Anatomiya atamalari.
Odam organizmini o`rganishda qo`llaniladigan anatomiya
atamalari birinchi marta
1894 yilda Shveytsariyaning Bazel shahrida bo`lgan anatomlar se`zdida
qabul
qilingan. Bazel anatomiya atamalari nomenklaturasida a‘zolar
tuzilishga mos
kelmaydigan atamalar ham bo`lgan. Shuning uchun 1955 yilda Parijda bo`lib o`tgan
anatomlar se`zdida Parij anatomiya atamalari nomenklaturasi
qabul qilindi va hozir
ham qo`llanilib kelmoqda. A‘zolarning joylashgan o`rni, ularning alohida qismlarini
a‘zolarga nisbatan o`rganishda sagittal, fronttal va gorizantal sathdan foydalaniladi.
1.Sagittal sath odam tanasining oldindan orqa tomonga
qaratib boshidan oxirigacha
vertikal kesilishi natijasidan hosil bo`ladi. Agar muzlatilgan murdaning qoq o`rta
qismidan o`ng va chap nimtalarga ajratilsa o`rta satx hosil bo`ladi.
2.Frontal sath sagittal sathga nisbatan to`gri burchak hosil
qilib yoki aniqrogi odam
peshonasiga parallel holatda o`tkazilgan yuzadan vjudga keladi.
3.Gorizantal sath fazoga parallel yoki sagittal holda frontal sathlarga to`g`ri burchak
hosil
qilib
o`tkazilgan
yuzadan
hosil
bo`ladi.