Kimyoviy texnologiya
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Polimerbenzin olish jarayoni asosiy jixozi konstrukstiyasi
Dizel
yonilg’isi-neftdan olinadigan suyuq yonilg’i; qisilishdan alangalanadigan ichki yonuv dvigateli (dizel) da ishlatiladi. Uch guruhga bo’linadi: 1) tezyurar transport dvigatellari va stastionar dvigatellar (aylanish soni minutiga 1000 va undan ortiq) uchun mo’ljallangan qovushoqligi past distillyat yonilg’i; 2) ko’p kuch tushadigan stastionar dvigatellar va kema dvigatellari (aylanish soni minutiga 600 dan 1000 gacha) uchun mo’ljallangan qovushoqligi o’rtacha distillyat yonilg’i (solyar moy); 3) sekin aylanadigan dvigatellar – stastionar va kema dvigatellari (aylanish soni minutiga 600 gacha) uchun mo’ljallangan qovushoqligi yuqori, og’ir frakstiyali yonilg’i. Dizel yonilg’isining eng muhim xossalaridan biri o’z-o’zidan alangalanish haroratidir; uning qanday yonishi haroratiga bog’liq. Yonilg’i sifati undagi stitan soni (o’z-o’zidan qanchalik tez alangalanishi) ga bog’liq. Uning o’z-o’zidan alangalanishini osonlashtirish va to’la yonishiga erishish uchun tegishli kimyoviy tarkibga ega bo’lgan xom ashyo tanlab olinadi. Dizel yonilg’isi sifati xom ashyoning yaxshi tozalanishiga ham bog’liq bo’ladi. Turli iqlim sharoitlari uchun qotish harorati, frakstiyasi tarkibi va boshqa ko’rsatkichlari bilan farq qiladigan (o’ta sovuq joylarga mo’ljallangan, qishki va yozgi) yonilg’i xillari bor. 1.3. Polimerbenzin olish jarayoni asosiy jixozi konstrukstiyasi Jarayonnini asosiyo jixozi reakror hisoblanadi. Jarayonni tashkil etish bo’yicha reaktorlar 3 guruhga bo’linadi: Davriy ishlaydigan reaktorlarda jarayonni hamma bosqichlari har xil vaqtda ketma ket kechadi. 1.1-rasm: Davriy reaktor. 1-qobiq; 2-g’ilof; 3-zmevik; 4-aralashtirgich; O’zaro ta’sirda moddalar konstentratstiyasining o’zgarish xarakteri reakstion hajmning hamma nuqtalarida bir xildir. Lekin, hajmning biror nuqtasi uchun vaqt bo’yicha turlicha bo’ladi. Bu turdagi qurilmada reakstiya davomiyligini bevosita o’lchvsh mumkin, chunki reakstiya vaqti va reakstion hajmda reagentlarning ta’sir vaqti bir xil. Davriy qurilmalarda texnologik jarayon parametrlari vaqt o’tishi bilan o’zgaradi. Bunday reaktorlar ish unumdorligi kichik va ularni avtomatlashtirish hamda rostlash qiyin. Uzluksiz ishlaydigan reaktorda kimyoviy aylanish jarayonining hamma bosqichlari parallel va bir vaqtda yuz beradi. O’zaro ta’sirdagi moddalar konstentrastiyasining o’zgarish xarakteri xar bir daqiqada reakstion hajmning turli nuqtalarida xar xil. Lekin hajmning biror nuqtasi uchun vaqt bo’yicha o’zgarmasdir. Bu turdagi qurilmada reakstiya davomiyligini bevosita o’lchash mumkin emas, chunki uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda reakstiya vaqti va reakstion hajmda reagentlarning ta’sir vaqti turlicha. Umumiy xolda, moddalarning reastorlarda bo’lish vaqti aralashtirish intensivligi oqimlar tarkibiga bog’liq va har bir qurilma uchun alohida bo’ladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling