Kino va adabiyot. Kino va teatr


Eyzenshteyn. Tanlangan asarlar, 5-jild


Download 43.58 Kb.
bet4/7
Sana05.01.2022
Hajmi43.58 Kb.
#231265
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kino san'ati

Eyzenshteyn. Tanlangan asarlar, 5-jild.

Agar biron bir spektakl suratga olinadigan, ya’ni plyonkaga tushiriladigan bо‘lsa, u о‘ziga xos barcha hususiyatlari bilan spektaklligicha qolaveradi. Bu bilan u filmga aylanib qolmaydi, chunki film boshkacha prinsiplar (tamoyillar), qonunlar, vositalar asosida yaratiladi. Pekin badiiy film inson obrazini yaratishda aktyorlik san’ati vositasi orqali teatrning boy tajribasidan foydalangan. Shuning uchun ham dastlabki kinoaktyorlar teatrdan tanlab olingan. Keyinchalik ham kо‘pgina milliy kinomatografiyada teatr aktyorlari filmlarda qatnashganlar va hozir ham qatnashib kelmoqdalar.

Kino hali ovozsiz bо‘lgan dastlabki paytlarda aktyor ijrolari qisman bо‘lsa ham teatrni eslatib turgan.Bu yaqqol kо‘zga tashlanib turuvchi grim, kuchli mimika, ifodali plastikalarda namoyon bо‘lgan. Shuningdek, kinoda mizansaxna tashkil etish, har bir kadrdga yorug‘lik berish san’ati teatrdan olingan. Obraz yaratishda muhim elementlardan hisoblangan dekoratsiya, liboslar san’ati ham kinoga teatrdan kirib kelgan. Dastlabki paytlarda kino mizansahnasi teatr sahnasidan deyarli kam farq kilgan, chunki filmlar pavilyonlarda suratga olingan. Dekoratsiya san’ati garchi teatrdan kirib kelgan bо‘lsa ham, lekin kinoda u о‘zining farqli tomonlari bilan ajralib turadi. Masalan, filmda surati chizilgan deraza bilan cheklanish mumkin emas. Deraza tabiiy bо‘lishi lozim, aks holda kadrlar mazmuni qalbaki bо‘lib qoladi. Kino bilan teatr bir-biriga yakin bо‘lgan san’at bо‘lsa ham, ular bir-biridan ancha farq qiladi. Lekin ular doimiy ravishda ijodiy hamkorlikda bо‘ladi. Misol tariqasida о‘zbek badiiy kinosining tajribasini keltirish mumkin.

Kinoda kо‘plab esda qoladigan kiziqarli obrazlar yaratgan uzbek teatrlari aktyorlari SH. Burxonov, H. Umarov,R.Hamroyev, M. Yokubova, N. Raximov, P. Saidqosimov, 3. Muhammadjonov va boshqalar kinoga (u "tilga kirgan" vaqtda) sо‘z san’atini olib kirdilar. Kinodagi nugq madaniyati, albatta teatr ta’sirini о‘zida aks ettiradi, chunki teatrda sо‘z qahramon tavsifining asosiy vositasi xisoblanadi. Vaqg о‘tishi bilan kino san’at sifatida kamolotga erishgach, uning о‘zi ham teatrga ta’sir о‘tkaza boshladi. Chunki bu har ikkala san’at badiiy madaniyat tizimida о‘zaro bir-biri bilan mustahkam bog‘liqdir. Oradan biroz vakt о‘tgach kino muayyan tajribiga la bо‘ldi, bu tajriba nazariy umumlashmalar qilish imkopipi berdi va kino tо‘g‘risida kо‘plab asarlar yozgan S. M. Eyzenshteyn ham "kinodagi har bir unsurning ildizlari boshqa san’atlarda yotadi", "chunki kinoning о‘z-о‘zidan vujudga kelish nazariyasi allaqachon о‘z umrini yashab bо‘lgan", "kinoning hususiyatlarini san’atning bir-biriga yaqin turlaridan qidirish kerak", deb hulosalar chiqargan.

Kino  о‘zining shakllanish bosqichida bir-biriga yaqin san’atlardan tajribalarni singdirib olganligi bois qisqa vaqt ichida chinakam san’atgaaylanishiga, an’anaviy san’atlar bilan bir safda turishiga imkon yaratildi. Kino rivojlangani sari uning muayyan mamlakatdagi badiiy madaniyat tizimi bilan munosabatlari murakkablashib, chuqurlashib о‘zaro ijodiy aloqa, о‘zaroyordamlashish hususiyatlarini kasb etadi.


Download 43.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling