Kino va adabiyot. Kino va teatr
Kino san’atining texnikaviy va badiiy asoslari
Download 43.58 Kb.
|
kino san'ati
Kino san’atining texnikaviy va badiiy asoslari
San’atning yangi turi bо‘lgan kinoning vujudga kelishi va rivojlanishi fan, texnika taraqqiyoti hamda ungacha bо‘lgan san’at turlarining erishgan yutuklari bilan bog‘liqdir. Kinoning paydo bо‘lishiga bir qator kashfiyotlar ham sabab bо‘ldi. XIX asrning oxirlarida odamlar turmushiga elektr quvvati kirib keldi, kimyo fani rivojlandi, u fotografiya (surat olish)ning paydo bо‘lishiga, keyinroq esa plyonkani ixtiro kilishda (1887 yil) katta rol о‘ynaydi. Bо‘lajak kino uchun J. Plato ixtiro etgan harakatlanuvchi rasmlarga ega bо‘lgan apparat, Edisonning harakatni plyonkaga uzatuvchi apparata muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni vaqtda proyeksion apparatni ham yaratish yuzasidan tajribalar olib borildi. Bir qancha mamlakatlarda (AQSH, Germaniya, Fransiya, Rossiyada) kinoni kashf etish yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan izlanishlar olib borildi va asosiy texnikaviy kashfiyotlar qilindi: suratga oluvchi va kursatuvchi (syomka va proyeksion) apparatlar yaratildi, maxsus kinoplyonka ishlab chiqildi. Xuddi mana shu narsalardan ixtirochi aka-uka L. va O. Lyumyerlar (1895 yil 28 dekabr) Parijda "Poyezdning kelishi", "Jiqqa hо‘l sug‘oruvchi", "Bolani ovqatlantirish" nomli dastlabki filmlarni suratga olish va namoyish qilish uchun foydalandilar. Ushbu kun kino san’atining vujudga kelish kuni hisoblanadi. Kinoning san’at turi sifatida shakllanishida an’anaviy san’atlar ham sezilarli ta’sir kо‘rsatdi. Qadim zamonlarda jahon xalklari qoyalarga chizib qoldirgan rasmlar, miniatyuralar, XVIII va X1Xasrlarda esa grafikaning rivojlanishi, rangtasvir va nihoyat, fotografiyaning paydo bо‘lishi — bularning hammasi makon va vaqt, harakat va vaqtni birlashtirish yо‘llarini izlash bilan tо‘liq bо‘ldi. Har bir san’at turini batafsil о‘rganishda shu muhim vazifalarni hal etishga intilishni kо‘ramiz. Masalan, har qanday sharq miniatyurasining kompozitsiyasi unda kechayotgan harakatning murakkab izchil uyg‘unlashuvidan iborat bо‘lib, bu esa ularning mualliflari о‘z asarlarida vaktni aks ettirishga intilganliklarini kо‘rsatadi. Kо‘pgina rassomlarning ijodida (Domye: "Don Kixot va Sancho Panso", mashhur fransuz fotografi Pol Nodarning olgan rasmlarida) zamonaviy til bilan aytganda "seriyalik"ning paydo bо‘lishini, ularda vaqt va harakat jarayonini tо‘liq kо‘rsatib berishga, gavdalantirishga intilishni kо‘rish mumkin. Jahon rassomlari о‘z san’atlarida shunday ifoda vositalarini izlaganlarki, natijada ular о‘zlari ishlagan rasmlarda harakatni g‘oyat xilma-xil plan va rakurslarda kо‘rsatib berishga erishganlar. Vaqt va makonda harakat dinamikasini tasviriy san’at orqali kо‘rsatib berish yо‘lidagi tinimsiz izlanishlar rassomlardan P.Breygel, I.Repin hamda impressionistlar asarlarida kuzatiladi. Binobarin, yosh kino ham ana shu izlanishlarga befarq bо‘la olmadi, u о‘zining rivojlanishida ana shu izlanishlar natijalaridan foydalandi. Kino ovozsiz bо‘lgan davrda uning tasviriy san’atga yaqinligi, ayniqsa yaqqol seziladi. Shunga kо‘ra kо‘pgina kino nazariyotchilarining kinoni tasviriy san’atga mansub deb hisoblashlari bejiz emas. Masalan, buyuk kinorejissyor S. M. Eyzenshteynning fikricha, kino tarixi rangtasvir tarixining bir qismidir. Kino о‘zigacha bо‘lgan barcha san’atlar tajribasini о‘zlashtirgan hodda shakllandi. Bu san’atlarning har biridan о‘zining ifoda vositalarini rivojlantirishga yordam beradigan hususiyatlarni olishga intildi. Uzbek badiiy kinosi shakllanib kelayotgan davrda (1927 yilda) Fitrat о‘zining "San’atning manbai (kelib chikishi)" nomli maqolasida "kino ham teatr singari oltita ajoyib san’at: raqs, musiqa, adabiyot, rangtasvir, haykaltaroshlik, me’morlikdan kelib chiqqan: yoki boshqacha qilib aytganda: kino oltita qadimiy ajoyib san’atning samarali mevasidir", deb yozgan edi. Oradan biroz vaqt о‘tgach kino muayyam gajribaga ega bo’ldi, bu tajriba nazariy umumlashmalar qilish imkopini berdi va kino tо‘g‘risida kо‘plab asarlar yozgan S. M.Eyzenshteyn ham "kinodagi har bir unsurning iddizlari boshqa sar’atlarda yotadi", "chunki kinoning о‘z-о‘zidan vujudga kelish nazariyasi allaqachon о‘z umrini yashab bо‘lgan", "kinoning hususiyatlarini san’atning bir-biriga yaqin turlaridan qidirish kerak", deb hulosalar chiqargan. Kino о‘zining shakllanish bosqichida bir-biriga yaqin san’atlardan tajribalarni singdirib olganligi bois qisqa vaqt ichida chinakam san’atga aylanishiga, an’anaviy san’atlar bilan bir safda turishiga imkon yaratildi.Kino rivojlangani sari uning muayyan mamlakatdagi badiiy madaniyat tizimi bilan munosabatlari murakkablashib, chuqurlashib о‘zaro ijodiy aloqa, о‘zaro yordamlashish hususiyatlarini kasb etadi.
Download 43.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling