Kimyoviy texnologiya” fakultеti “neftkimyo sanoati tеxnologiyasi” kafеdrasi Himoyaga ruxsat etildi
Download 211.46 Kb.
|
Kimyoviy texnologiya-fayllar.org
Uchinchi turi: sirtida elektron zichligi to’plangan bog’lanishlar yoki atomlar
guruhlari bo’lgan spestifik adsorbentlar. Bunday adsorbentlar nospestifik adsorbentlar sirtiga elektron zichligi to’plangan molekulalarning monoqatlamini joylashtirish yo’li bilan olinadi. Bu turdagi adsorbentlarga qutbli serg’ovak polimerlar kiradi. Adsorbentlardagi xromatografik zonalarning yuvilib ketish sabablarini ko’rib chiqishda shuni nazarda tutish kerakki, adsorbstiya izotermasi ko’pincha to’g’ri chiziq shaklida bo’lmaydi, natijada zonaning orqa tomoni asimmetrik yuvilib ketadi va xromatogrammada «dum» lar paydo bo’ladi. Adsorbentlar kamdan-kam hollarda barcha aytilgan talablarga javob beradi. Adsorbentlarning ayrimlari ba’zi moddalarni qaytmas tarzda yutadi, boshqalari katalitik ta’sir ko’rsatadi, uchinchilari xromato-grafiyalanuvchi moddalarning polimerlanishiga imkon beradi. Shuning uchun gaz–adsorbstion xromatografiyada, ko’pincha, adsorbentlarni modifikastiyalashdan foydalaniladi. Adsorbentlar quyidagicha modifikastiyalanadi: 1) kislota, ishqor yoki anorganik tuzlar bilan ishlov berish; 2) qutbli adsorbentlar sirtidagi gidroksil guruhlarni xlorsilan yoki boshqa moddalar vositasida bog’lash; 3) suv bug’i bilan to’yintirish; 4) geometrik modifikadiyalash. Birinchi usul xalaqit beruvchi aralashmalarni, masalan silikagel kabi adsorbentlardagi metal oksidlarini chiqarib yuborishni ta’minlaydi. Ikkinchi usulda adsorbent sirtda joylashgan faol guruhlar faol bo’lmagan guruhlarga almashtiriladi. Masalan, silikagelni silanlashda gidroksil guruhlar faol bo’lmagan metall guruhlarga almashinadi. Uchinchi usulda adsorbentlarning dezaktivastiyasi, ya’ni faol-ligining kamayishi sodir bo’ladi. Masalan, suv bug’lari miqdorini o’zgartirish natijasida alyuminiy oksidining adsorbstion faolligini o’zgartirish mumkin. Bundan tashqari, adsorbent yuzasiga bug’lanmaydigan organik suyuqliklar kiritish ularning faolligini pasaytiradi. Bu usul quruq tashuvchi yuzasiga suyuq faza kiritish singaridir. Geotermik modifikastiya usuli adsorbentlarni 900–1000°S da qizdirishdan iborat bo’lib, bunda qovushib qolish natijasida adsorbentdagi g’ovaklarning tuzilishsi o’zgaradi va ultrag’ovaklar yo’qolib, adsorbent sirtida faqat yirik g’ovaklar qoladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling