Kimyoviy texnologiya” fakultеti “neftkimyo sanoati tеxnologiyasi” kafеdrasi Himoyaga ruxsat etildi
,6 tonna bo’lgan qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni texnologik
Download 211.46 Kb.
|
Kimyoviy texnologiya-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Himoya kuni _______________ DAK bayoni _______________ DAK bahosi _______________ DAK kotibi _______________ Buxoro–2016 yil
- Kirish I. Texnologik qism.
- II. Loyihalash-konstruktorlik qismi.
21,6 tonna bo’lgan qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni texnologik
hisoblash va o’rnatish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish Bajardi: 36–12 TJNG guruhi talabasi Rafikov Sh.A. Rahbar: Hayitov O.O. Tushuntiruv – yozuv ishlari ___________ varaq Grafik qismi ________ ta chizma Himoya kuni _______________ DAK bayoni _______________ DAK bahosi _______________ DAK kotibi _______________ Buxoro–2016 yil «NKST» kafedrasi mudiri _______ dots.Bozorov G’.R. «____» __________2016 yil Kirish I. Texnologik qism. I.1. Neftning kimyoviy tarkibi va olinadigan mahsulotlar; I.2. Suyuqliklarni haydash va aralashmalarni ajratish usullari; I.3. Mazutni vakuumli haydash texnologik tizimi tavsifi; I.4. Issiqlik almashinish jarayonlari va qurilmalari. II. Loyihalash-konstruktorlik qismi. II.1. Qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni texnologik hisoblash; II.2. Jihozni o’rnatish va ta’mirlash III. Hayot faoliyati xavfsizligi qismi III.1. Fuqaro muhofazasi III.2. Texnika xavfsizligi IV. Grafik qismi IV.1. Mazutni vakuumli haydash qurilmasi texnologik sxemasi; IV.2. Qobiq quvurli issiqlik almashtirgichning umumiy k o’rinishi chizmasi; IV.3. Jihozni o’rnatish va ta’mirlash sxemalari; IV.4. Qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni alohida qismlari va detallari ishchi chizmalari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar r o’yxati. Kirish 2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisida Davlatimiz rahbarining nutqida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligiga qaramay, 2015 yilda iqtisodiy dasturning eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalari hamda chuqur tarkibiy o’zgartirishlar, xususiy mulk va kichik biznes manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash bo’yicha har tomonlama puxta Dasturning izchil va tizimli amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot o’sishining barqaror va yuqori sur’atlariga hamda makroiqtisodiy muvozanatga erishilganligi qayd etildi. Nufuzli halqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy markazlar tomonidan yuqori baholanayotgan yutuqlar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari butun jahonda “o’zbek modeli” sifatida e’tirof etilib, bu tanlangan rivojlanish strategiyasining yuqori samaradorligi va muvaffaqiyatini yana bir bor tasdiqlagani alohida qayd etildi. Nufuzli Jahon iqtisodiy forumi reytingiga muvofiq O’zbekiston 2014- 2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o’sish prognozlari bo’yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgan. Mulkchilik tarkibini tubdan o’zgartirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, korporativ boshqaruvning prinstiplari va yondashuvlarini o’zgartirish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar, keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha akstiyadorlik jamiyatlarida boshqaruvning zamonaviy namunaviy tuzilmasi joriy etildi. Tarkibiy o’zgartirishlar, tarmoqlarni modernizastiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo’yicha chora-tadbirlar va investistiya loyihalarining faol amalga oshirilishi, shuningdek, zamonaviy infratuzilmaning shakllantirilishi 15,8 milliard AQSh dollari miqdorida yoki 2014 yildagiga qaraganda 9,5 foiz ko’p investistiyalar o’zlashtirilishini ta’minladi. Yuqori texnologiyali tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan tarmoqlar jadal rivojlanishga ega bo’ldi. 158 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti foydalanishga topshirildi. Neft va gaz sanoati O’zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlardan biri hisoblanadi. Mustaqillikdan so’ng mazkur soha dinamik rivojlanib, Respublika mustaqilligini mustahkamlashga o’z hissasini qo’shib bormoqda. Iqtisodiyotning ustivor sohalarini modernizastiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash, ularda zamonaviy chiqindisiz texnologiyalarni joriy qilish Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan inqirozni bartaraf qilish dasturining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mustaqillika erishilgach, 1997 yilda gaz kondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan chet el ilg’or zamonaviy texnologiyalardan biri Fraksiya “Teknip” kompaniyasi texnologiyasiga ko’ra Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Zavodning umumiy quvvati yiliga 2,5 mln. tonna neft va gaz kondensati aralashmasini qayta ishlashga mo’ljallangan Respublikamizda neft kimyosi va organik sintez moddalar olishni ko’paytirish maqsadida 17 fevral 1998 yil “O’zbekneftegaz” va “ABB Lummus Global”(AQSh), “ABB Soimi”(Italiya), “Nisho Ivai”, “Toyo injiniring”(Yaponiya) kompaniyalari o’rtasida gaz kimyo majmuasini loyihalash, qurilmalarni etkazish, o’rnatish va ishga tushirish bo’yicha shartnoma imzolandi. 2001 yil oxirida Sho’rtan gaz kimyo majmuasi ishga tushirildi va 2002 yil 15 avgustidan birinchi o’zbek polietileni chiqarildi. Gaz kimyo majmuasi umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd. m 3 tabiiy gazni qayta ishlashga mo’ljallangan. Sho’rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan barcha polietilen mahsulotlari ekologik va gigienik sertifikatlarga egadir. Zavod maxsulotlariga 2005 yil Halqaro ISO-9001 sifat sertifikati berildi. Hozirgi vaqtda Sho’rtan GKM mahsulotlarining 70% i eksportga chiqarilmoqda. Ya’ni Ovropa mamlakatlari (Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya, Turkiya), Osiyo (Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari(Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Tojikiston) ga eksport qilinmoqda. Sohaning muhim rolini inobatga olib, mamlakatimiz rahbariyati neft va gaz sanoati rivojiga alohida ahamiyat qaratmoqda.O’tkazilayotgan geologik tadqiqotlar Buxoro, Xiva va Surxondaryo regionlarining yuqori istiqbolga ega ekanligini tasdiqladi. Boy zaxiralar aniqlangan Ustyurtda Surgil, Sharqiy Berdax, Uchsoy kabi yirik gaz konlari ochildi. 2015-2019 yillarda “O’zbekneftgaz” MXK 50 dan ziyod investistion loyihalarni amalga oshirishni ko’zda tutgan. Surgil koni bazasida barpo etilayotgan 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlab, 400 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen ishlab chiqarish va mahsulotlarning asosiy qismi Yevropa, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlarida sotilishi ko’zlangan “O’zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi, Janubiy Koreyaning “Kogas”, “Lotte Petrochemicals” kompaniyalari va “Uz-Kor Chemicals” qo’shma korxonasi hamkorligidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi va Lukoil Uzbekistan Operaiting Company MChJ buyurtmasiga ko’ra Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan «Qandim – Xauzak – Shodi – Qo`ng`iorot» gaz konlari bazasida qurilishi tugallanayotgan gazni qayta ishlash zavodi (GQZ) kompleksini qurish Respublikamiz yoqilg’i – energetikasi sohasida yana bir muhim qadamlardan sanaladi. Respublikamizda yoqilgi energiyasiga bo’lgan talabni to’la qondirishda “O’zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi asosiy o’rin tutadi. Hozirda Respublikamizda jaxon sifat andozalariga mos keluvchi tayyor neft maxsulotlarini tashqi bozorga chiqarilyapti. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling