Avtomatik rostlash sistemalari turg’unligini aniqlash……………………....30 9.
Rauss-Gurvis algebraik kriteriyasi…………………………………………..31 10.
Chastotali turg’unlik kriteriyalari. Mixaylov kriteriyasi………………….…33 11.
Naykvist turg’unlik kriteriyasi………………………………………..……..35 12.
Rostlash organini hisoblash va tanlash………………………………………40 13.
Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish sistemalari……………….…55 14.
Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari…..…57 15.
TJ ABS funksiyasi, strukturasi va klassifikasiyasi……………………..……58 16.
TJ ABS ni klassifikasiyasi………………………………………………..….61 17.
Adabiyotlar ro’xati………………………………………………………..….82
84
Document Outline
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling