Kirish 2 Asosiy qism


Ishlab chiqarishishga sarflangan materiallarning ustidan nazorat qilish


Download 427.65 Kb.
bet8/10
Sana09.06.2023
Hajmi427.65 Kb.
#1468470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi No\'monov Murodjon tayyori

Ishlab chiqarishishga sarflangan materiallarning ustidan nazorat qilish.


Ishlab chiqarishishda materiallarning sarflanishi ustidan nazorat olib borish - bu bir xil mahsulot ishlab chiqarishishda sarflangan materiallarning xaqiqiy sonini ularning meʼyorda koʼrsatilgan soni bilan taqqoslashdir. Bu o’rinda ular oʼrtasidagi farq ortiqcha yoki kam xarajat boʼlishi mumkin. Materiallarning sarflanishi ustidan turli usullar yordamida nazorat olib boriladi: hujjatlashtirish. inventar, partiya boʼyicha bichish va boshqalar.
Birinchi usul yerdamida materialning bir turini ikkinchi tur bilan almashtirilganda vujudga keladigan farq hisobga olinib, talabnoma bilan
rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatda materialning meʼyor boʼyicha sarflash soni va almashtirilgan materialning sarflanishi xususida maʼlumotlar koʼrsatilib, ularni taqqoslash natijasida farq aniqlanadi. Materiallar sarflanishini nazorat qilishdagi hujjatlashtirish usulining moxiyati shundan iboratki, bunda materialning sarflanish meʼyoriga qaraganda ortiqcha xarajat yoki iqtisod qilinishiga yo’l qoʼyish materiallar ishlab chiqarishishda sarflanishidan avval aniqlanadi.
Nazorat qilishning partiya-bichish usulida sarflash natijasi materialning xar bir partiyasi boʼyicha aniqlanadi. Buning uchun bichish varaqasi yuritiladi. Unda ishlab chiqarishish topshirigini bajarish uchun berilgan materialning xaqiqatan sarflanganligi koʼrsatiladi. Xar bir bichish varaqasi boʼyicha material sarflash natijasi aniqlanadi.
Inventar usuli boʼyicha material sarflash natijasi hisobot oyi oxirida chiqarishilmay, balki qolgan materialni inventarizatsiya qilish yo’li bilan aniqlanadi. Sarflangan materialning xaqiqiy soni sexlarda ishlatilmay qolgan materiallarning hisobot oyi boshidagi qoldigʼiga sarflash uchun olingan materialning sonini qo’shib, inventarizatsiya natijasida aniqlangan ishlatilmay qolgan materiallar sonini ayirish yo’li bilan aniqlanadi. Soʼngra sarflangan materialning xaqiqiy soni meʼyordagi son bilan solishtiriladi va oʼrtadagi farq aniqlanadi. Materialning meʼyordagi sarfi ishlab chiqarishilgan mahsulot sonini bitta mahsulotni ishlab chiqarishish uchun belgilangan material meʼyoriga ko’paytirish
yo’li bilan aniqlanadi.
Material boyliklaridan toʼgʼri foydalanish maqsadida xar bir korxona zarur boʼlmagan materiallarning bor yoki yo’qligini tekshirib ko’rishi lozim. Soʼngra bu xaqda yuqori tashkilotlarga (vazirlik yeki boshqarmalarga) maʼlum qilinadi. O’z navbatida yuqori tashkilot zarur boʼlmagan materiallarni kirim orderidan mavjud korxonalar oʼrtasida qayta taqsimlaydi. Yuqori tashkilotlar tomonidan qayta taqsimlanmagan materiallarni korxona boshqa tashkilotlarga sotishi mumkin.

Download 427.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling