Kimyoviy-texnologiyalar fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «analitik fizik kolloid kimyo»


Download 2.09 Mb.
bet96/115
Sana25.10.2023
Hajmi2.09 Mb.
#1721420
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   115
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

Kalorimetr issiqlik sig‘imini aniqlash
Kalorimetrik usulda moddalarning erish issiqligini aniqlash uchun shu kalorimetrik sistemaning issiqlik sig‘iminikalorimetrning hamma qismlarini bir gradusga isitish uchun ketgan issiqlik miqdorini (kalorimetr doimiysini)aniqlash kerak. Kalorimetrning issiqlik sig‘imini aniqlash uchun shu kalorimetrdagi eritma va u bilan bevosita aloqada bo‘lgan kalorimetr qismlarining issiqlik sig‘imlarining yig‘indisini olish mumkin.
Ck=∑miCi
bu yerda, mi– eritma va asbob qismlarining massasi; Ci– ularning solishtirma issiqlik sig‘imlari.
Ya’ni, bu kattalik kalorimetrni termometr, aralashtirgich, suv va tuz bilan birgalikda 1ºC isitish uchun kerak bo‘lgan issiqlik miqdori (J/grad).
1-jadvalda ayrim moddalarning issiqlik sig‘imlari qiymatlari keltirilgan bo‘lib, kalorimetr issiqlik sig‘imi (Ck)ning qiymatini topish uchun shisha idish, aralashtirgich va eritmaning issiqlik sig‘imlarini ularning massalariga ko‘paytirib, yig‘indisi olinadi.

Bu yerda:
Csh – shishaning solishtirma issiqlik sig‘imi
mshichki shisha idish massasi;
Car – aralashtirgichning solishtirma issiqlik sig‘imi;
mar– aralashtirgichning massasi;
Csuv– suvning solishtirma issiqlik sig‘imi (erituvchi suv bo‘lsa);
msuv– suvning massasi (o‘ta aniqlik talab qilinmaganida, eritmaning issiqlik sig‘imi suvning issiqlik sig‘imiga teng deb qabul qilish mumkin);
V– termometrning suyuqlikka botib turgan hajmi;
0,46 – shisha va simobning o‘rtacha solishtirma issiqlik sig‘imi.



I.2-rasm. Termometrning botib turgan qismining hajmini aniqlash
Termometrning eritmaga botirilgan qismining issiqlik sig‘imi 1,92 J/grad. ga teng. Termometrning eritmaga botirilgan qismining hajmini (∆V) bilish uchun uni oddiy suvga botirib turib, suyuqlikning ko‘paygan qismining hajmi o‘lchab olinadi:

Download 2.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling