Kirish: 1 Masofa o’lchagichlar va ularning turlari


Download 1.34 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1492509
Bog'liq
Yarimo\'tkzgichli injektion lazerlar


Mundarija

  1. Kirish: 1)Masofa o’lchagichlar va ularning turlari ……………………. 3.

2)Radio masofa o’lchagichlar……………………………….… 3.

  1. Asosiy qism

1)Lazerli masofa o’lchagichlarning ishlash sxemasi ………. 4.
2) Lazerli masofa o’lchagichlarning harbiy soxada
qo’llanilishi ……………………………………….……. 8.

  1. Xulosa……………..…………………………………… 14.

Kirish
Masofa o’lchagichlar-kuzatuvchi va obyekt orasidagi masofani aniqlovchi qurilma. Masofa o’lchagichlar kuzatuv qismlarida,mo’ljallab otadigan qurilmalarda,bomba tashlaydigan tizimlarda foydalaniladi.


Masofa o’lchagichlar turlari:
1.Aktiv:
-Tovushli Masofa o’lchagichlar
-Yorug’lik nuridan foydalanib ishlaydigan Masofa o’lchagichlar
-Lazerli Masofa o’lchagichlar
2.Passiv:
-Optik parallaks yordamida ishlaydigan(Masofa o’lchagichli fotoapparat)
-Qandaydir namuna bilan solishtirib(taqqoslab) ishlaydigan Masofa o’lchagichlar
RADIOMASOFA O’LCHAGICH-oraliq masofani radioto’lqinlar yordamida kontaktsiz holatda o’lchashga imkon yaratadi.
Ishlash prinsipi.
Ishlash prinsipining asosida radioto’lqinning radiodalnomerdan chiqib obyektga borib qaytib kelishiga ketgan vaqtni aniqlash yotadi.Oraliq masofa shu vaqtga to’g’ri proporsional.
Qaytib kelgan signalni aks ettiruvchi obyekt:aktiv va passiv.
Passiv aks ettiruvchi obyektlar (Masofa o’lchagichlar) ixtiyoriy tanlangan nishonning qancha masofada joylashganini aniqlovchi harbiy Masofa o’lchagichlarda ishlatiladi.
Maxsus signal qabul qiluvchi qurilma aktiv aks ettiruvchi obyektlarda foydalaniladi.Obyektlar yordamida ixtiyoriy jismning joylashuv o’rnini aniqlash mumkin.Bu qurilma radionavigatsion mayoqlarda qo’llaniladi.
O’lchov usullari:

  1. Impulsli (bevosita qabul qilingan signalning kechikish vaqtini hisoblash orqali o’lchanadi).

  2. Fazali (signal bosib o’tgan yo’ldagi to’lqin uzunliklari sonini aniqlashga asoslangan).

LAZERLI MASOFA O’LCHAGICHLAR-lazer nuri yordamida masofa aniqlaydigan o’lchov qurilmasi.

Активный
элемент

Лампа накачки

Выходное
зеркало

Вращающееся
зеркало

Призма

L azerli masofa o’lchagichlarning ishlash prinsipi quyodagicha: qurilmadan ko’zga ko’rinmas lazer nuri yuboriladi ,nur nishonga tegib orqaga qaytadi.Keyinchalik o’rnatilgan mikrokontroller yordamida signal Yuborilgan vaqtdan signal qaytib kelib qabul qilinguncha ketgan vaqtga bog’liq holda oraliq masofa o’lchanadi.
Masofa o’lchagichlarda o’rnatilgan lazerlar inson ko’ziga ko’rinmaydigan
nurlanish va to’lqin uzunligining infraqizil diapozonida ishlaydi.




А-aktiv element; П-prizma;Вы-chiqishdagi ko’zgu;Вя-aylanuvchi ko’zgu.


Aktiv tipdagi dalnomerlarning ishlash prinsipining asosi dalnomerdan chiqqan signalning obyektgacha boorish va qaytishi uchun ketgan vaqtini o’lchash.Signalning tezligi(yorug’lik tezligi yoki tovush tezligi) ma’lum deb hisoblanadi

И-Nurlatgich;П-Qabulqilgich;Н-Shaffof bo’lmagan jism;Р-Tarqoq muhit;
Elektromagnit nurlanishning doimiy tezlikda tarqalish xossasi obyekt-
Gacha bo’lgan masofani o’lchash imkonini beradi.Impulsli metodda kat-a masofalarni o’lchashda quyidagi munosabatdan foydalaniladi.

n-nurlanish tarqalayotgan muhitning sindirish kop’rsatkichi;


c-yorug’lik tezligi vakuumda;
t-impulsning obyektgach va ortga qaytishi uchun ketgan vaqt;
Bu bog’liqlik shuni ko’rsatadiki,masofani potensial aniqlikda o’lchash energiya impulsining obyektgacha borishi uchun ketgan vaqtning aniq-
ligi bilan aniqlanadi.Aniqki,impuls qancha qisqa bo’lsa, shuncha yaxshi.
Lazerli masofa o’lchagichlagichlarda lazer nurlanish modulatsiyasining qanday xarakterda ekanligiga qarab masofa o’lchagichning 3 ta turi bor

  1. Impulsli

  2. Fazali

  3. Faza-impulsli

Impulsli masofa o’lchagichning mohiyati shundan iboratki obyektga zondlovchi impuls yuboriladi u esa masofa o’lchagichdagi hisoblagichni ishga tushiradi. Obyekt tomonidan qaytarilgan impuls masofa o’lchagichga qaytib kelganida u hisoblagichni to’xtatadi shu vaqt intervalida avtomatik tarzda operator ko’z oldida (ekranda) obyektgacha bo’lgan masofa chiqariladi. Shu bilan birgalikda zondlovchi va qaytgan signallar orasidagi vaqtni o’lchashdagi aniqlik ga tengligi va yorug’lik tezligini(3* ) inobatga olsak masofani o’lchashda 30 sm atrofida xatolikka yo’l qo’yishimiz mumkin
Fazali masofa o’lchagichlar . Bu metodda masofa o’lchagich nurlanishi modulyatordagi sinusoidal qonun orqali modullanadi (elektr signallarining ta’sirida o’z xususiyatlarini o’zgartiruvchi elektrooptik kristall ). Odatda 10 150 Mhz chastotali sinusoidal to’lqinlardan foydalaniladi. Qaytgan nurlanish qabul qiluvchi fotopryomnikka tushadi, u yerda modullangan signal ajratiladi. Obyektgacha bo’lgan masofaga bog’liq bo’lgan holda qaytgan signalning fazasi modulyatordagi signalga nisbatan o’zgaradi. Fazalar farqiga qarab obyektgacha masofa o’lchanadi. Mutaxasislarning fikricha operator (mahoratli bo’lmagan mutaxasis, soldat)ning fazalar farqini o’lchashlarida xatolik 1° dan oshmaydi.
Modulyatsiya chastotasi 10 Mhz bo’lganda masofa o’lchashdagi xatolik 5-sm atrofida bo’ladi.
Masofa o’lchagichlarning xarakteristikasini quyidagi omillar belgilaydi

  1. Aktiv muhit turi

  2. Pryomnik(qabul qilgich)dagi fotodiodlar sezgirligi

  3. Turli xildagi tashqi va ichki shovqinlarning ta’siri

LAZERLI MASOFA O’LCHAGICHLARNING HARBIY SOXADA QO’LLANILISHI


Ayni paytda g’arb sanoatida ishlab chiqarilayotgan tanklar va BTR larga o’rnatilgan lazerli masofa o’lchagichlarni ko’pchiligi granat kristalli va neodim aralashmasiga asoslangan . Aktiv element ittiriy alyuminiyli granat kristalli, neodimda esa aktiv markaz sifatida neodim ioni kiritilgan. Bu lazerlar 1.06mkm to’lqin uzunlikli nurlanish chiqaradi. Lazerli masofa o’lchagichlarning ba’zilarida aktiv muhit sifatida pushti yoqut kristali qo’llaniladi. Bunda asos kristali aktiv muhit esa , yoqutli lazerlarda 0.69mkm to’lqin uzunlikdagi nurlanish chiqaradi.
Bundan tashqari so’ngi vaqtlarda xorijiy harbiy mashinalarga gazli lazerli masofa o’lchagichlar o’rnatilmoqda. Bu lazerning gaz razryad trubkasida karbonad angidrid , molekulyar azot,geliy,suv bug’i va boshqalardan iborat aralashma joylashgan bo’ladi. Bu aralashma qo’llanilganda uning nurlanishi nisbatan ko’rish qobilyati uchun xavfsiz va nurlanish tutun ,tumanlardan o’tib keta oladi. Bunday to’lqin uzunligida doimiy ishlab turuvchi (uzluksiz ish rejimli)lazer teplovizion nishinlagich orqali nishonni yoritishda ham foydalaniladi.
Lazerli dalnomerlarning harbiy sohada qo’llanilishi:
Birinchi lazerli dalnomerlar XM-23 Vetnamda sinovdan o’tkazilgan va AQSH armiyasi bu qurolni qabul qilgan . U oldingi safdagi quruqlik qo’shinlarining kuzatuv punktlarida ishlatish uchun mo’ljallangan.
U nurlanish manbasi-2.5W quvvatli impuls davomiyligi 30 ns bo’lgan
lazerga ega. Dalnomerlar konstruksiyasida integral sxemalardan keng foydalaniladi. Nurlanish manbai,priyomnik va optik elementlar nishon
o’rnining burchagi va azimut sanog’ining aniq shkalasiga ega bo’lgan monoblokda yig’ilgan.Dalnomerning quvvat manbai 24 V kuchlanishli
nikel-kadmiy akkumulyatorlari, ular bir marta to’la zaryadlangandan so’ng 100 marta o’lchov ishlarini olib bora oladi.



Masofa o’lchagichlarning rejimlari

  1. Bitta-bitta lazer impulslarining nurlanishi maksimal 1-2hz

  2. Nishonni ko’rsatish rejimi (yoritish orqali)mos ravishda nurlanish davriy ketma- ketligi (sikli) da lazer impulslarining chastotasi sikl davomiyligi 10-20hz 15 s va 30hz va 5s


Jangovor modul 3p89 , 3PAK “PALASH ” jangovor to’plami bilan ZUR 9M337 taqib qilinayotgandanishonga olish masofasi
samolyot uchun - 16-30 km
vertolyot 10-14km
KP – 8-12km
Quruqlikda harakatlanuvchi zirxli obyekt 8 km
Maksimal o’lchaydigan masofasi 20 km \
3C89 qurilmaning tarkibidagi 3P89 jangovor moduliga 2 ta 6 stvolli 30 mmli kalibrli AO -18 KD avtomati va boshlang’ich tezligi juda katta snaryad va raketadan iborat har biri ikkita blokli соснаР 9m 337 kiradi.
Lazerli masofa o’lchagichlar maxsus o’lchashlar o’q uzuvchi qurollarda nishonga oluvchilar laerli masofa o’lchagichlar orqali 2000 m masofagacha bo’lgan oraliqda masofalarni, obyekt tezligini aniqlaydi. Bundan tashqari optic nishonga olgichlar (tungi va kunduzgi) harakatlanuvchi nishonlarni ota oluvchi pnevmatik qurollarda keng qo’llaniladi. Xususiy foydalanuvchilar uchun ham foydalanish mumkin

Xulosa:
Hozirgi kunda lazerli masofa o’lchagichlar harbiy sohada keng qo’llanib kelinmoqda ayniqsa hozirgi zamonaviy qurollarni lazerli qurilmalar (masofa o’lchagich tezlik o’lchagichlar ) bilan jihozlanmoqda. Bundan tashqari hozirgi texnika asrida bino qurilishlari va geologik, geografik tekshirish ishlarini olib borishda lazerli masofa o’lchash qurilmalaridan keng qo’llanilmoqda. Lazerli masofa o’lchash qurilmalarida masofa o’lchanganda aniqlik yuqori bo’ladi va o’lchash uchun ketadigan vaqt tejaladi.
Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling