Ishning bajarilish tartibi. ~ 0,1 n Trilon-B eritmasi buretkaga quyiladi. Titrlash kolbasiga pipetka yordamida 20.00 ml 0,05000 n MgSO4 eritmasidan olib ustiga 5 ml ammiakli bufer va 20-30 mg quruq indikator — Qora erioxrom-T qo‘shiladi. Aralashmaning rangi qizildan ko‘k rangga o‘tguncha buretkadagi Trilon-B eritmasi bilan titrlanadi. Tajriba uch marta takrorlanadi. Olingan natijalar jadval ko‘rinishida yoziladi.
T/r
|
V MgSO4, ml
|
V T.B , ml
|
Indikator
|
1.
|
20,00
|
|
Qora erioxrom-T
|
2.
|
20,00
|
|
3.
|
20,00
|
|
Trilon-B ning titri quyidagi formulalar asosida hisoblanadi:
1. N1∙V1 = N2 ∙V2 yoki Nt.b = NMgSO4 ∙ VMgSO4/ Vo‘r T.B
2. T T.B = E T.B ∙ N T.B/ 1000
3. T T.B / Mg2+ = E Mg2+∙NT.B / 1000
2-ish. Suvning qattiqligini aniqlash
Kerakli asbob-uskunalar va reaktivlar: shtativ; 25,00 ml li byuretka; 0,1000 n Trilon-B eritmasi; 3 dona 100 ml li titrlash kolbasi; qora erioxrom-T; ammiakli bufer eritma.
Suvning qattiqligi 1,0 litr suvda bo‘lgan kalsiy va magniy ionlarining milligramm - ekvivalent miqdori bilan ifodalanadi. Suv tarkibidagi Ca2+ va Mg2+ ionlari kompleksonlar bilan barqaror kompleks birikmalar hosil qiladi. Shuning uchun suvning qattiqligini kompleksonometrik usul bilan aniqlash juda qulay.
Do'stlaringiz bilan baham: |