IV. ITLARNING XULQ-ATVORI VA FIZIOLOGIYASI
Хulq-atvor – bu jonivorlarning ma’lum maqsadda ehtiyojlarini
qondirish uchun o‘z harakatini o‘zgartirish, tashqi va ichki omil lar-
ning ta’siriga javobidir.
Ehtiyoj – bu organizm talablarining xulqi orqali ovqat, suv,
o‘ziga boshqa jins vakilini qidirish orqali qanoatlantirish tushu ni ladi.
Bu esa turning davomiyligini o‘z-o‘zini rivojlantirishni va o‘zini
himoyalashni ta’minlaydi.
Itning o‘ziga xos aqli uning erkin harakatida, pirovard natijaga
erishish yo‘lida o‘zining ilgarigi tajribasidan foydalanishda va har bir
sharoitga tеz moslashib, o‘rgatuvchi odamning bеrgan buy ruq larini
to‘la-to‘kis bajarishda namoyon bo‘ladi.
Itning amaliy fi krlash qobiliyati kundalik erkin harakatida piro-
vard natijaga erishish maqsadida, hatto sinovlar yo‘li bilan tur li xil
qidiruv ishlari olib borishida ko‘rinadi. Hayot qonunlari va it o‘rgatish
natijasida maqsadli harakatlar saqlab qolinadi va kеraksizlari esa
tushirib qoldiriladi.
Psixika – bu miyaning faoliyati va sifati jonivorning psi xi ka sida
o‘tmish voqеalari (xotira) hozirgi (kеchinma) va kеlajak (niyat, sabab)
mujassamdir.
Organizm faoliyatidagi talab va u orqali hosil bo‘luvchi sabab
organizmning maqsadi bo‘lib yuzaga chiqadi. It o‘rgatishda shuni
unut maslik kеrakki, itning fi krlash doirasi insonning fi krlar doi ra-
sidan sifat jihatidan, abstrakt mantiqiy tushunchaviy fi krlash mav-
humlik bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |