Kimyoviy-texnologiyalar fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «analitik fizik kolloid kimyo»


Download 2.09 Mb.
bet78/115
Sana25.10.2023
Hajmi2.09 Mb.
#1721420
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

MIQDORIY ANALIZ
Tekshirilayotgan modda tarkibini tashkil etgan element yoki ion (yoki komponent)lar miqdorini aniqlashga imkon beruvchi usullar to‘plamiga miqdoriy analiz usuli deb ataladi.
Miqdoriy analiz usullari tajriba mashg‘ulotlarini bajarishda ishlatiladigan asboblarga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
1.Gravimetrik (tortma) analiz.
2.Titrimetrik analiz.
3.Gaz analizi.
4.Fizik-kimyoviy (yoki instrumental) analiz.


Tortma (gravimetrik) analiz

Miqdoriy analizning aniqlanadigan modda miqdorini tekshiriladigan namuna massasini o‘lchash bilan olib boriladigan aniqlash usuliga gravimetrik analiz usuli deb ataladi.


Gravimetrik analiz uch:

  • Ajratish

- cho‘ktirish
- haydash us­ullariga bo‘linadi.
Ajratish usulida aniqlanayotgan modda aralashmadan ajratib tozalanadi va massasi analitik tarozida tortiladi. Masalan, temir bilan oltingugurt aralashmasidan temirning magnitga tortilish xususiyatidan foydalaniladi.
Cho‘ktirish usulida aniqlanadigan modda kimyoviy reaksiya yordamida tarkibi aniq bo‘lgan qiyin eriydigan birikma holida cho‘ktiriladi. Bunda cho‘kma qizdirilib tarkibi aniq bo‘lgan boshqa moddaga aylantiriladi va shu moddaning massasi analitik tarozida tortilib modda miqdori aniqlanadi. Masalan:
2Fe3++6OH → 2Fe(ОН)3 → Fe2O3 + 3H2O
Aniqlanadigan cho‘ktiriladigan tortiladigan
modda shakl shakl
Haydash usulida aniqlanadigan modda uchuvchan birikma holida haydaladi. Bunda aniqlanadigan modda qizdirish yoki boshqa modda (reaktiv) ta’sirida uchuvchan birikma hosil qiladigan holatga o‘tkazish bilan ajratiladi. Haydash usullari to‘g‘ri va teskari bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ri haydash usulida aniqlanadagan modda biror o‘ziga xos yutuvchiga yutiladi va yutuvchi massasining oshishiga qarab aniqlanadigan moddaning miqdori hisoblanadi:
CaCO3 +2HC1 → CaC12 + H2О + СО2
2NaOH+CO2 → Na2CO3 + H2О
Teskari haydash usulida.aniqlanadigan modda to‘liq parchalangandan keyin qolgan massasi o‘lchanadi. Haydashdan oldingi va keyingi massalar farqi aniqlanadigan modda miqdorini hisoblash imkonini beradi.
Tortma analizning afzalligi — aniqligi yuqoridir.
Kamchiligi — aniqlash ko‘p bosqichli bo‘lgani uchun ko‘p vaqt talab qiladi.



Download 2.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling