Kimyoviy texnologiya
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Kimyoviy texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- BITIRUV – MALAKAVIY ISHI TUSHUNTIRUV YOZUVI
- Bajardi: 36–12 TJNG guruhi talabasi Rafikov Sh.A.
- Rahbar: Hayitov O.O.
- Himoya kuni _______________ DAK bayoni _______________
- O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
- II. Loyihalash-konstruktorlik qismi.
- I.2. Suyuqliklarni haydash va aralashmalarni ajratish usullari
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
“KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” fakultеti “NEFTKIMYO SANOATI TЕXNOLOGIYASI” kafеdrasi Himoyaga ruxsat etildi «KT» fakulteti dekani ________ dots. Ataullayev Sh.N «____» __________2016 yil Ro’yxatga olish raqami №_____
BITIRUV – MALAKAVIY ISHI TUSHUNTIRUV YOZUVI
21,6 tonna bo’lgan qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni texnologik hisoblash va o’rnatish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish
Rafikov Sh.A. Rahbar: Hayitov O.O.
Himoya kuni _______________ DAK bayoni _______________ DAK bahosi _______________ DAK kotibi _______________ Buxoro–2016 yil. «NKST» kafedrasi mudiri _______ dots.Bozorov G’.R. «____» __________2016 yil
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
“KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” fakultеti “NEFTKIMYO SANOATI TЕXNOLOGIYASI” kafеdrasi Himoyaga ruxsat etildi «KT» fakulteti dekani ________ dots. Ataullayev Sh.N «____» __________2016 yil Ro’yxatga olish raqami №_____
BITIRUV – MALAKAVIY ISHI Mavzu: Mazutni vakuumli haydash tizimidagi ish unumdorligi soatiga 21,6 tonna bo’lgan qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni texnologik hisoblash va o’rnatish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish
Rafikov Sh.A. Rahbar: Hayitov O.O.
Tushuntiruv – yozuv ishlari ___________ varaq Grafik qismi ________ ta chizma
«NKST» kafedrasi mudiri _______ dots.Bozorov G’.R. «____» __________2016 yil
Kirish I. Texnologik qism. I.1. Neftning kimyoviy tarkibi va olinadigan mahsulotlar; I.2. Suyuqliklarni haydash va aralashmalarni ajratish usullari; I.3. Mazutni vakuumli haydash texnologik tizimi tavsifi; I.4. Issiqlik almashinish jarayonlari va qurilmalari.
II.1. Qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni texnologik hisoblash; II.2. Jihozni o’rnatish va ta’mirlash
III.1. Fuqaro muhofazasi III.2. Texnika xavfsizligi
IV.1. Mazutni vakuumli haydash qurilmasi texnologik sxemasi; IV.2. Qobiq quvurli issiqlik almashtirgichning umumiy k o’rinishi chizmasi; IV.3. Jihozni o’rnatish va ta’mirlash sxemalari; IV.4. Qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni alohida qismlari va detallari ishchi chizmalari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar r o’yxati.
Kirish 2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisida Davlatimiz rahbarining nutqida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligiga qaramay, 2015 yilda iqtisodiy dasturning eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalari hamda chuqur tarkibiy o’zgartirishlar, xususiy mulk va kichik biznes manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash bo’yicha har tomonlama puxta Dasturning izchil va tizimli amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot o’sishining barqaror va yuqori sur’atlariga hamda makroiqtisodiy muvozanatga erishilganligi qayd etildi. Nufuzli halqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy markazlar tomonidan yuqori baholanayotgan yutuqlar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari butun jahonda “o’zbek modeli” sifatida e’tirof etilib, bu tanlangan rivojlanish strategiyasining yuqori samaradorligi va muvaffaqiyatini yana bir bor tasdiqlagani alohida qayd etildi. Nufuzli Jahon iqtisodiy forumi reytingiga muvofiq O’zbekiston 2014- 2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o’sish prognozlari bo’yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgan. Mulkchilik tarkibini tubdan o’zgartirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, korporativ boshqaruvning prinstiplari va yondashuvlarini o’zgartirish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar, keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha akstiyadorlik jamiyatlarida boshqaruvning zamonaviy namunaviy tuzilmasi joriy etildi. Tarkibiy o’zgartirishlar, tarmoqlarni modernizastiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo’yicha chora-tadbirlar va investistiya loyihalarining faol amalga oshirilishi, shuningdek, zamonaviy infratuzilmaning shakllantirilishi 15,8 milliard AQSh dollari miqdorida yoki 2014 yildagiga qaraganda 9,5 foiz ko’p investistiyalar o’zlashtirilishini ta’minladi. Yuqori texnologiyali tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan tarmoqlar jadal rivojlanishga ega bo’ldi. 158 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti foydalanishga topshirildi.
Neft va gaz sanoati O’zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlardan biri hisoblanadi. Mustaqillikdan so’ng mazkur soha dinamik rivojlanib, Respublika mustaqilligini mustahkamlashga o’z hissasini qo’shib bormoqda. Iqtisodiyotning ustivor sohalarini modernizastiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash, ularda zamonaviy chiqindisiz texnologiyalarni joriy qilish Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan inqirozni bartaraf qilish dasturining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mustaqillika erishilgach, 1997 yilda gaz kondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan chet el ilg’or zamonaviy texnologiyalardan biri Fraksiya “Teknip” kompaniyasi texnologiyasiga ko’ra Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Zavodning umumiy quvvati yiliga 2,5 mln. tonna neft va gaz kondensati aralashmasini qayta ishlashga mo’ljallangan Respublikamizda neft kimyosi va organik sintez moddalar olishni ko’paytirish maqsadida 17 fevral 1998 yil “O’zbekneftegaz” va “ABB Lummus Global”(AQSh), “ABB Soimi”(Italiya), “Nisho Ivai”, “Toyo injiniring”(Yaponiya) kompaniyalari o’rtasida gaz kimyo majmuasini loyihalash, qurilmalarni etkazish, o’rnatish va ishga tushirish bo’yicha shartnoma imzolandi. 2001 yil oxirida Sho’rtan gaz kimyo majmuasi ishga tushirildi va 2002 yil 15 avgustidan birinchi o’zbek polietileni chiqarildi. Gaz kimyo majmuasi umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd. m 3 tabiiy gazni qayta ishlashga mo’ljallangan. Sho’rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan barcha polietilen mahsulotlari ekologik va gigienik sertifikatlarga egadir. Zavod maxsulotlariga 2005 yil Halqaro ISO-9001 sifat sertifikati berildi. Hozirgi vaqtda Sho’rtan GKM mahsulotlarining 70% i eksportga chiqarilmoqda. Ya’ni Ovropa mamlakatlari (Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya, Turkiya), Osiyo (Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari(Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Tojikiston) ga eksport qilinmoqda. Sohaning muhim rolini inobatga olib, mamlakatimiz rahbariyati neft va gaz sanoati rivojiga alohida ahamiyat qaratmoqda.O’tkazilayotgan geologik tadqiqotlar Buxoro, Xiva va Surxondaryo regionlarining yuqori istiqbolga ega ekanligini tasdiqladi. Boy zaxiralar aniqlangan Ustyurtda Surgil, Sharqiy Berdax, Uchsoy kabi yirik gaz konlari
ochildi. 2015-2019 yillarda “O’zbekneftgaz” MXK 50 dan ziyod investistion loyihalarni amalga oshirishni ko’zda tutgan. Surgil koni bazasida barpo etilayotgan 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlab, 400 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen ishlab chiqarish va mahsulotlarning asosiy qismi Yevropa, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlarida sotilishi ko’zlangan “O’zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi, Janubiy Koreyaning “Kogas”, “Lotte Petrochemicals” kompaniyalari va “Uz-Kor Chemicals” qo’shma korxonasi hamkorligidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi va Lukoil Uzbekistan Operaiting Company MChJ buyurtmasiga ko’ra Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan «Qandim – Xauzak – Shodi – Qo`ng`iorot» gaz konlari bazasida qurilishi tugallanayotgan gazni qayta ishlash zavodi (GQZ) kompleksini qurish Respublikamiz yoqilg’i – energetikasi sohasida yana bir muhim qadamlardan sanaladi. Respublikamizda yoqilgi energiyasiga bo’lgan talabni to’la qondirishda “O’zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi asosiy o’rin tutadi. Hozirda Respublikamizda jaxon sifat andozalariga mos keluvchi tayyor neft maxsulotlarini tashqi bozorga chiqarilyapti.
I.1. Neftning kimyoviy tarkibi va undan olinadigan mahsulotlar Neftni qayta ishlash sanoati xalq xo’jaligini yoqilg’i va surkov materiallariga bo’lgan ehtiyojini qondirib kelmoqda. Neftdan bitum, koks, parafinlar olinib, bundan tashqari neft - neft kimyosi uchun xom-ashyolar bazasi ham hisoblanadi. Neft och jigar rangdan qoramtir qo’ng’ir ranggacha tuslanuvchi yonuvchan, moysimon suyuqlik, 20 0 Sdagi zichligi 0,73 dan 0,95 g/sm 3 gacha bo’lgan, +20 0 S gacha
haroratda qotuvchi juda murakkab tarkibli turli uglevodorodlar va geteroatomli organik birikmalar aralashmasidan tarkib topgan murakkab kimyoviy aralashmadir. Neft bu – bir - biridan qaynash harorati bilan farq qiladigan turli uglevodorodlar (C=83-87 %, H=11-14 %, S=0,3–3 %, O=0,1–1,0 %, N=0,001–0,4 % shuningdek, juda kam miqdorda metalloorganik birikmalar shaklida vanadiy, nikel, temir, titan, kobalt, germaniy va boshqa elementlardan iborat bo’ladi), smola-asfalten mahsulotlari va tarkibida kam miqdorda oltingugurt, kislorod va azot saqlagan organik birikmalarining murakkab aralashmasidir. Neft odatda, qora rangli moysimon, yonuvchan suyuq modda bo’lib o’ziga xos hidi bor. U suvdan biroz engil va suvda erimaydi. Neft - asosan vodorod va ugleroddan tashkil topgan. Neftning tarkibini barcha uglevodorodlarning asosiy sinflari – parafinlar, naften uglevodorodlari, aromatik uglevodorodlar va ularning aralashmalari (parafin - naftenli, naften - aromatik va h.k.lar) tashkil qiladi. Neft xom ashyosi tarkibida to’yinmagan va olefin uglevodorodlari juda ham kam bo’ladi. Bu uglevodorodlar termik va katalitik jarayonlarda uglevodorodlarning kimyoviy parchalanishi oqibatida engil neft
mahsulot-larida hosil
bo’ladilar. Neft
uglevodorodlarining asosiy sinflari bir xil taqsimlanmagan bo’lib, ular neftning kelib chiqish tabiatiga bog’liq bo’ladi. Neftni qayta ishlash jarayonining birinchi texnologik zanjiri – neftni suvsizlantirish (tuzsizlantirish) jarayoni hisoblanib, bunda ELOU qurilmasida neft tarkibidan mexanik aralashmalar, suv va suv emulstiyalari, mineral tuzlar ajratiladi. Suvsizlantirilgan neft 350
o S haroratda qizdirilib ATda haydaladi va tarkibidan engil fraksiyalar ajratilib, qoldiq sifatida mazut qoladi. Jarayonnning asosiy qurilmasi rektifikastion kolonna bo’lib,
kolonnada neft muayyan bir haroratda haydalmasdan, balki kolonna balandligi bo’yicha berilgan haroratlar oralig’ida haydaladi (fraksiyalash). Neftning asosiy sifatini belgilaydigan xossasi - bu uning frakstion tarkibidir. Neftni atmosfera bosimida ATda haydalganda undan quyidagi fraksiyalar olinadi: b.q.h. 60 0 S - uglevodorod gazlari 170-200 0 S - benzin fraksiyasi – 180 0 S (205
0 S).
160-200 0 S - ligroin fraksiyasi 170-240 0 S - kerosin fraksiyasi 200-270 0 S - gazoyl fraksiyasi 240-350 0 S - dizel fraksiyasi 350 0 S dan yuqori haroratda haydaladigan fraksiya - mazut deyiladi. Bulardan tashqari turli oraliq fraksiyalar, misol uchun kerosin-gazoyl fraksiyasi 270- 300
0 S ham olinadi. ATda olingan barcha maxsulotlar kelgusida motor yoqilg’isi olish uchun yarim tayyor maxsulot hisoblanadi va qo’shimcha qayta ishlash (tozalash) jarayonlariga tayyor maxsulot olish uchun yuboriladi. Qoldiq mazut - yuqori haroratda qaynaydigan og’ir uglevodorodlar aralashmasidan iborat bo’lib, uni qayta ishlashda termik parchalanib ketmasligi uchun vakuum sharoitida haydaladi va quyidagi moyli fraksiyalar olinadi (moy distillyatlari): 350-420 0 S engil moy fraksiyasi (transformator distil.) 420-490 0 S o’rta moy fraksiyasi (mashina distil.) 450-490 0 S og’ir moy fraksiyasi (motor,turbina distil.) 490 0 S gudron (qoldiq fraksiya) Mazutni vakuumda haydab undan olingan moy distillyatlari kelgusida bir nechta texnologik jarayonlaridan o’tib sifati yaxshilanadi va tayyor mineral moylar ko’rinishiga olib kelinadi. Anna shu mineral moylar - motor yoqilg’ilarining asosini tashkil qiladi.
I.2. Suyuqliklarni haydash va aralashmalarni ajratish usullari Neft va gaz mahsulotlarini tahlinini engillashtirish maqsadida har xil usullar qo’llaniladi. Ulardan kimyoviy tarkibi va molekulyar massasi bo’yicha ajratishdir. Neftni ajratish va uning tarkibidan turli uglevodorod guruhlari va geteroatomli komponentlarni ajratish uchun kimyoviy va fizikaviy usullardan qo’lllaniladi. Bu usullar quyidagi-lardir. 1. Neftni haydash usullari. 2. Rektifikastiya usullari. 3. Ekstrakstiya usullari. 4. Absorbstiya. 5. Adsorbstiya usuli ularning turlari. 6. Kristallizastiya usuli. Kimyoviy usullar bir xil reakstiya qobiliyatiga ega bo’lgan komponent ajralishi fizikaviy usullarga quyidagilar kiradi.
Faza holati Oddiy usullar Murakkab usullar Gaz–gaz Membrana orqali diffuziya Gaz tashuvchilar diffuziya-si Gaz–suyuqlik Haydash va
rektifikastiya Suv bug’i bilan haydash absorbstiya, azeotrop rekti- fikastiya, ekstroaktiv Gaz–qattiq faza Vozgonka Adsorbstiya Suyuqlik suyuqlik Membrana orqali
diffuziya Ekstrakstiya Suyuqlik–qattiq faza
Kristallash Adsorbstiya, ekstrakstiya kristallash, adduktivlik kristallash
Keyingi vaqtlarda neft va gaz mahsulotlarini komponentlarga ajratish va ularni tozalashda kristallash, sublimatlash, ekstrakstiya va haydash usullardan foydalaniladi. Shuningdek neftning kimyoviy tarkibini tekshirish, uning murakkab tuzilishiga ega ekanligi, hamda har xil haroratlarda ularning har bir komponentining alohida qaynash harorati mavjud ekanligi ma’lum bo’lib qoldi. Neft komponetlarini, qismlarga bo’lish, hamda uni ajratib olishning bir qancha fizikaviy va kimyoviy usullari mavjud. Molekulyar massasi bo’yicha neft komponentlarini ajratib olish uchun asosan haydash usulidan foydalaniladi.
Haydashning eng muhim turlari quyidagilardir. 1. Oddiy bosim ostida haydash 2. Kichik bosim ostida haydash ya’ni vakuumda haydash. 3. Suv bug’i bilan haydash. 4. Murakkab haydash (rektifikastiyali haydash). Moddalarni qaynash harorati orasidagi farqi katta bo’lsa, ularni oddiy haydash usuli bilan ajratib olinadi. Avval past haroratda qaynaydigan modda ajratib, keyin yuqori haroratda qaynaydigan modda haydashda yoki qattiq modda ajralib kristallanib qoladi. Moddalarning qaynash haroratidagi farq unchalik katta bo’lmaganda, avval past haroratda qaynaydigan I modda haydaladi. Bu birinchi fraksiya deyiladi va uni alohida ajratib olinadi. Harorat ko’tarila boshlag’ich yiggich kolbani almashtiramiz, bunda harorat asta ko’tarilib, yuqori haroratda qaynaydigan (II modda) ham qo’shilib haydala boshlaydi bu II fraksiya deyiladi. Huddi shunday uchinchi marta harorat ko’tarilishi bilan yig’gich kolba almashtiriladi va toza ikkinchi modda ajraladi bu III fraksiyadir. Demak bunda avval I modda haydaladi, ya’ni aralashma uchta fraksiyaga bo’linadi. Bu fraksiyalab haydash deyiladi. Bosimni ikki marta kamaytirish moddalarning qaynash haroratini 14–20 0 S ga,
bosimni 10–20 mm. simob ustuniga kamaytirish esa moddaning qaynash haroratini atmosfera bosimidagiga qaraganda 80–120 0 S ga kamaytirishga olib keladi. Masalan: modda normal atmosfera bosimida 220 0 S da qaynasa, 380 mm simob ustinida 200–205 0 S da, 10–20 mm. Simob ustunida 200–205 0 S da 190 mm simob ustunida 185– 190 0 S da, 10–20 mm.simob ustunida esa 100– 120 0 S da qaynaydi. Neftni haydash. Tabiiy neft tarkibida hamma vaqt suv, mineral tuzlar va turli hil mexanik aralashmalar bo’ladi. Shuning uchun neftni haydashdan oldin suv, tuz va boshqa aralashmalardan tozalash maqsadga muvofiq bo’ladi. Laboratoriyada neftni haydash yo’li bilan birin-ketin fraksiyalarga ajratib, neft mahsulotlari olinadi. Bu usulni sanoatda tadbiq etib bo’lmaydi. Bu usul juda unumsiz, ko’p mablag’ sarflanadi va uglevodorodlarni molekulyar massasiga mos holda fraksiyalarga aniq ajratib berolmaydi. Neftni uzluksiz ishlaydigan naysimon asboblarda haydash usulida haydaladi. Qurilma ikkita asosiy qurilmadan – neft qizdiriladigan naysimon pech va
dektifikastiyalash kolannasidan iborat; bu kolonnada neft fraksiyalarga (distillyatlarga) – qaynash haroratlariga qarab, ayrim uglevodorodlar aralashmasiga benzin, ligroin, kerosin va boshqalarga ajraladi. Naysimon pechning ichida U shaklidagi uzun turboprovod joylashgan. Pech mazut yoki gaz yoqib qizdiriladi. Turboprovoddan neft to’xtovsiz o’tab turadi. Turboprovodda neft 320–350 0 S ga gacha isib, bug’ va suyuqlik aralashmasi holida rektifikastiyalash kollonasiga tushadi. 1.2–jadval Neftni haydash natijasida olinadigan asosiy fraksiyalar Fraksiyalar Fraksiyalarning qaynash chegarasi 0 S
molekulasidagi uglerod atomlarining soni Benzin 20 – 200 4 –12 Kerosin
175 – 275 9 –16
Gazoyl 200 – 400 15 – 25 Surkov moylari 300 dan yukori (vakuumda haydaladi) 20 – 70
Modda
% Metan
14 Etan
15 Propan
20 Butanlar 10 Etilen
4 Propilen 11 Butilenlar 10 Yukori uglevodorodlar 16 Jami
100 1.4–jadval Katalitik kreking gazlarining o’rtacha tarkibi (massa foizlarda) Modda
% Modda
% Vodorod
1,2 n–butilenlar 13 Metan
6,5 izobutilen 13 Etilen
1,7 n– butan 6,5 Etan
5,5 n–aminlar 5,75 Propilen 11 izoaminlar 1,2 Propan
12 pentanlar 23 Izobutilen 1,3
Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling