O‘zbekistonda turizmning mohiyati
Download 25.5 Kb.
|
Turizm
O‘zbekistonda turizmning mohiyati Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlanishiga qadar turizmning barqaror taraqqiy etayotganligi va uning istiqboli, ushbu sohani “kelajak industriyasi” sifatida e’tirof etishga asos bo‘lgan edi. Mamlakatimizda turizm faoliyati mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida talqin qilinib, unga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Soha rivoji uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilib, hukumat tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu boradagi ishlar hozir ham davom etmoqda. Hozirgi paytda turizm sohasining umumiy rivojlanishi va raqobatbardosh turistlik mahsulot yaratish maqsadida, tarmoqda zaruriy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning turizm sohasidagi islohotlarni shartli ravishda to‘rt bosqichga ajratsak bo‘ladi. Birinchi bosqichda tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistlik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmog‘ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistlik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi. 1992 yilda respublikada «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi va turizm sohasida barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993 yilda «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon turistlik tashkilotga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi va bu o‘z navbatida xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1994 yilda BMT ning YUNESKO tashkilotining hamda O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994 yilda ishlab chiqilgan «Turistlik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994-1995 yillar mobaynida «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining 87,8% turistlik ob’ektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarildi. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi. 1995 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash va xalqaro turizmni rivojlantirish» to‘g‘risidagi Farmoni[1] Buyuk Ipak yo‘lida turistlik mahsulotni tiklash borasida strategik harakterga ega bo‘ldi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston turizmi sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlar va turistlik manzillar ro‘yxatga olindi, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Mahmudi A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Marg‘unoniy, Buxorodagi Chor Bakrlari kabi allomalarimizning maqbaralari ta’mirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi, Toshkent shahrida muntazam ravishda xalqaro turistlik yarmarka tashkil etila boshlandi, mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o‘rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi. O‘zbekistonda 2005 yil 1 yanvar holati ma’lumotlariga ko‘ra, jami turistlik faoliyat bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning soni 351 tani tashkil etgan. Shundan, 290 tasi xususiy turistlik firmalar bo‘lib (83 %), ularning xizmat ko‘rsatish sohasidagi ulushi 90% ni tashkil etgan. Quyidagi 1.1. jadvalda turizm sohasidagi davlat va nodavlat turistlik korxonalarning dinamikasi va daromad hajmining taqqoslanishi berilgan. Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, ya’ni, 1999 yil 15 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston turizmini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi hamda dunyo bozori bo‘yicha raqobatbardosh turistlik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik turistlik ob’ektlar o‘zlarini o‘zlari boshqara boshlashdi, xizmat bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, samarali ishlovchi yangi korxonalarga o‘rin ochib berildi. 2000 yildan boshlab, Respublikamiz turizmi yuqori sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Turizmdan olinayotgan daromadlar yiliga 30 va undan ortiq foizlarda o‘sdi. 2001 yil oxirida Afg‘onistondagi tolibonlarga qarshi harakatlarining boshlanishi o‘lkamizga kelayotgan turistlar oqimini ikki yil davomida ancha kamaytirib yuborganidan so‘ng, 2003 yilning 2-yarmiga kelib o‘lkamiz turizmi yana o‘zini o‘nglab oldi. Sharqiy Osiyoda o‘tgan yillarda tarqalgan odatdan tashqari Pnevmaniya (Sars) va Parranda grippi kabi kasalliklar O‘zbekiston turizmiga 2001 yil 11 sentyabr voqealaridek kuchli ta’sir ko‘rsata olmadi. O‘zbekistonga 2004 yilda turistlar oqimining mintaqaga tashrif buyurishi diagrammada ko‘rsatilgan, unga ko‘ra turistlar oqimi Sharqiy Osiyo, Tinch Okeani mintaqa aholisi va Yevropadan kelishgan. Butunjahon Turistlik Tashkiloti (BTT) tomonidan o‘rnatilgan tasnif bo‘yicha, barcha sobiq ittifoq hamdo‘stlik mamlakatlari Yevropa mintaqasiga kiradi. Shuning uchun O‘zbekistonga qo‘shni hamdo‘stlik mamlakatlaridan keluvchi turistlar ham Yevropa mamlakatlaridan kelgan hisoblanadi. Xorijiy turistlarning turistlik tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab tarkibini va hajmini tahlil qilishda keluvchilarning maqsadlari bo‘yicha strukturasi muhim ahamiyatga ega. Uning 2000-2004 yillardagi o‘zgarish dinamikasi diagrammada ko‘rsatilgan. Jami keluvchi turistlarning soniga nisbatan 2004 yilda dam olish va sog‘lomlashtirish maqsadida kelganlar 13,1 % ni, tadbirqorlik va kasbiy maqsadlarda kelganlar 21,9 % ni, boshqa va shaxsiy maqsadlarda keluvchilar soni 65% ni tashkil etdi. Hozirgi paytda turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi bosqichi boshlangan bo‘lib, unda xususiy turistlik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistlik assotsiatsiyalarga (masalan, Gid—tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsshsiyasi) «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‘lkamiz turizm bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarimizning yanada tezroq sur’atlarda rivojlanishlariga yordam beradi. «O‘zbekturizm» MK ekspertlarining bashorati bo‘yicha O‘zbekistonda 2010 yilgacha jami 1007 mehmonga mo‘ljallangan 56 ta mehmonxona quriladi. Ichki va tashqi turizmning rivojlanishi 626 mingdan 2010 yilda 2.2 mln.ga yetadi, yani 3.5 martaga oshadi. Bizga keluvchi turizmning hajmi 1,0 mln. nafar kishiga yetadi. Turizm faoliyatidan olinadigan foyda 9 martaga oshishi, shundan xizmatlar eksporti 4-3 martaga ko‘payishi kutilmoqda. Shular evaziga respublikamizda 1000 dan ortiq yangi ishchi joylari tashkil qilinadi va 2000 ziyod soha mutaxassislari tayyorlanadi, shulardan 45 % oliy ma’lumotli bo‘ladi. O‘zbekistondagi turizm sohasining 2000-2008 yillar davomidagi rivojlanish dinamikasini «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining statistik ma’lumotlari ko‘rsatmoqda ( jadval 1.2.). Download 25.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling