Kirish 3-7 bob. Yerlarni huquqiy muhofaza qilishning umumiy tavsifi 8-11
II-BOB. YERLARNI MUHOFAZA QILISHNING TASHKILIY- HUQUQIY MEXANIZMI
Download 118.51 Kb.
|
O\'zbekiston da. Yer VA yer resuslaridan foydalanishning huquqiy asoslar
II-BOB. YERLARNI MUHOFAZA QILISHNING TASHKILIY- HUQUQIY MEXANIZMI2.1. Yerlarni muhofaza qilish sohasida vakolatli davlat organlari tizimi Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin ijtimoiy-iqtisdiy jarayonlar ustidan davlat boshqaruvini amalga oshirishni mazmun va mohiyati o’zgardi. Yer bilan bog’iq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish sohasida ham davlat boshqaruvining o’rni zamonaviy ko’rinish olganini ko’rishimiz mumkin. Erlarni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlarining ishtirokiga bir qancha olimlar o’z qarashlarini keltirib o’tishgan. Masalan, A.N.Nigmatovning fikricha “ Yer fondini davlat boshqaruvi deganda, vakolatli davlat organlarining yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo’yicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi”1 deb takidlab o’tgan. “ Yer resurslaridan foydalanishning davlat boshqaruvi-hozirgi va kelajak avlod hamda terdan foyfdlanuvchilar, yerni egallab turuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar manfatlarida yer munosabatlarini tartibga solish, yerdan samarali foydalanish va muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan o’zaro uzviy bog’langan davlatning huquqiy, iqtisodiy, texnik va tashkiliy-xo’jalik chora-tadbirlar tizimidir”2. Bu yerda A.N.Nigmatovning bu sohada davlat boshqaruvini faqat ijro etish va farmoyish berishdan iborat emas, balki yer munosabatlarini tartibga solish deb ko’rsatganligi to’g’ri bo’lsa ham, lekin uni muayyan chora-tadbirlar deb ko’rsatishga qo’shilib bo’lmaydi. Chunki boshqaruv shu chora-tadbirlarni hayotga tadbiq etish va faoliyat bilan bog’liq tushunchadir. Olimlarning yuqoridagi ko’rsatilgan fikirlariga qo’shilgan holda ta’kidlash mumkinki, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi deganda, davlat boshqaruv organlarining yer fondi toifalari va 1Файзиев Ш. Х. Теоритечикие проблем правового обеспечение екологичекского политики Республики Узбекистан. Дисц на соис уч степ. Док. Юридик наук. .T.,2004.С-23-24. 2Nigmatov A.N. Yer huquqi. / O’quv qo’llanma- Toshkent Islom universiteti,2001. B.65. yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish hamda yer qonunchiligida belgilangan qoida va talablarni bajarilishini ta’minlashi tushuniladi. Demak, yer resurslarini boshqarish hamda tegishli davlat organlari tomonidan yerni muhofaza qilish va undan foydalanishni tashkil qilishda namoyaon bo’ladi va jamiyatda davlat boshqaruvining tarkibiy qismi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, yer fondini davlat boshqaruvi orqali umummilliy boylik hisoblangan yerning mulkdori sifatida davlat undan foydalanishni tashkil etadi va yerni tassarruf etish huquqini amalga oshiradi. Umuman olganda, yerlarni muhofaza qilish yuzasidan davlat boshqaruvi organlari tizimini ikkiga ajratish mumkin: umumiy va maxsus. Yerlarni muhofaza qilish yuzasidan davlat boshqaruvi organlarining maskur tasnifi E.C.Berdnikov, SH.X.Fayziyev kabi huquqshunos olimlar tomonidan ham qo’llab quvvatlangan. Masalan, SH.X.Fayziyev o’z tadqiqot ishida ma’muriy-huquqiy mexanizm tizimida, ekologik siyosatni amalga oshiruvchi turli vakolatli davlat organlari umumiy va maxsus davlat boshqaruvi organlariga bo’linishini alohida takidlab o’tgan. Umumiy vakolatli davlat boshqaruv organlariga quyidagilar kiradi: a) Oliy Majlis( Parlament)- bu O‘zbekiston Respublikasi boshqarub organi emas, balki davlat hokimiyati organi hisoblanadi; b) Prezident va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; v) Mahalliy davlat hokimiyati organlari1. E.S.Berdnikov esa, “ hokimiyat funksiyalarining o’ziga xosligi hamda shakillanishi tartibiga ko’ra. Davlat boshqaruvi organlari vakillik hamda ijroiya hokimiyati organlariga; ijtimoiy munosabatlar subyektiga qarab, davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlariga; hokimiyat vakolatlarining doirasiga qarab umumiy va maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlarini ajratish mumkin”2, deb ta’kidlaydi. Maskur yuqorida keltirilgan fikirlarga qo’shilgan holda,ta’kidlab o’tishimiz joizki, Respublikamiz qonunchiligiga muvofiq, umumiy vakolatga ega bo‘lgan 1Файзиев Ш. Х. Теоритечикие проблем правового обеспечение екологичекского политики Республики Узбекистан. Дисц на соис уч степ. Док. Юридик наук. .T.,2004.С-23-24..T.,2004.S-171-172. 2ЗемелъноеправоУкраины. Учеб. пособие/Авт.кол. .: Беженарь А.М.,Бердников Э.С., Бондар Л.А.и др/: Под ред. Погребного А.А., Каракаша И.И. -К.:Истина,2002.-50-51. organlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respiblikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va ular tarkibidagi tuman va shahar hokimliklari kiradi. Umumiy vakolatli organlar tizimida Vazirlar Mahkamasi alohida o’rin egallab, uning yer munosabatlarini tartibga solish sogasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (98-mddasi), Yer kodeksining 4-moddasida, O‘zbekiston Respublikasining “Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi 2003 yil 29 avgustdagi1(yangi tahrirda)qonuning 9,10,11,12,20-moddalarida, O‘zbekiston Respublikasining “ Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida"gi 1992 yil 9 dekabr qonuning2 9-moddasida hamda tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa qonunlarning tegishli moddalarida belgilangan. Ijro etuvchi organ hisoblanadigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tabiiy reurslarni, shu jumladan, yer fondini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish; yerlarni muhofaza qilish va yer resurslaridan oqilona foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; yer resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo’yicha davlat dasturini ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etish; yer resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar va to’lovlar miqdorini belgilash; yer monitoring, yer davlat kadastrining yuritilishini tashkiletish; yer uchastkalariga egalik qilish, foydalanish, shu jumladan ijaraga berish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni bekor qilish kabi vakolatlara ega. Umumiy vakolatli davlat boshqaruvi organlari tizimida mazkur sohada davlat funksiyalarini amalga oshiruvchi mahalliy davlat hokimiyati organlari o’ziga xos o’rin egallab, ularning vakolatari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (10- mddasi), O‘zbekiston Respublikasining “ Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi3 1993 yil 3 sentabr qonunida (10,2,25-moddalari), “Yer 1 “O’zbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasito’g’risida”giO’zbekistonRespublikasiningqonuni.2003 yil 29 avgust. O’zbekistonRespublikasiQonunhujjatlarito’plami 2016 y.39-son, 457-modda. 2O’zbekistonRespublikasining“ Tabiatnimuhofazaqilishto’g’risida"giqonuni.Toshkent:1992 yil 9 dekabr.Qonunhujjatlarimilliybazasi 2018 19 04. 03/18/476/1087 son. 3 O’zbekiston Respublikasi “ Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonuni. Toshkent: 1993 yil 2 sentabr. Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasi 01.01.2018 y. 03/18/454/0493-son. kodeksi”ning 5-7 moddalarida, “ Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunda va yerlarni muhofaza qilishga doir boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o’z hududlarida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshirib, quyidagi vakolatlarga ega: Yerkodeksiga muvofiq (5-7 moddalar) yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bo’yicha hududiy dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi; yer resurslaridan belgilangan maqsadda oqilona va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi va boshqalar. “ Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunga ko’ra esa, mahalliy davlat hokimiyati organlari o’z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo’nalishlarini belgilash, mintaqaning ekologik dasturini tasdiqlash, tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlani moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, tabiatni muhofaza qilinishi ustidan nazorat o’rnatish kabi vakolatlarni amalga oshiradi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, yerlarni muhofaza qilish yuzasidan davlat boshqaruvini amalga oshirish sohasida maxsus vakolatli davlat organlarining o’rni o’ziga xosdir. Yer fondini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlariga vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar kiradi. Ularning faoliyati asosan yer munosabatlarini tartibga solish bilan bog’liq bo‘lganligi sababli, maxsus vakolatli organlar deb nomlanadi. Ular tarmaqlararo, ya’ni bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni idora etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid, ya’ni ma’lum bir tabiiy resursni idora etuvchi organlarga bo’linadi. Yer resurslarini muhofaza qilish bo’yicha davlat funksiyasini bajaruvchi maxsus vakolatli organlar ichida markaziy o’rinni O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi egallaydi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi O‘zbekiston Respublikasining “ Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 26 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tabiatdan foydalanish, ularni qayta ishlash hamda muhofaza qilish sohasidagi tarmaqlararo boshqaruvni hamda davlat nazoratini amalga oshiruvchi, maxsus vakolatli idoraviy va muvofiqlashtiruvchi organ bo’lib, yerlarni muhofaza qilish sohasida quyidagi vakolatlarga ega: boshqa davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda tabiiy resurslardan, shu jumladan, yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish sohasidagi tarmoqlararo boshqaruvni hamda davlat nazoratini amalga oshiradi; tabiiy resurslardan xususan yerdan foydalanish va muhofaza qilish borasida boshqa davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va boshqalar. Shuni alohida takidlab o’tish lozimki, O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi quyidagi asosiy vazifalarni ham bajaradi: tabiiy resurslardan, shu jumladan, yerdan foydalanish, qayta ishlash va muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amala oshiradi; tabiatni muhofaza qilish faoliyatida tarmaqlararo kompleks boshqaruvni amalga oshiradi; tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurlarni tejashga yo’naltirilgan yagona siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Yer fondini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish ustidan davlat boshqaruvini amalga oshirishda,O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi muhim o’rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahamasi tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi Qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasining yer,resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish borasidagi asosiy vazifalari quyidagilarni tashkil etadi: yer resurlaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini tartibga solish; yerdan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish; yerlardan oqilona foydalanilishi va ularni muhofaza qilinishi ustudan davlat nazoratini amalga oshirish. Yer resurslarini boshqarish ham tegishli davlat organlari tomonidan yerni muhofaza qilish va undan foydalanishni tashkil qilishda namoyaon bo’ladi va jamyatda davlat boshqaruvining tarkibiy qismi hisoblanadi. Yer resurlarini davlat tomonidan boshqarish o’z navbatida ekologik sohada davlat boshqaruvining ajralmas qismi va u davlatning ekologik vakolatini va ekologik siyosatini amalga oshirish vositalaridan biridir. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida” Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish b zarur va ular davlat muhofazasidadir”1 deb belgilab qo’yilgan. Shundan kelib chiqib, yer fondini davlat boshqaruvi orqali umummilliy boylik hisoblangan yerning mulkdori sifatida davlat undan foydalanishni tashkil etadi va yerni tasarruf etish huquqini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «erlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora- tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasining faoliyatida yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, ta’sirchan nazoratni ta’minlash hamda yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohalaridagi munosabatlarni kompleks tartibga solishga yo’naltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Umuman olganda, yer bilan bog’liq munosabatlarda davlat hokimiyatini amalga oshirishda uning barcha organlari: qonunchilik hokimiyati,ijro hokimiyati va sud hokimiyati organlari ishtirok etadilar, chunki davlatning bu sohadagi faoliyatini uch xil huquqiy shakilda, ya’ni huquq ijod qilish, huquqni ijro qilish va uni muhofaza qilish orqali amalga oshiradi. Davlat ijro etuvchi hokimiyat organlarini yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish borasidagi 1 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,2017 y.,35-son, 914-modda. faoliyatning xarakteri O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida ko’rsatilgan davlat hokimiyati tizimining bo’linish tamoyiliga asoslanadi1. Shu bilan birga mazkur faoliyatni amalga oshirishda hamda yer munosabatlarini tartibga solishda davlat hokimiyatining vakillik organlari qatnashishini alohida ko’rsatib o’tish mumkin.Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonunining 10- moddasiga muvofiq, yer uchastkasini ajratib berish yoki qaytarib olish to’g’risidagi tuman yoki viloyat hokimining qarori tegishli xalq deputatlar kengashi tomonidan tasdiqlanadi2. Yer fonlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish ustudan davlat boshqaruvini amalga oshirishda ijro etuvchi davlat hokimiyati organlari ham muhim o’rin tutadi. Ular yerlarni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini,davlat dasturlarini,tabiatni, shu jumladan, yerlarni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlarini joylarda bevosita ijro etuvchi hokimiyat organlari hisoblanadi. Yer fondlarini muhofaza qilishni amalga oshiruvchi ijro etuvchi hokimiyat organlarining tizimi O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi, O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, viloyat va tuman hokimliklari tashkil etadi. Yer fondlarini muhofaza qilishni amalga oshiruvchi organlarning faoliyati yer fondini muhofaza qilishni va undan foydalanishni tashkil qilishida namoyaon bo’ladi. Ushbu funksiyani tashkil etish asosida inson hayoti uchun bevosita zarur bo‘lgan yerning holatini yaxshilash, yer resurslaridan oqilona foydalanish va bu boradagi ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadlari tushuniladi. Davlat boshqaruv organlari yer resurslaridan foydalanish jarayonini tashkil etadilar va ularni tasarruf etish huquqini amalga oshiradilar. Davlat boshqaruv 1 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,2017 y.,35-son, 914-modda. 2 O’zbekiston Respublikasi “ Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonuni. Toshkent: 1993 yil 2 sentabr. Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasi 01.01.2018 y. 03/18/454/0493-son. organlarining ijroiya faoliyati ushbu organlarning ijroiya hokimiyatiga taalluqligidan kelib chiqib, qonunvhilik va vakillik organlarining qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan bo’ladi. Yer fondlarini muhofaza qilishni amalga oshirishga qaratilgan bo’ladi. Yer fondlarini muhofaza qilishni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyati yer resurslari to’g’risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan. Ijro etuvchi organlarining Yer fondlarini muhofaza qilishni amalga oshirishi borasidagi boshqaruv faoliyati quyidagi prinsiplarga asoslanishi lozim: Boshqaruvning qonuniylikka asoslanishi, ya’ni davlat boshqaruv organlarining yer munosabatlarni tartibga solishda faqat qonun hujjatlarida belgilangan vakolat doirasida hamda huquqlar asosida faoliyat yuritishi; Tarmoq va hududiy boshqaruvni muvofiqlashtirishga, ya’ni yer munosabatlarni tartibga solishda davlat organlarining faoliyati ham hududning rivojlanishini, yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishning ta’minlanishi; Yerlarni muhofaza qilishga oid masalalarni hal qilishda har tomonlama yondashish, ya’ni respublika xalq xo’jaligi va aholining yer resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlash; Yer fondlarini muhofaza qilish sohasiga oid davlat boshqaruvini tashkil etish yer resurslardan foydalanish va nazorat qilish ajratish, ya’ni yer resurslaridan bevosita foydalanuvchilar nazorat qilish vakolatiga ega bo’lmasligida, yer fondi sohasida davlat boshqaruvi organlarini shakilllantirish hamda ularning faoliyatini tashkil qilishda foydalanish va nazorat qilish vakolatlarini tartibga solish; Qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan yerlarning, eng avvalo sug’oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengayririb borilishini hamda ularni qat’iy belgilangan maqsadda foydalanilishini ta’minlash. Davlat boshqaruvi organlarining yer fondini boshqarish bilan bog’liq sohada farmoyish berish ularning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishdagi vakolat doirasi yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy ko’rsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi. Ushbu majburiy ko’rsatmalar ko’p marotaba qo’llaniladigon, ya’ni ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda belgilanadi, yoki bit marotaba qo’llaniladigan, ma’lum bir yoki bir necha subyektga taalluqli bo’ladi, masalan, muayyan shaxsga yerdan foydalanish huquqini berishga oid ko’rsatmalardan iborat bo’ladi. Boshqaruv funksiyasining xarakteri yerlarni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni tashkil etishga qo’yiladigan ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va ilmiy-texnik talablar bilan belgilanadi. Boshqaruvning bunday funksiyalariga quyidagilar kiradi: davlat yer kadastrini yuritish; yerlarni muhofaza qilish va undan foydalanishni hududiy rejalashti; yerlarni foydalanish uvhun berish yoki olib qo’yish; yer tuzish; yerlarni monitoring qilish; yerlarni muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va boshqalar. Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasida faoliyat yurituvchi davlat boshqaruv organlari, bu faoliyatning navbatdagi huquqiy shakli, ya’ni huquqni muhofaza qilish faoliyati orqali tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalari buzilgan taqdirda aybdor shaxslarni jinoiy, ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortish masalasi tegishli sud hokimiyati organlaria yoki huquqbuzar hizmat qilayotgan tashkilotning ma’muriyati oldiga qo’yilgan va shu orqali sud organlarida yerlarga yetkazilgan zararni undirish bo’yicha da’vo arizalari asosida yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Yer munosabatlarini tartibga solishda hamda muhofaza qilishda tegishli davlat boshqaruv organlari muayyan usullarni qo’llaydilar. Ular tarkibiga ruxsat berish, man etish va majburiy ko’rsatmalarberish kiradi. Yer fondi sohasini boshqarish bo’yicha davlat boshqaruv organlari qonun hujjatlariga muvofiq ma’lum vakolatlarni amalga oshiradi. Ularning ushbu vakolatlari mazkur organlarning faoliyatini tartibga soladigan qonunlarda, Yer kodeksi,” Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun va boshqa normativ- huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan. Shunga ko’ra, ularning vakolatlarini umumiy asosda quyidagicha ko’rsatish mumkin; yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo’yicha me’yoriy hujjatlarni qabul qilish; atrof tabiiy muhitni muhofazasini ta’minlovchi me’yorlarni belgilash, ekologik standartlash; yerlarning davlat hisobini va davlat kadastrlarini yuritish; yerlar oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni rejalashtirish; yer uchastkalarini taqsimlash va qayta taqsimlash; yer tuzish; yer foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirish; nizolarni hal qilish, yerlarning melioratsiyasini tashkil etish. Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasida davlat boshqaruvi masalalarini o’rganar ekanmiz, alohida e’tirof etib o’tishimiz lozimki, bu boradagi davlat organlari faoliyatining hamda ko’rilayotgan chora-tadbirlarning samardorligi ko’p jihatdan jamoat tashkilotlarning faolligiga bog’liq bo’lib hisoblanadi. Shunday ekan, yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasida jamoat tashkilotlarining o’rnini hamda ahamiyatini oshirish mazkur sohani takomillashtirishda muhim mezon bo’lib xizmat qilish tabiiy. Y.G.Jarnikov ham, “Jamoat tashkilotlari faolligini oshirish bizning jamiyatimiz iqtisodiy va siyosiy tizimini hamda kelgusida demokratiyani rivojlantiruvchi omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Boshqaruvning yangi municipal shakli vujudga keldi va rivojlanmoqda. U oldindan mavjud bo’lib kelayotgan ortiqcha markazlashtirishdan xalos etadi”1, deb ta’kidlaydi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shuni aytishimiz mumkinki, yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish ustidan davlat boshqaruvining mazmun-mohiyati vakolatli davlat organlari tomonidan davlat boshqaruv funksiyalarining bajarilishida namoyon bo’ladi. Boshqaruv funksiyasi yerlarni muhofaza qilish va undan samarali foydalanish uchun zarur bo‘lgan maxsus yo’nalish va tavsif bo’yicha alohida faoliyat turi bo’lib hisoblanadi. Muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruv organlarining vakolatlari o’z navbatida yerlarni muhofaza qilish tashkiliy-huquqiy mexanizmida muhim ahamiyatga ega bo’lib, ushbu sohadagi qoida-talablarning amalga oshirilishining kafolati bo’lib xizmat qiladi. Download 118.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling