Lazerli masofa o’lchagichlar F1202 guruh talabasi Xamroqulov Saidjon
Download 8.25 Kb.
|
Lazerli masofa o’lchagichlar F1202 guruh talabasi Xamroqulov Sai-kompy.info
Lazerli masofa o’lchagichlar F1202 guruh talabasi Xamroqulov Saidjon Lazerli masofa o’lchagichlarF1202 guruh talabasi Xamroqulov SaidjonREJA:Kirish: 1)Masofa o’lchagichlar va ularning turlari 2)Radio masofa o’lchagichlar Asosiy qism 1)Lazerli masofa o’lchagichlarning ishlash sxemasi. 2) Lazerli masofa o’lchagichlarning harbiy soxada qo’llanilishi Xulosa KirishMasofa o’lchagichlar-kuzatuvchi va obyekt orasidagi masofani aniqlovchi qurilma. Masofa o’lchagichlar kuzatuv qismlarida,mo’ljallab otadigan qurilmalarda,bomba tashlaydigan tizimlarda foydalaniladi. Masofa o’lchagichlar turlari:1.Aktiv:-Tovushli Masofa o’lchagichlar -Yorug’lik nuridan foydalanib ishlaydigan Masofa o’lchagichlar -Lazerli Masofa o’lchagichlar 2.Passiv:-Optik parallaks yordamida ishlaydigan(Masofa o’lchagichli fotoapparat) -Qandaydir namuna bilan solishtirib(taqqoslab) ishlaydigan Masofa o’lchagichlar LAZERLI MASOFA O’LCHAGICHLARlazer nuri yordamida masofa aniqlaydigan o’lchov qurilmasi. Lazerli masofa o’lchagichlarning ishlash prinsipi quyodagicha: qurilmadan ko’zga ko’rinmas lazer nuri yuboriladi ,nur nishonga tegib orqaga qaytadi.Keyinchalik o’rnatilgan mikrokontroller yordamida signal Yuborilgan vaqtdan signal qaytib kelib qabul qilinguncha ketgan vaqtga bog’liq holda oraliq masofa o’lchanadi Tarqoq muhit Shaffof bo’lmagan jism Nurlatgich Qabul qilgich Buyumgacha masofa Nur borib kelish vaqti Masofa o’lchagichlarda o’rnatilgan lazerlar inson ko’ziga ko’rinmaydigan nurlanish va to’lqin uzunligining infraqizil diapozonida ishlaydi. Elektromagnit nurlanishning doimiy tezlikda tarqalish xossasi obyektgacha bo’lgan masofani o’lchash imkonini beradi.Impulsli metodda katta masofalarni o’lchashda quyidagi munosabatdan foydalaniladi. n-nurlanish tarqalayotgan muhitning sindirish kop’rsatkichi; c-yorug’lik tezligi vakuumda; t-impulsning obyektgacha va ortga qaytishi uchun ketgan vaqt; Bu bog’liqlik shuni ko’rsatadiki,masofani potensial aniqlikda o’lchash energiya impulsining obyektgacha borishi uchun ketgan vaqtning aniqligi bilan aniqlanadi.Aniqki,impuls qancha qisqa bo’lsa, shuncha yaxshi. Lazerli masofa o’lchagichlagichlarda lazer nurlanish modulatsiyasining qanday xarakterda ekanligiga qarab masofa o’lchagichning 3 ta turi bor Impulsli Fazali Faza-impulsli Impulsli masofa o’lchagichning mohiyati shundan iboratki obyektga zondlovchi impuls yuboriladi u esa masofa o’lchagichdagi hisoblagichni ishga tushiradi. Obyekt tomonidan qaytarilgan impuls masofa o’lchagichga qaytib kelganida u hisoblagichni to’xtatadi shu vaqt intervalida avtomatik tarzda operator ko’z oldida (ekranda) obyektgacha bo’lgan masofa chiqariladi Shu bilan birgalikda zondlovchi va qaytgan signallar orasidagi vaqtni o’lchashdagi aniqlik ga tengligi va yorug’lik tezligini(3*) inobatga olsak masofani o’lchashda 30 sm atrofida xatolikka yo’l qo’yishimiz mumkin Fazali masofa o’lchagichlar . Bu metodda masofa o’lchagich nurlanishi modulyatordagi sinusoidal qonun orqali modullanadi (elektr signallarining ta’sirida o’z xususiyatlarini o’zgartiruvchi elektrooptik kristall ). Odatda 10150 Mhz chastotali sinusoidal to’lqinlardan foydalaniladi. Qaytgan nurlanish qabul qiluvchi fotopryomnikka tushadi, u yerda modullangan signal ajratiladi. Obyektgacha bo’lgan masofaga bog’liq bo’lgan holda qaytgan signalning fazasi modulyatordagi signalga nisbatan o’zgaradi. Fazalar farqiga qarab obyektgacha masofa o’lchanadi. Mutaxasislarning fikricha operator (mahoratli bo’lmagan mutaxasis, soldat)ning fazalar farqini o’lchashlarida xatolik 1° dan oshmaydi. Modulyatsiya chastotasi 10 Mhz bo’lganda masofa o’lchashdagi xatolik 5-sm atrofida bo’ladi Masofa o’lchagichlarning xarakteristikasini quyidagi omillar belgilaydi : Aktiv muhit turi Pryomnik(qabul qilgich)dagi fotodiodlar sezgirligi Turli xildagi tashqi va ichki shovqinlarning ta’siri Download 8.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling