Kimyoviy-texnologiyalar fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «analitik fizik kolloid kimyo»


Download 2.09 Mb.
bet100/115
Sana25.10.2023
Hajmi2.09 Mb.
#1721420
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

Laboratoriya ishi № 27.
Mavzu: Individual suyuqlikning molyar bug‘lanish issiqligini aniqlash
Ishni bajarishdan maqsad: Suyuq moddalarning yashirin molyar bug‘lanish issiqligini aniqlashdan iboratdir.
Suyuqlikning bug‘ bosimi atmosfera bosimiga tenglashganda qaynash jarayoni boshlanadi. Suyuqlik isitilganda uning bug‘ bosimi oshadi va ma’lum haroratda bug‘ bosimi tashqi atmosfera bosimiga tenglashadi, demak, suyuqlikning qaynash haroratida bu ikkala bosim tenglashadi. Agar tashqi bosim o‘zgarsa, qaynash harorati ham o‘zgarishi kerak, chunki turli tashqi atmosfera bosimiga suyuqlikning bug‘ bosimi tenglashishi uchun, u turli darajada isitilishi kerak. Masalan, tashqi atmosfera bosimi bir atmosferaga teng bo‘lsa, suv 100°C da qaynaydi. Tog‘larda tashqi bosim bir atmosferadan kam, shunga ko‘ra u yerlarda suv 100°Cdan pastroqda (89°C) qaynaydi.
Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli qurilma va reaktivlar: Sovutgich, vakuum-nasos, manometr, jo‘mrak,bufer idish, isitgich, termometr, benzol yoki toluol.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: qaynash jarayonini turli bosim ostida olib borib, bu chog‘da qaynash haroratining o‘zgarishini o‘lchash orqali yashirin bug‘lanish issiqligini hisoblab topish mumkin. Bu vazifani amalda bajarish uchun tashqi bosimni o‘zgartira olishga imkon beradigan qurilma kerak. Shunday moslama 3.1 - rasmda ko‘rsatilgan.
M
oslama yig‘ilgandan so‘ng, 5-jo‘mrak berkitiladi. Sovitgichga (4) suv yuboriladi. So‘ng, 8-jo‘mrakni ochib, vakuum-nasos yordamida tuzim ichidan havo tortib olinadi va manometrda simob ustunlarining farqi mumkin bo‘lgan darajada katta bo‘lgandan so‘ng, 8-jo‘mrak yopiladi. Suyuqlik (1)isitila boshlanadi va termometr o‘zgarishini kuzatib, qaynash harorati aniqlanadi. So‘ng 5-jo‘mrakni juda ham ohistalik bilan ozgina ochib, tuzimga tashqaridan havo kirgiziladi (manometrda bosim 10-20 mm o‘zgarsin).
3.1 – rasm. Tajriba uchun ishlatiladigan qurilma sxemasi

  1. tajriba uchun olingan suyuqlikni isitish uchun idish,

  2. termometr,

  3. qizdiruvchi (elektr plitasi),

  4. sovitgich,

  5. tuzimni atmosfera bilan bog‘lovchi jo‘mrak,

  6. manometr,

  7. bufer idish (bosim tekis o‘zgarishini ta’minlaydi),

  8. tuzumni vakuum-nasos bilan birlashtiruvchi jo‘mrak (havoni so‘rib olishda ishlatiladi).

  9. havo so‘rib oluvchi nasos

Bu bosimda yana qaynash harorati aniqlanadi. Shunday qilib suyuqlikning qaynash harorati bir necha xil bosimda o‘lchash mumkin. Tajriba tamom bo‘lganda (5) va (8) jo‘mraklar ochilishi kerak.

Download 2.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling