Kimyoviy-texnologiyalar fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «analitik fizik kolloid kimyo»
Download 2.09 Mb.
|
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eng ko‘p ishlatiladigan bufer aralashmalar 15- jadval
- Ba’zi indikotorlarning xossalari. 16- jadval
- Kislota shakli Asos shakli
- I-VI guruh k а ti о nl а r а r а l а shm
- I-VI guruh kationlari aralashmasini analiz qilish tartibi (cho‘kmasiz eritma)
- Dastlabki tekshirishlar.
- II analitik guruh reagentlarini ajratish va aniqlash.
14-jadval
Eng ko‘p ishlatiladigan bufer aralashmalar 15-jadval
Ba’zi indikotorlarning xossalari. 16-jadval
I-VI guruh kаtiоnlаr аrаlаshmаsi аnаlizi Analiz qilinayotgan obyektning xususiyatiga hos ravishda suvli eritma cho‘kmasiz yoki suvli eritma cho‘kmali bo‘lishi bilan bog‘liq sistematik analiz qilish metodi tanlanadi. I-VI guruh kationlari aralashmasini analiz qilish tartibi (cho‘kmasiz eritma) Analiz qilinayotgan eritma rangli yoki rangsiz bo‘lishi mumkin. Eritmani rangli bo‘lishi ma’lum kationlarni mavjudligidan dalolat beradi. Agar eritma rangsiz va tiniq bo‘lsa, bunda eritmada Cr3+, Fe3+, Cu2+, Co2+, Ni2+ ionlarining yo‘qligini bildiradi. Ayrim dastlabki xulosalarni eritmaning pH muhitini o‘lchash orqali ham qilish mumkin. Masalan: suvli eritmaning pH muhitini universal indikator qog‘ozini har xil rangga kirishi orqali aniqlash mumkin. Agar eritmaning pH=2-4 oraliqda bo‘lsa (eritmada cho‘kma bo‘lmasa) unda ushbu eritmada qalay (II), qalay (IV), surma (III), surma (V), vismut (III), simob (II), temir (III) ionlari bo‘lmaydi. Analiz qilinuvchi eritma odatda uch qismga bo‘linadi. Birinchi qismi dastlabki analiz uchun ishlatiladi, ikkinchi qismi sistematik analiz uchun, uchunchi qismi kontrol eritma sifatida saqlanadi. Dastlabki tekshirishlar. Analiz qilinuvchi eritmaning uncha katta bo‘lmagan qismlaridan II-VI guruh kationlarini guruh reagentlari – HCl ni suvli eritmasi, H2SO4 ni suvli eritmasi, H2O2 ishtirokida NaOH ni suvli eritmasi, 25 % li ammiak eritmasi orqali u yoki bu guruh kationlari borligi aniqlanadi. Bundan tashqari analiz qilinuvchi eritmadan ayrim Fe2+, Fe3+, Cr3+, Cu2+, I guruh kationlari o‘ziga hos reaksiyalar orqali ochiladi. Dastlabki tekshirishlar orqali aniqlangan guruhlarni guruh reagenti orqali ajratiladi. II analitik guruh reagentlarini ajratish va aniqlash. Agar eritmada II analitik guruh kationlari (Ag+, Pb2+va [Hg22+] ) bo‘lsa, unda ularni HCl kislota orqali xloridlar holida AgCl, PbCl2, Hg2Cl2 oq rangli cho‘kma holida cho‘ktiriladi va II guruh kationlari aralashmasini analiz qilish tartibi bo‘yicha analiz qilinadi. Pb2+ ionini ochish. Cho‘kma 6-8 tomchi issiq suvda yuviladi va sentrifugalanadi. Sentrifugatga KI eritmasi ta’sir qildirilganda sariq cho‘kma tushsa Pb2+ ioni borligini ko‘rsatadi. Download 2.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling