Kino va adabiyot. Kino va teatr


Download 43.58 Kb.
bet6/7
Sana05.01.2022
Hajmi43.58 Kb.
#231265
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kino san'ati

Kino va teatr

Kino dunyoga kelgan paytda filmni teatrga qiyos qilib "suratga olingan spektakl", "plyonkadagi teatr" va shunga о‘xshash kо‘pgina iboralar, fikrlar paydo bо‘lgan edi. Garchi bu ta’riflar mohiyat nuktai nazaridan xato hisoblansa-da, shunga qaramasdan ularda badiiy filmning teatrga yaqinligi tо‘g‘ri ochib berilgan edi.



Kino va tasviriy san’at

Kino san’at sifatida shakllana boshlagan paytdan e’tiboran  uning  tasviriy san’atga juda yaqin turishi payqalgan. Badiiykinoda qahramon muhitini, film vaziyatini  amaliy san’at muhim rol о‘ynaydi. Film pavilyonlardan tashqariga chiqqanda, ayniqsa, rangli filmda peyzaj kadrlari peyzajli rangtasvirni eslatadi. Kinoning shakllanishida tasviriy san’atning barcha turlariga tegishli ifoda vositalari katta ahamiyat kasb etgan. Biroq, kino ulardan nusxa kо‘chirgan emas. Kino masalan, kadrni tuzishda grafikadan  (oq-qora kinoda),  rangtasvir asaridan  (rangli kinoda)  о‘tadigan  koloritni, filmning tasviriy uslubini yaratishni о‘rgangan,bunda me’morchilik alohida rol о‘ynagan.

Rangtasvir va grafikadan kino, aniqrog‘i, operator nur bilan ishlashni, kadr kompozitsiyasini badiiy jihatdan ifodali qurishni  о‘rgangan. Rangtasvir janri bо‘lgan portret kinoning umumiy plan, о‘rtacha plan, yirik plan kabi ifoda vositalarining rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatgan. Yirik planning paydo bо‘lishida portret janrining roli ayniqsa ahamiyatlidir. Buni tushunish uchun qahramon yirik planda aks ettirilgan kadrni tо‘xtatish kifoya kiladi. Shunda uning rangtasvirdagi portret asariga yakinligi aniqkо‘zgatashlanadi. Kino kadr, mizansaxna tuzishda ham rangtasvir tajribasidan foydalangan.

Haykaltaroshlik tajribasi kinoga kaxramon obrazini plastik jihatdan hal etishda qо‘l keladi. Kinoning  tasviriy  san’at  turlari  va  janrlari  bilan ijodiy aloqasi, ularning har birining rivojlanish darajasiga, ularda hukmron bо‘lgan tamoyilga, rejissyorning ijodiy tafakkuriyu, uning vizual his etishiga, kinorassomlar va kinooperatorlarning yuksak mahoratiga bog‘liq.




Download 43.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling