Kimyoviy yotqiziqlar


Yotqiziqlar tarkibi, chidamliligi, arxeologiyadagi o’rni


Download 63.89 Kb.
bet3/7
Sana15.06.2023
Hajmi63.89 Kb.
#1486315
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KIMYOVIY YOTQIZIQLAR

2.2 Yotqiziqlar tarkibi, chidamliligi, arxeologiyadagi o’rni
Yotqiziqlar qoyalar turlari va minerallar tuzilishi keng ko’rinishini namoyon qildi. Bu moddiy manbaning vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun geologlar geologic landshaftlarni rekonstruksiya qilishadi. Yotqiziqlarning ko’pchiligi makon va zamonda o’zgarib turadi. So’nggi vaqtlarda bir qancha minerallar boshqalariga nisbatan ta’sirchanroq hisoblanadi va shuning uchun qadimiy yotqiziqlarda ular kam davomiy bo’lishadi. Natijada qisqacha yotqiziqlarning tarkibi, ya’ni tuzilishi ikkinchi jarajon tomonidan ta’sirlanadi ( masalan, tuproq shakllanishi, ob- havoning o’zgarishi ), ya’ni kimyoviy minerallar sababli yotqiziqlarning tosh qotgan skeletlari yoki yotqiziqlarning massalari ichida ko’plab kimyoviy moddalar ( biroz ko’tarilgan hududlar va qattiq jismlar ) shakllanadi. Ikkinchi minerallar to’plami karbonatni ( kalsiy, aragonit ), silikatlarni ( mikrokristal kvars va opal ), sulfatlarni ( gips, bariy ) va temir oksidini (limonit va gozit ) taqozo etishi mumkin.
Tuzilishida individual toshlarning xossalarini nazarda tutadi va bular boshqa o’ziga xos xususiyatlarga o’xshaydi, bularning har ikkalasida tasvirlash va tushunish darajasi mavjud. Asosiy va mavjud xususiyatlardan biri bu toshning o’lchami va bundan ham geologlar, ham arxeologlar foydalanishida va aniq tushunishadi. Bu qatlam tosh qotganda boshqasi qumga ko’miladi. Arxeolog va geologlar har bir narsaning rasmiy nomi va aniq o’lchamini, ya’ni chang zarrasining mikro o’lchamidan (1m=0,001mm ) tortib birb necha metrli xarsang toshlarning o’lchamigacha bilishlari kerak.
AQSHda geologlar foydalanadigan umumiy tosh o’lchami ½ ning doimiy nisbatlari mavjud bo’lgan guruhlar o’rtasidagi me’yorlar bilan geometrik o’lcham masshtabi belgilangan. Botqoqlik bilan gil o’rtasidagi o’lcham 3,9 mm ni tashkil etadi va qum bilan botqoqlik o’rtasida esa 62,5 mm ni tashkil qiladi. Natijada tuproqshunos olimlar (Amerika va Buyuk Britaniyada) qum/balchiq va balchiq/gil o’rtasidagi turli o’lchovlardan foydalanishadi. Amerika tuproqlari uchun 50 va 2 mm o’rtasidagi materiallarni botqoqlik o’z ichiga olsa, Buyuk Britaniyada bu 69-3- 2 mmni taskil qiladi. Bu farqlar hisobot va xaritalardagi hisoblangan sanalar uchun eng asosiy qism hisoblanadi. Garchi tosh o’lchami analizlari uchun metodlar belgilangan bo’lsada, biz yotqiziqlarda turli xil o’lchamdagi zaralarning aralashib yotganini ko’rishimiz mumkin. Tarkiblarning turli aralashmalarida turli xil nomlar bor, jumladan, “qumli gil” yoki “balchiqli qum” lar o’zgarib turadi. Qo’shimcha ma’lumot sifatida, tuproqshunos olimlar qo’shimcha unumdor tuproq atamasidan foydalanishadi: 52 foiz qum, 28-50 foiz balchiq va 7-27 foiz gildan iborat. Aksariyat qumli balchiqli va gilli unumli tuproqlar unumdor darajasiga kiritiladi. Geologik qatlam uchun balchiqli unumdor tuproq ekvevalenti yotqiziq klassifikatsiyasi chizmasida foydalanishga bog’liq bo’lgan “qumli balchiq” yoki “balchiqli qumli gil” darajasiga kiritiladi. Turlash – bu bir guruhni o’z ichiga olgan turli o’lchovdagi sinflarning soni foiziga tegishli bo’lgan atama. Ayniqsa, u taxminan o’rtacha o’lchamning statistikal buzulishiga aloqador bo’ladi. Bir zarracha o’lchamining ko’pligi eng yaxshi yotqiziqni ifodalaydi. Eng yaxshi xarakterli tur hisoblanadigan sohil va qum tepalik qumlar shamolli chang qatlamdir va kulrang tuproqdek mashhurdir. Past navli yotqiziqlar turli xil zarrachalar o’lchamlarining bir nechta sonidan tashkil topgan. Qiyalik va qiroldi qatlamlarga ko’chadigan yotqiziqlarning massasi bo’lgan yonbag’irlik qatlamlar eng past navli qatlamlar hisoblanadi. Zarracha shakli silliq toshlar va qum o’lchamli toshlar uchun xos hisoblanadi. U boshqacha tasvirlovchi parameter va tosh indikatori va yotqiziq tarixidir. Shaklning 3 ta aloqador bo’lagi umumiy ko’rib chiqiladi. Shakl toshning umumiy ko’rinishini likopcha yoki disksimon toshlar tashkil etadi, ya’ni speraning shakliga yaqin o’lchamlar: tosh uzunligi, kengligi, qalinligi e’tiborga olinadi, ya’ni qalinligi uzunligi yoki kengligiga nisbatan kamroq bo’ladi. Boshqa bir tomondan dumaloqlik toshning beso’naqayligi bilan bog’liq bo’lib, burchaklariqirrqalariga aloqador bo’ladi. Nihoyat tuzilishning tashqi ko’rinishi toshning chuqurligi, ya’ni notekisligi, mikro siniqlariga o’xshagan mikrotopografik ko’rinishlarni taqozo etib, toshlar g’adir budurlikdan siniqlikka o’zgarib borishi mumkin.
