Kimyoviy texnologiya” fakultеti “neftkimyo sanoati tеxnologiyasi” kafеdrasi Himoyaga ruxsat etildi
Qattiq konstruksiyali issiqlik almashinish qurilmalari
Download 211.46 Kb.
|
Kimyoviy texnologiya-fayllar.org
Qattiq konstruksiyali issiqlik almashinish qurilmalari. Qattiq konstruksiyali
issiqlik almashinuvchi qurilmada qo‘zg‘almas truba panjaralari qobiq bilan mahkam bog‘langandir. Ularning asosiy kamchiligi temperaturalar kuchlanishlarini qabul qila olmasligi va qobiqlarning ichki yuzalari va issiqlik almashinuvchi trubalarning tashqi yuzalarini iflosliklardan va cho‘kindilardan mexanik tozalash mumkin bo‘lmasligidir. Bunday issiqlik almashinish qurilmalarini ta’mirlash yo‘li bilan qayta tiklash bir muncha chegaralangandir. Aynan shuning uchun ham uzoq muddat xizmat qilishi, tegishli ekspluatatsiya rejimiga qat’iy rioya qilingandagina ta’minlanadi. Masalan, qurilma pasportida ko‘rsatilgan issiqlik almashinayotgan muhitlararo temperaturalar farqini oshirib bo‘lmaydi, chunki bu truba panjarali truba birikmalarining buzilishiga yoki truba yorilishiga olib kelishi mumkin. Ikki issiqlik almashinayotgan oqimlarning, iflosliklardan holi bo‘lgan, korrozion aktiv moddalar va issiqlik almashinish jarayonini yomonlashtiruvchi hamda qurilmaning gidravlik qarshiligini kuchaytiruvchi muallaq zarrachalardan holi bo‘lgan bittasini trubalar orasiga yuboriladi. SHuni nazarda tutish kerakki, truba tashqi yuzalarining va qurilma qobig‘ining ichki devorini ko‘rikdan o‘tkazish imkoni yo‘q, bundan kelib chiqadiki, qurilma holatini ekspluatatsiya qilinayotgan vaqtda nazorat qilish mumkin bo‘lmay qoladi. Ta’mirlashning zaruriyligi, ta’mirlashi va mexanik tozalanishi mumkin bo‘lgan trubalarning ichki yuzalarini tekshirish orqali aniqlanadi. Trubalarni va qobiqni korrozion emirilishini oldini olish, ular ishlayotgan muhit xossalariga bog‘liq holda, ularni yasash uchun metall tanlash orqali amalga oshiriladi. Truba va issiqlik almashinish qurilmalarining qopqoqlarini qobiqlarini korroziyadan dengiz suvi yordamida katodli muhofazalash tajribasi mavjuddir. Bunday muhofazalash korroziya tezligini 5-6 marta kamaytiradi. Katodli muhofazaga tegishli bo‘lgan elementlarning ma’lum mikdorini muhofazalovchi yuzalar o‘lchamlariga bog‘liq holda qurilma qopqog‘ining ichiga osib qo‘yiladi; emirilish o‘lchamiga qarab, ta’mirlashda elementlarni muntazam ravishda yangilari bilan almashtirish mumkin. Vizual ko‘prik faqatgina qopqoqlar, trubalarning uchlari va ichki kanallari, qobiq va qopqoqlardagi shtutserlar uchun taalluqlidir. Qurilmaning qolgan qismlari nuqsonlarini faqatgina bosim bilan tekshirish vaqtidagina aniqlash mumkin. Taftish va ta’mirlash vaqtida va tarkibini konkret ekspluatatsion sharoitlardan kelib chiqib aniqlanadi. Muddatdan oldin ta’mirlash zarurati issiqlik almashinishning keskin yomonlashuvi bilan (texnologik kartaga mos), shuningdek, issiqlik almashayotgan muhitlar siljishi bilan bog‘liq birinchi holatda, ichki yoki tashqi truba yuzalarining yoki unisini ham bunisini ham ifloslanishi ehtimoli bor, ikkinchi holda-bitta yoki bir nechta trubalarning yorilishi yoki trubalarning truba panjaralari bilan birikkan joylarda zichlikning buzilish ehtimoli bor. Trubalar kamchiligi katta bo‘lgani uchun truba panjaralarining ochiq emirilishi qariyb uchramaydi. Qurilma qobig‘ini va uning birikmalari zichligining buzilganligini tomchilar oqayotganligini ko‘rib aniqlash juda oson. Bunday hollarda qurilmalarni, ular ishlab turgan sistemadan surilma qopqoqlarni va ventillarni darhol berkitib qo‘yish orqali uzib qo‘yish zarur. Qattiq konstrutsiyalash issiqlik almashinish qurilmalarini taftishi va ta’mirlash vaqtida o‘tkaziladigan operatsiyalar ketma-ketligi qariyb bir xildir. Download 211.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling