Mavzu: Kuchsiz elektrolitlarning dissosiasiyalanish darajasi (α) va konstantasini (KD) aniqlash
Ishning maqsadi: Eritmalar elektrokimyosi bo‘yicha sifat va miqdoriy tekshirishlarni o‘tkazishda talabalarning bilim va amaliy mahoratlarini rivojlantirish. Ilmiy ma’lumotnomalarda keltirilgan axborotlardan foydalanib, kuchsiz elektrolitlarning elektr o‘tkazuvchanligini aniqlab, ularning dissotsiatsiyalanish darajasi va konstantasini hisoblash.
Eritmalarda qisman yoki to‘liq ionlarga ajraladigan kimyoviy birikmalar elektrolitlar deb nomlanadi. Kuchsiz yoki kuchli elektrolitlar mavjud. Kuchli elektrolitlar deyarli to‘liq ionlarga dissotsiyalanadi. Kuchsiz elektrolitlar eritmalarida ionlar orasidagi ta’sirlashuv kuchi ular qisman dissotsiyalangani uchun kuchsizroq.
Mavzuni asoslash: Elektrolit eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligini tajribada aniqlash; kislota, asos, tuz eritmalarini konduktometrik titrlash asosida eritma konsentratsiyasini aniqlash, kuchsiz elektrolitlar dissotsialanish darajasi va ionlanish konstantasini, suv ion konsentratsiyalarining ko‘paytmasini aniqlash, erituvchida yomon eriydigan tuzlarning eruvchanlik konsentratsiyasini konduktometrik usulda aniqlashlar – kimyo sanoatida muhim ahamiyatga egadir.
Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli qurilma va reaktivlar: Reoxord ko‘prigi R-38, 0,02 n KCl, turli konsentrasiyadagi CH3COOH eritmalari, elektrodlar tushirish uchun idish.
L aboratoriya ishini bajarish tartibi:Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash uchun reoxordli ko‘prik R-38 qo‘llaniladi (VI.1-rasm).
VI.1-rasm. Reoxord ko‘prigi R-38 qurilmasining tuzilish sxemasi
1-elektr oqimi manbaiga ulanish qismi,
2-asbobga elektr kelayotganini bildiruvchi indikator lampochkasi,
3-asbobmi ishga tushirish tugmachasi,
4-qarshiliklar magazini;
5-galvonometr,
6-galvonometr tugmachasi,
7-nomalum qarshilikka ega eritma solingan elektrod simlari ulanish joylari,
8-reoxord shkalasi,
9-reoxord kuprigining tugmachasi,
10-elektrodlar tushirilgan idish,
11-stakan.
Eritmaning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
bu yerda ℓ/Ѕ = C – idish doimiysini beradi.U holda VII.5 formuladan bo‘ladi.
ℓ/S nisbat faqatgina elektrodlar o‘lchami va ularning bir-biriga nisbatan qanday joylashganligiga bog‘liq. Idish doimiysini aniqlash uchun elektr o‘tkazuvchanlik o‘lchanayotgan idishga pipetka yordamida 40ml 0,002N KCl eritmasi quyiladi. Termostatda 25°C da 15 minut ushlab turiladi, so‘ng RKCl aniqlanadi. KCleritmasi uchun 25°C dagi solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik (χKCl) qiymatini jadvaldan olib
Do'stlaringiz bilan baham: |