Iordan vodiysida Ubeydiyaning quyi paleolitiga oid 126- qatlamida shag’altosh va silliqtoshlarning ko’rinishini o’rganish, tahlil qilish muhim bo’lgan. Morfometrik tahlillar ( shakli, o’lchami, dumaloqligi ) va Galeliy dengizidagi zamonaviy qirg’oqbo’yi silliqtoshlari bilan taqqoslanganda turli natijallarni ko’rsatadi. Bu xilma xillik muhim emas, balki bu shag’allar inson yashagan hududlarda sohillarda, daryo bo’ylarida bo’lgan. Biroq shag’al qatlamining o’zgarmas qalinligi antropogen ta’sirning oqibatidir. Yuzasining tekisligini o’rganish qum o’lchamli zarralarini nazarda tutadi. Ikkilamchi kimyoviy moddalar optika va elektronika mikroskoplarida ko’rinadi. Qo’pol va siniq belgilar ko’chish davomida kuzatiladi. Chunki biogenetik o’zgarishlar tez sodir bo’ladi. Hozirgi paytda electron skaner mikroskoplarda kvars tosh qurollari yuzasidagi turli belgilarni o’rganishni osonlashtiradi. 1985- yilda Bull va Goldberg tomonidan Tuban g’oridagi paleolit davrining quyi va o’rta bosqichi manzilgohida kvars qumtoshning yuza tahlili amalga oshirildi. Ular quyi paleolitga oid F va G qatlamlaridan genetik yuza xususiyatlarini ko’rsatadigan basalt qatlamini topishgan. O’rta qismida quyi paleolitga oid qatlam ko’rinishlari saqlab qolingan. Yuza qismidagi o’rta paleolitning D, B qatlamlaridagikvars toshlar birozgina o’zgarib qolganligi malum. 4
MUZLIK YOTQIZIQLARI
Muzlik yotqiziqlari- muzliklarning erishidan hosil bo’lgan suv oqimi yotqiziqlaridir. Bu yotqiziqlar morena fluvioglatsial va ko’l muzligi cho’kindilaridan iborat. Bu yotqiziqlar bo’lakli materillar tarkibiga ko’ra gil va mergel xarsang toshlari, shag’al, qum, qumtosh, qumloq tuproq, lentasimon gil va boshqalardan iborat.
Muzlik yotqiziqlarining hosil bo’lishi hozirgi yoki qadimiy tog’ muzliklari va materik muz qoplamlari bilan genetic bog’liq bo’lgan geologic yotqiziqlarning katta guruhi. Muzlik ( glatsial yoki morena ) va suv- muzlik yotqiziqlariga bo’linadi. Muzlik yotqiziqlari muzlik o’rnida muz bilan keltirilgan qattiq jinslardan vujudga keladi. Har xil o’lchamdagi bo’sh tog’ jinslari, valunlar, qumtoshlar, qum va hokazolardan iborat. Suv- muzlik yotqiziqlari muzlik ichida va chekkalarida erigan suv oqimi bilan hosil bo’lgan. Muzlik yotqiziqlarning barcha turlari murakkab birikmadir. Antropogen davrda katta materik muzliklari bepoyon maydonlarni qoplab yotgan.
Dengiz dengizorti yotqiziqlari va cho’kmalar tuzilishi.
Daryo yotqiziqlari yotqiziqlarning eng muhim qismi bo’lib, saqlanib qolishi holati haqidagi ma’lumotlarni aks ettiradi. Garchi bu nazariyada, invidual davriy yotqiziq o’zgarmas fizik hodisa ostida birlashsa-da, u individual voqea va hodisalarni o’rganish uchun qiyin va imkonsiz.
Dengiz yotqiziqlari- morfologik qismlar yuzasi bo’lib, u dengizdagi yotqiziqlar va oqim ta’sirida, suv yoki havo sababli paydo bo’ladi. Yotqiziqlarga o’xshash misollarni sohil suvlarining mavjlanishida va dengiz qumtepaliklarida kuzatishimiz mumkin. Yotqiziqlar yuzasida mayda zarralarning birlashishidan tashkil topgan cho’kmalarning tuzulish shakli uning ko’rinishini hosil qiladi. Hozirgi bir yo’nalishdan oquvchi suv izlari daryo shakllarining kichkina ko’rinishi hisoblanadi.
Yotqiziqlar va tuproqlarda aniqlangan boshqa tuzilmalar qatlamsiz bo’lib ularda fizik, kimyoviy yoki biologik hodisa voqealar, haqiqiy qatlam bilan birga bir nechta sinxronlar ishlab chiqiladi. Ularga muz erishidan ( ya’ni darz ketgan muz parchalari, sovuq sababli paydo bo’lgan ) vujudga kelgan parchalar kiradi.


Download 63.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling