Kimyoviy texnologiya” fakultеti “neftkimyo sanoati tеxnologiyasi” kafеdrasi Himoyaga ruxsat etildi
I.3. Mazutni vakuumli haydash texnologik tizimi tavsifi
Download 211.46 Kb.
|
Kimyoviy texnologiya-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazutni vakuumli haydash bilan moyli fraksiyalar va gudronni olish
I.3. Mazutni vakuumli haydash texnologik tizimi tavsifi
Neftning har qanday tovarli surkov moylarini ishlab chiqarish jarayoni 4 bosqichdan iborat: 1) Mazutni vakuumli haydash bilan moyli fraksiyalar va gudronni olish 2) Moyli fraksiyalarni tozalash bazali moylarni olish 3) Moylarga prisadkalar tayyorlash 4) Komponentlarni aralashtirish (kompaundirlash) va moylarni tovarli navlarini olish uchun prisadkalarni qo’shish Mazutni vakuumli haydash bilan moyli fraksiyalar va gudronni olish Birinchi bosqichni mazutni (qoldiq >350 0 C) vakuumli haydash bilan amalga oshiradilar. 350-500 0 C dagi fraksiya birinchi navbatda etiborga loyiqdir, bu fraksiyani moyli distillyatlar va qoldiq ( >500 0 C ) aytadilar. Mazutni vakuumli haydashda moyli distillyatli fraksiyalarni oladilar, bu fraksiyalar vakuumli ustun (kolonna) larning yonaki haydash mahsulotlari sifatida ajratib olinadi. Bu 300-400, 350-420, 400-450, 450-500 0 C dagi fraksiyalardir. Gudrondan olingan moylar (qoldiq >500 0 C) qoldiqli deb ataladi. Moyli fraksiyalarni olish bilan sodir bo’ladigan mazutni vakuumli haydash jarayoni 7- bobda batafsil bayon etilgan. Moyli distillyatlar va gudron o’z tarkibida oltingugurtli va azotli birikmalarni, smola va asfaltenlarni, porfirinlar, ko’phalqali aromatik uglevodorodlar, qattiq parafinlarni saqlaydi. Bu birikmalar va yuqorida aytilgan uglevodorodlar moyli fraksiyalarning surkovchi xossalarini yomonlashtiradi. Shuning uchun moyli distillyatlar va gurdonni yuqorida tilga olingan birikmalardan tozalash tovarli moylarni olish yo’lidagi ikkinchi bosqich bo’lib hisoblanadi. Bu bosqichdan keyin bazali moylarning komponentlari olinadi. Bazali moylarning komponentlarini moyli distillyatlar va gudrondan ularni zararli qo’shimchalardan tozalash yo’li bilan olinadi. II-bobda ko’rsatilganidek tozalashning fizik va fizik-kimyoviy usullari mavjud (sinflanishi ham o’sha erda keltirilgan). Hozirgi vaqtda termogidrokatalitik jarayonlar (gidrotozalash va gidro kreking) moyli distillyatlar va gudronni keraksiz birikmalardan tozalashning asosiy usullaridan bo’lib hisoblanadi va yuqori surkovchi ko’rsatgichlarga ega bo’lgan bazali moylarni olinishiga ko’maklashadi (bu jarayonlar 10 –bobda batafsil ko’rib chiqilgan). Hozirgi vaqtda bu jarayonlar mavjud bo’lgan barcha tozalash usullari o’rnini olishi mumkin. Shu bilan birga deasfaltlash, selektiv tozalash va deparafinlashlar o’z ahamiyatini yoqotmagan, bazi NQIZda hali ham tozalashning adsorbstion, kislotali va ishqorli usullari qo’llanib kelinmoqda. Uglevodlarni eritish qobiliyatiga qarab organik va bazi anorganik erituvchilarni ikki guruhga ajratish mumkin. 1-guruhga kiritilgan erituvchilar odatdagi haroratda xomashyoning suyuq komponentlari bilan deyarli barcha holatlarda aralashadi. Bunday erituvchilarga masalan qutbsiz birikmalar past molekulyar parafin qatoridan suyuq va suyuqlantirilgan uglevodlar hamda dipol momenti uncha katta bo’lmagan birikmalar- uglerod tetraxlorid, etil efiri, xloroform va boshqalar misol bo’la oladi. Deasfaltlashda birinchi guruhga kiruvchi erituvchilar-past molekulali parafinlar (n- propan, n-butan, n-geptan va boshqalar) ni qo’llaydilar. Ikkinchi guruh erituvchilari bu dipol momenti yuqori bo’lgan qutbli organik birikmalardir, ularga fenol, furfurol, krezollar, alifatik ketonlar, dietilenglikol va boshqalar kiradi. Neft xom ashyosi komponentlarining bu erituvchilardagi eruvchanligi, ularning nisbati va haroratiga bog’liq bo’ladi. Neft xomashyosining turli komponentlariga nisbatan turli erish qobiliyatini namoyon qiladigan erituvchilar selektiv (tanlab eritadigan) erituvchilar deb ataladi va ularni selektiv tozalashga hamda deparafinlashda qo’llaydilar. Odatdagi haroratda neft xomashyosida ko’p bo’lmagan miqdordagi erituvchi eriydi. Erituvchining eriganligi oshishi bilan (xomashyo hajmiga nisbatan erituvchi hajmining oshishi bilan) ikki fazali sistema hosil bo’ladi: bir fazada-ko’p bo’lmagan miqdorda erituvchini saqlagan neft mahsuloti, boshqa fazada esa tarkibida xomashyo komponetlarining bir qismini saqlagan erituvchilardir. Keyinchalik erituvchi karraligining oshirilishidagi xomashyo komponentlarining erituvchidagi eruvchanligining oshishiga va natijada uning xomashyo bilan to’liq aralashishiga olib keladi. Erituvchining karraligi o’zgarmas bo’lganda harorat ko’tarilishi bilan erituvchida dastlabki xomashyo erigan komponentlarining miqdori oshadi va nihoyat erishning kritik harorati (EKH) deb ataladigan malum haroratga etganda xomashyo erituvchi bilan to’liq aralashadi, yani sistema bir fazali bo’ladi. Aromatik uglevodorodlar eng kichik EKH ga egadirlar. Ulardan keyin naftenaromatik va naften uglevodorodlar turadi. Bu ketma-ketlikka binoan, ularning qutbli erituvchilarda erishining kritik harorati molekulalarning tuzulishi bir xil yoki o’xshash bo’lgan sharoitda oshadi. Normal tuzulishli parafin uglevodorodlari eng yuqori EKH ga ega. EKH ning kattaligiga kimyoviy tabiatidan tashqari uglevodorodlar molekulasining tuzulishi ham tasir qiladi. Masalan, uglevodorodlardagi halqalar soni oshishi bilan zanjirlarning uzunligi oshishi bilan oshadi. Aromatik va naften uglevodorodlar molekulasidagi halqalar soniga EKH pasayishining bog’liqligi to’g’ri chiziqlidir. Qutbli erituvchida birinchi navbatda ko’phalqali aromatic uglevodorodlar eriydi. Naften va parafin uglevodorodlar qutbli erituvchilarda sezilarli darajada yomon eriydi. Keton molekulalardagi uglevodorod radikali uzunligi oshishi bilan ularning erituvchilik qobiliyati oshadi. Bunday erituvchilarning erituvchilik qobiliyatini oshirilishida qobiliyatiga qarab uglevodorod radikallarini quyidagi qatorga joylashtirishi mumkin: alifatik radikal →benzol halqasi →tiofen halqasi→furan halqasi. Mazutni vakuum sharotida haydash ikki variant bo’yicha o’tkaziladi: I variant yoqilgi olish, ya’ni katalitik kreking qurilmasi xomashyosi bo’lgan engil va og’ir gazoyllar olish; II variant moy distillyatlarini olishdir. Vakuum sharoitida mazutni ikki bosqichda haydash orqali I bosqichda – vakuum fraksiyalash kolonnasidan solyar distillyati, keng frakstion tarkibli (350 –575 0 S) moy distilyatlari va gudron chiqariladi, II bosqichda olingan moy distillyatlaridan uch distillyat: parafinli (350 – 460 0 S), avtol (460 – 490
S) silindr moylariga ajratiladi. Jarayon texnologik sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan. Xoma shyo mazut 3- pechga qizdirishga kiritilishga qadar ikki oqimda ishlayotgan issiqlik almashtirgichlar 29,28, va 22 dan birinchi oqim, 25 va 24 dan esa ikkinchi oqim o’tadi, so’ngra 1 va 2- issiqlik almashtirgichlarda qurilmadan chiqarilayotgan gudron issiqligi hisobiga qizdirilib, pechga yuboriladi. Mazut 3-pechda 435 0 S gacha qizdiriladi. Mazutdan solyar, keng frakstion tarkibli moy distillyatlari va gudron ajralishi uchun 6-vakuum kolonna xizmat kiladi. Moyli fraksiya 7-yig’gichga to’planadi, gudron 5-nasos yordamida kolonnadan chiqariladi. Solyar 4-nasos yordamida yarim berk tarelkadan 29-issiqlik almashtirgich va 32-sovutgichda sovutiladi, so’ngra sovutilgan solyar distillyatni bir qismi 6-vakuum kolonnaga qaytariladi. Moy distillyati 7-yig’ichdan 8-nasos yordamida haydalib, 28-issiqlik almashtirgich, 23-qo’shimcha bug’ ishlab chiqaruvchi qozon(kotelutilizator) va 21-suvni qizdirish qurilmasidan o’tib, 6-kolonna o’rta qismiga restirkulyat sifatida qaytariladi. Moy distillyatining balans miqdori 7-yig’gichdan 9-nasos yordamida 10-pechda (385 0 S) qizdirilib, 13-vakuum kolonnaga yuboriladi. Bu kolonna mahsulotlari: yarim berk tarelkada yig’iluvchi parafin distillyati, 14- bug’latuvchi sekstiya orqali chiqariluvchi avtol distillyati va 24-issiqlik almashtirgich, qo’shimcha bug’ ishlab chiqaruvchi qozon(kotelutilizator) 26 va 27 sovutgichdan o’tib chiqariladigan stilindr distillyatlari hisoblanadi. Avtol distillyatining stirkulyastiyalanuvchi qismi 16-nasos yordamida quyilib, 11 va 12-qurilmalarda sovutilgan holda 13-kolonna o’rta qismiga uch oqimda beriladi. Balans miqdori rezervuarga yuboriladi. Parafin distillyati 13-kolonnadan chiqishda 25- issiqlik almashtirgich, 34-suv qizdirish va 35-sovutgichda ketma-ketlikda sovutilib, bir qismi kolonnaga to’yintirish yoki sovuq quyilishga qaytariladi, ortiqchasi rezervuarga yuboriladi. Gudron markazdan qochma tipdagi 19-nasos yordamida qurilmadan chiqarilguncha o’z issiqligini 1 va 2-issiqlik almashtirgichlar orqali xom ashyo mazutga beradi. Qurilmadagi kalonnalar ish rejimi quyida jadvalda keltirilgan: 1.4-jadval Download 211.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling