Adsorbstiya jarayoni ikki xil: fizik va kimyoviy (xemosorbstiya) bo’ladi. Fixik
adsorbistiyada adsorbent va yutilayotgan komponent o’zaro kimyoviy jihatdan ta’sir
qilmaydi. Kimyoviy adsorbstiya prossesida adsorbent bilan
yutilayotgan moddanging
molekulalari o’zaro ta’sir-lashib, adsorbentning yuzasida kimyoviy birikma hosil bo’ladi.
Klassifikastiyalash jihatdan adsorbentlarni uch turga bo’lish mumkin:
Birinchi turi: nospestifik adsorbentlar, ularga grafitlangan qurum kiradi. Bu turdagi
adsorbentlar sirtida almashinishga qodir funkstional guruh va ionlar bo’lmaydi. Yuqori
molekulali uglevodorodlarni, masalan, polietilenni ham shu turga kiritish mumkin.
Ikkinchi turi:
spestifik adsorbentlar, ularning sirtida) ma’lum
joylarda musbat
zaryadlar, masalan silikagellarda
gidroksil guruhlar, steolitlarda kationlar to’plangan
bo’ladi. Bu turdagi adsorbentlarga ayrim chetki zvenolarida elektron zichligi to’plangan
molekulalar bilan o’ziga xos ta’sirlanish xarakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: