Kimyoviy tizimda oksidlanish-qaytarilish muvozanati va unga ta`sir etuvchi omillar. Nernst tenglamasi. Reja


Oksidlanish qaytarilish reaksiyasining elektr yurituvchi kuchi (E.Yu.K.)


Download 244.35 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2023
Hajmi244.35 Kb.
#1144274
1   2   3   4   5
Bog'liq
Оксидланиш кайтарилиш

Oksidlanish qaytarilish reaksiyasining elektr yurituvchi kuchi (E.Yu.K.)

  • O.Q.R.-da qatnashayotgan oksidlovchi va qaytaruvchi redoks juftlar standart potensiallar qiymatlarining farqi O.Q.R.-ning elektr yurituvchi kuchi deb ataladi
  • E.YU.K. = E0oksidlovchi – E0qaytaruvchi
  • E.Yu.K. noldan katta bo‘lsa reaksiya to‘g‘ri va noldan kichik bo‘lgan xolda teskari yo‘nalishda ketadi 2Fe+3 + Sn+2 → 2Fe2+ + Sn4+ reaksiyasi uchun
  • E.Yu.K. = E0Fe3+/Fe2+ – E0Sn4+/Sn2+ = 0,77 – 0,15 = 0,62 volt
  • Jadvallarda keltirilgan standart potensial:
  • Redoks juftning oksidlangan va qaytarilgan shakllari konsentratsiyalari o‘zaro teng. [ox] = [red]
  • Vodorod ionlari fa’olligi 1mol/dm3 ya’ni pH=0 bo‘lgan xolatda o‘lchangan bo‘lib, bunday standart sharoitdan tashqari boshqa xolatlarda o‘lchangan potensial – muvozanat potensiali deyiladi.

Muvozanat potensiali Nernst tenglamasi asosida xisoblanadi

  • Muvozanat potensiali Nernst tenglamasi asosida xisoblanadi
  • Em = E0 ± RT/nF · aox/ared
  • R = 8,3 joul/mol; F = 96500 kulon aox, ared oksidlan-gan va qaytarilgan shakl fa’olliklari.
  • 20o – uchun, natural logarifmni o‘nli logarifmga aylantirilsa Nernst tenglashmasi quyidagi qulay ko‘rinishga keladi. n – elektronlar soni
  • Em = E0 + 0,059/n · lg aox/ared
  • aox = ared bo‘lganda
  • Em = E0 bo‘ladi
  • E.YU.K. algebrik ishorasi asosida reaksiya yo‘nalishini bashorat qilish mumkin, E.YU.K. qiymat 0,4 voltdan katta bo‘lgan reaksiyalar tez va oxirigacha boradi.

O.Q.R. – muvozanat doimiysi

  • O.Q.R. yo‘nalishi E.Yu.K. ishorasidan bog‘liq bo‘lsa, reaksiyaning unumi, (qanchalik to‘liq, oxirigacha borishi) kimyoviy muvozanat doimiysiga bog‘liq.
  • Barqaror muvozanat xolatda, muvozanat doimiysi (K) standart potensial (E0) bilan quyidagicha bog‘langan
  • lnK = nF/RT ·E0E.YU.K. · (E0 = E10 – E20) (n – tenglashgan elektronlar soni)
  • E0E.YU.K. = RT/nF · lnK lgK = n/0,059 · E0E.YU.K va
  • E0E.YU.K = 0,059/n · lgK
  • Xulosa. Reaksiyani oxirigacha borishi ya’ni muvozanat doimiysi (K) qiymatini katta bo‘lishi O.Q.R.da qatnashayotgan redoks juftlar standart potensiallarining ayirmasi (E.Yu.K.)ga bog‘liq

Download 244.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling